Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun


«Optimal loyihalash jarayonini haqida ma’lumot bering



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə108/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

2. «Optimal loyihalash jarayonini haqida ma’lumot bering.
Laboratoriya ishi.


Mavzu: Amaliy dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar yaratish


Darsning maqsadi: Amaliy dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar yaratish ko’nikmalarini shakllantirish.
Ta’lim samaradorligiga yordam beradigan bir qancha amaliy dasturlar yaratilganki, o‘qituvchilar bu dasturlaming afzalliklaridan deyarli bexabar. Til ta’limida Microsoft Word, Microsoft Power Point, iSpring, MtestX, Microsoft Office Publisher, HotPotatoes, Excel, Adobe Photoshop, CorelDraw, AutoPlay Media va boshqa amaliy dasturlaridan foydalanish o ‘qituvchining axborot texnologiyalari bilan ishlash madaniyatini egallaganligini namoyon qiluvcbi alohida ko‘rsatkich sifatida baholanishi mumkin. 0 ‘qituvchining o‘qitish konsepsiyalari, pedagogik texnologiyalari va ta’lim vositalaridan ratsional foydalanish ko‘rsatkichlari erishilishi kutilayotgan samaradorlikni kafolatlashga imkon beradi.
Multimedia darslarining aniq bir andozasi bo’lishi zarur deb hisoblashimizga bir nechta sabablami ko‘rsatish mumkin: multimediali dars atamasining ommalashib, “u rf’ga aylanib ulgurganiga ancha bo‘lsa ham, bunday darslarni yaratish va tashkil etishda AKTni qo’llash me’yorlarining buzilishi, multimedia darslarini tayyorlashga muayyan tajriba yetishmasligi, yetarli 27 metodika, to‘g‘rirog‘i metodologiyaga ehtiyoj katta bo’- layotganligidir. Shuningdek, axborot komunikatsiya vositalarining uzluksiz yangilanayotganligi ham muhim sabablardan biridir. Ta’lim bozoriga kirib kelayotgan vositalar: interaktiv doska, interaktiv ko‘rsatkich tayoqchasi va h.k. O‘qituvchilarda multimedia darslarini tashkil etish bo'yicha metodik ko‘rsatmalar, amaliy maslahatlarga ehtiyoj katta. Multimedia darslarining samarali o‘tishi eng avvalo, dars maqsadini to‘g ‘ri belgilab olishga bogliq bo’ladi. - Darsda yangi mavzuni o‘rganish zarunni? – O’rganilgan mavzuni mustahkamlashga qaratilganmi? - Bilim, malaka va ko‘nikmalami takrorlashga mo‘ljallanganmi? - Mustahkamlash darsi uchunmi? Ana shu maqsadga mos tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlar ham nazarda tutiladi. Shu maqsadlardan kelib chiqib o ‘qituvchi dars shakli va metodlarini, o‘qitish texnologiyalarini, pedagogik texnika usullarini tanlaydi. Multimediali dars yuqori darajadagi samaraga erishish vositasiga aylanishi uchun har xil slaydlaming yig‘indisi emas, balki bir butun mahsulotga aylanishi kerak. Pedagog va o'quvchilar, o‘quv materiallari, jihozlar va texnologiya kabi resurslar yig‘indisiga ega bo‘lgan ta’lim muhiti haqida gap borar ekan, axborot texnologiyalari bilan ishlash jarayonida o ‘quvchilarning funksional va psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart. Pedagoglarning imkon qadar ko‘proq ma’lumotlarni yoritishga intilishi o‘quvchini ortiqcha toliqtirishga olib kelishi mumkin. Ekranni ortiqcha ko‘rgazmalilikka to’ldirish dars samaradorligiga putur yetkazadi. Ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirish esa ma’lumotlarni o‘zlashtirish sifatining pasayishiga, xatolar sonining ortib borishiga, o‘quvchining o‘zini his qilishi va sog’ligiga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun ham o ‘qituvchidan: yangiliklarni qabul qilishda yuzaga keluvchi ruhiy ko'tarinkilik darajasini e’tiborga olish; - yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noaniqlik va xatoliklar tufayli salbiy hissiyotlaming to‘planib borishini inobatga olish; - katta miqdordagi, hajmdagi ta’limiy resurslami qabul qilish undan keyingi axborot resurslarini faol o‘zlashtirishga to‘sqinlik qilishini nazarda tutish taqozo qilinadi. Texnik vositalardan aql bilan foydalanish, muammoli vaziyatlami o‘quv topshirig‘iga aylantirishni uddalay olish AKTdan foydalanish me’yorini buzmaslikning oldini oladi. O‘qituvchilaming ko‘p yillik tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki, darsda yuzaga keladigan tartibbuzarlik o‘qituvchining o‘ziga bog’liq bo‘lmoqda. Agar o‘quvchi darsda nima bilan band bo ‘lishni bilmasa, u darsdan uzoqlashadi, qandaydir ko‘ngilsizliklar yuzaga keladi. AKT asosida didaktik materiallar tayyorlash va dars tashkil qilishda didaktik materialni o ‘zlashtirgan o‘quvchi nimani bajara olishi kerakligi oldindan rejalashtirilishi zarur.

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin