Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə112/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

2-Laboratoriya ishi.


Mavzu: Qobiq dasturlarda elektron qo’llanma yaratish. Modellashtiruvchi dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar. Namoyish qiluvchi dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar


Darsning maqsadi: Namoyish qiluvchi dasturlarda pedagogik dasturiy vositalar
ko’nikmalarini shakllantirish.


Reja

  1. Namoyish qiluvchi dasturlar

  2. Power Point dasturiy vositasi.



Ishning maqsadi: Uzluksiz ta’lim jarayonida Power Point dasturiy vositasi. Uning vazifasi va o’quv jarayonida qo’llanilishi axborot kompetentligi kasbiy tayyorgarlik malakasi va ko’nikmalarini oshirish.
Microsoft PowerPoint – universal,imkoniyatlari keng bo‘lgan, ko‘rgazmali grafika
amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn,rasm,chizma,grafika,animatsiya effektlari,ovoz
videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.Slayd – ma‘lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot varaqlari xisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylashadi.Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko‘rgazmani komppyuter ekranida, videomonitorda,katta ekranda namoyish qilish mumkin. Ko‘rgazmani tashkil qilish – slaydlar ketma-ketligini loyihalash va jixozlash demakdir.Taqdim etish axborot texnologiyasining samaradarligi ko‘p jixatdan taqdim etuvchi shaxsga,uning umumiy madaniyati,nutq madaniyati va xakozolarga bog‘liq ekanligini ham unutmaslik lozim. PowerPoint dasturi Microsoft firmasining Windows qobig‘i ostida yaratilgan bo‘lib, ushbu dastur prezentatsiyalar (taqdimot qilish,ya‘ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo‘lgan dasturiy vositalardan biridir.Bu dastur orqali barcha ko‘rgazmali qurollarni yaratish va ba‘zi joylarda esa ma‘lumotlar ombori sifatida ham qo‘llash mumkin.Ayrim hollarda bu dasturdan multimediya vositalarini boshqarish va ularni qo‘llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin. Dasturdagi asosiy tushunchalar bu -slayd va
prezentatsiya tushunchalaridir.Prezentatsiya (taqdimot) – yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi.Masalan:Prezentatsiya1 – PowerPoint dasturi ochilganda, sarlavhalar satrida paydo bo‘lib, yaratilgan yoki yaratilayotgan taqdimotning ayni vaqtdagi nomi hisoblanadi. Bu nomni keyinchalik foydalanuvchi o‘z xoxishiga ko‘ra o‘zgartirishi mumkin.PowerPoint dasturini ishga tushirish. Bu dasturni ishga tushirishni bir qancha usullari bor.
Windows ish stolidagi PowerPoint yorlig‘iga sichqoncha ko‘rsatgichi olib boriladi va chap tugmacha ikki marta tez bosiladi.
Asosiy menyu orqali ishga tushirish. ПУСК – ПРОГРАММИ – Microsoft PowerPoint tanlash orqali. Microsoft Power Point 2013 dasturni ishga yuklaganimizda quydagi oyna namoyon bo‘ladi. 1.1-rasm Shablonlar bo‘limi bilan ishlash.
Hosil bo‘lgan oynaning chap tomoniga e‘tibor bering bu yerda dastlab yuqorida dastur
nomi va foydalanuvchi joriy holatgacha foydalangan xujjatlar ro‘yxati joylashadi. Oynaning asosiy qismida esa Power Point dasturining foydalanuvchiga taklif etayotgan loyhalar to‘plami mujassam etgan. Bu loyhalarda tayyor dizaynlar, eskizlar namoyon bo‘ladi. Bulardan foydalanuvchi o‘ziga maqul bo‘lgan loyhani tanlaydi va natijada Power Point dasturining quyidagi ishchi sohasi namoyon bo‘ladi.
1.2-rasm Dasturning umumiy ko‘rinishi.
Biz asosiy to‘xtalib o‘tadigan qismimiz aynan shu ishchi oyna hisoblanadi.

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin