Simmetrik kriptotizimlardagi muammolar
Simmetrik shifrlash tizimlari ma’lumotni shifrlashda va deshifrlashda aynan bir kalitdan foydalanadi. Bu esa tarmoq bo’ylab shifrlangan ma’lumotni uzatishdan oldin shifrlash kalitini uzatishni taqoza etadi. Boshqacha aytganda, kalitlarni tomonlar orasida xavfsiz uzatish simmetrik kriptotizimlar oldidagi asosiy muammo sanaladi.
Bundan tashqari, bir foydalanuvchi qolganlari bilan ma’lumot almashmoqchi bo’lsa, ularning har biri bilan alohida-alohida kalitlarga ega bo’lishi talab etiladi. Bu esa foydalanuvchiga ko’p sonli kalitlarni xavfsiz saqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Simmetrik kriptotizimlarda kalit uzunligi
Amalda foydalanish uchun kriptografik tizimlarning kalit uzunligiga qat’iy talablar qo’yiladi. Ushbu talablar vaqt o’tishi bilan hisoblash qurilmalari imkoniyatining o’zgarishiga bog’liq holda o’zgarib boradi. Kriptotizimlarda foydalanilgan kalitni joriy vaqtdagi hisoblash qurilmalari orqali hisoblab topishning imkoniyati bo’lmasligi zarur. Bu yerda kalitni topish deganda biror uzunlikdagi kalitni bo’lishi mumkin bo’lgan barcha variantlarini hisoblab chiqish nazarda tutiladi. Masalan, kalit uzunligi 4 bitga teng bo’lsa, u holda bo’lishi mumkin bo’lgan variantlar soni 24 = 16 ga teng bo’ladi yoki, umumiy qilib aytganda, 𝑛 bitli kalitlarni bo’lishi mumkin bo’lgan variantlari 2𝑛 ga teng bo’ladi.
Hozirgi kunda simmetrik kriptotizimlarda foydalaniluvchi kalitlarning uzunligi kamida 128 bitli bo’lishi zarur. 3-jadvalda turli uzunlikdagi kalitlarni bo’lishi mumkin bo’lgan barcha variantlarini hisoblash uchun turli qiymatdagi qurilmalardan foydalanganda sarflanadigan vaqt keltirilgan. Ko’rsatilgan natijalar 2005 yildagi narx asosida keltirilgan [20].
3-jadval
Qurilma narxi
|
Kalit uzunligi
|
80-bit
|
112-bit
|
128-bit
|
10 000 $
|
7 000 yil
|
1013 yil
|
1018 yil
|
100 000 $
|
700 yil
|
1012 yil
|
1017 yil
|
1 000 000 $
|
70 yil
|
1011 yil
|
1016 yil
|
10 000 000 $
|
7 yil
|
1010 yil
|
1015 yil
|
100 000 000 $
|
245 kun
|
109 yil
|
1014 yil
|
Dostları ilə paylaş: |