Kodlarkitobi Kodlar kitobi ko’rinishidagi klassik shifrlash birinchi jahon urushi davrida ommalashgan. Kodlar kitobi lug’atga o’xshash bo’lib, so’zlar (ochiq matn so’zlari)dan va unga mos bo’lgan kod so’zlar (shifrmatn)dan tashkil topgan. Shifrlash uchun ushbu kodlar kitobidan zarur bo’lgan so’z aniqlanadi va unga mos bo’lgan kod so’z shifrmatn sifatida olinadi. Deshifrlashda esa ushbu jarayonning teskarisi amalga oshiriladi. Ya’ni, kodlar kitobidan shifrmatndagi kod so’z topiladi va ochiq matn sifatida unga mos bo’lgan so’z tanlanadi. Birinchi jahon urushi davrida Nemislar tomonidan foydalanilgan kodlar kitobi na’munasi quyidagi jadvalda keltirilgan.
Kodlar kitobidan olingan na’muna
Ochiqmatn
Shifrmatn
Februar
13605
fest
13732
finanzielle
13850
folgender
13918
Frieden
17142
Friedenschluss
17149
⋮
⋮
Masalan, “Februar” so’zini shifrlash uchun butun so’z 5-simvolli kod so’z 13605 bilan almashtirilgan. Kodlar kitobi shifrlash uchun, deshifrlash uchun esa kod so’zlar ustuni bo’yicha tartiblangan kod so’zlar kitobidan foydalanilgan. Kod so’zlar kitobi o’rniga qo’yish akslantirishiga asoslangan bo’lib, bunda bir simvol emas balki butun so’z, ba’zida esa butun ibora o’rniga kod so’z qo’yilgan.
jadvalda keltirilgan kod so’zlar mashhur Zimmermann telegrammini shifrlash uchun foydalanilgan. 1917 yil birinchi jaxon urushi davrida, Germaniya tashqi ishlar vaziri Artur Zimmerman Germaniyaning Meksikadagi elchisiga shifrlangan ko’rinishdagi telegramma yuboradi. 10-rasmda keltirilgan shifrlangan xabar Britaniyaliklar tomonidan tutib olinadi. Bu vaqtda Britaniya va Fransiya Germaniya bilan urush va AQSh bilan betaraf holatida edi.
10-rasm.Zimmermantelegrammi Ruslar Nemislarning kodlar kitobini zararlangan versiyasini tiklab, uni Britaniyaga yuboradi. Murakkab tahlillardan so’ng, Britaniyaliklar Zimmerman telegrammi yozilgan vaqtidagi kodlar kitobining bo’shliqlarini to’ldirishadi va uni deshifrlashadi. Telegrammda aytilishicha, Germaniya hukumati cheklanmagan suvosti urushi boshlashni rejalashtirayotgani va bu AQSh bilan urushga olib kelishi mumkinligi haqida mulohazalar borligi bayon etilgan. Shu sababli, Zimmerman o’z elchisiga Meksikani AQShga nisbatan urushda Germaniya ittifoqchisi bo’lishga undashi kerakligini aytadi. Xususan, Meksikani Texas, Yagni Meksika va Arizona shtatlaridagi hududlarini qaytarib olishga undagan. AQShda ushbu telegramma oshkor bo’lgandan so’ng, jamoatchilik Germaniyaga qarshi turadi. Shundan so’ng, AQSh urushga kiradi. Zimmerman telegrammini to’liq deshifrlangan ko’rinishi 11- rasmda keltirilgan.