Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə18/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Elektron hujjatlarni yo’q qilish
Elektron shaklda saqlanadigan shaxsiy va tashkilotga tegishli ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish usullarining ko’payishi sababli elektron ommaviy axborot vositalariga ishonish muammosining dolzarbligi oshmoqda. Misol tariqasida, markaziy razvedka boshqarmasi va AQSh milliy xavfsizlik agenti Edvard Snoudenga tegishli yangiliklarni olish mumkin [34]. Xususan, 2013 yil iyun oyining boshida u NSA tashkilotiga tegishli hujjatlarni oshkor qildi. Bunga ko’ra G20 sammitining chet ellik mehmonlari, shu jumladan Dmitriy Medvedovni Amerika va Buyuk Britaniya razvedka idoralari tomonidan kuzatilayotgani aytilgan. Maxfiy agentlar PRISM dasturi yordamida noutbuk va telefonlarda saqlanayotgan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishni uddasidan chiqishgan. Buyuk Britaniya hukumati aloqa markazining xodimlari BlackBerry kodini buzib, qo’ng’iroqlarni tinglash va sammit ishtirokchilarining yozishmalarini o’qish imkoniyatiga ega bo’lishgan.
Elektron vositalardagi ma’lumotlardan xolos bo’lishning eng oson yo’li uni Korzinkaga yuborish yoki, yanada radikal usuli, formatlash. Bu usul aksariyat foydalanuvchilar tomonidan ishonchli usul deb qaralsada, aslida bunday emas. Bu usul ma’lumotni fizik yo’qolishini ta’minlamaydi. Bu holda maxsus dasturlar (Recuva, Wise Data Recovery, PC Inspector File Recovery, EaseUS Data Recovery Wizard Free, TestDisk and PhotoRec, Stellar Data Recovery) yordamida ularni qayta tiklash imkoniyati mavjud.
Hozirgi kunda amalda elektron hujjatlarni saqlagichlar sifatida quyidagi turdagi vositalardan foydalanilmoqda:

  • qattiq disklar: noutbuk va kompyuterdagi qattiq disklar;

  • magnit lentalar (zaxira nusxalashdagi);

  • floppi-disk: 3.5 va 5.25 dyumli va boshqa;

  • ZIP disklar;

  • optik disklar: CD, DVD, Blue Ray va HD DVD;

  • flesh xotiralar va h.

AQSh hukumatida konfidensial axborotni saqlash va o’chirib tashlash bo’yicha qator normativ hujjatlar ishlab chiqilgan (Code of Federal Regulations) [35]. Masalan, AQShning markaziy arxiv markazlarida elektron saqlagichdagi ma’lumotni yo’q qilishning quyidagi uchta usulidan foydalaniladi:
Shredirlash. Kuchli sanoat maydalagichlari deyarli barcha ko’chma saqlaguvchilarni: CD, DVD, disket, magnit lentalar va hak. maydalash natijasida ularni 25 mm. li qismlarga bo’lib tashlaydi (26-rasm).


    1. rasm. Shredirlash jarayoni


Magnitsizlantirish. Maxsus qurilma ichida joylashtirilgan saqlagichning xususiyatlari o’zgartiriladi va shu bilan o’qib bo’lmaslik ta’minlanadi. Agar kuchli magnitsizlantirish amalga oshirilsa ma’lumotlar saqlagichdan o’chiriladi va saqlagichning o’zi neytral magnit holatiga kiradi. Ushbu ma’lumotni yo’q qilish usuli dattiq disklar va ba’zi ko’chma qurilmalar uchun qo’llaniladi (27-rasm).


    1. rasm. UE-02 qurilmasi



    1. rasm. Kuchli magnit maydoni natijasida USB flesh saqlagichining o’zgarishi Yanchish. Shredirlash jarayonidan tashqari AQSh federal arxiv markazlari

tomonidan qattiq diskni yanchish orqali uni jismonan yo’q qilish usuli ham mavjud.

    1. tonna og’irlikdagi tosh ostida kompyuter va noutbuklarning qattiq disklari tamomila yo’q qilinadi. Ushbu mexanizm maksimal hajmi 2.5×10×15 sm. bo’lgan, 3.5, 2.5 va 1 dyumli disklar (SATA, PATA, SCSI) ni maydalash uchun mo’ljallangan.

Yuqorida keltirilgan usullarning aksariyati ma’lumot eltuvchisini fizik yo’q qilishni maqsad qiladi. TOP SECRET bo’lmagan axborot saqlangan holda esa saqlagichlardan qayta foydalanish talab etiladi. Buning uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:

      • saqlagich xotirasiga bir necha marta takroran yozish;

      • maxsus dasturlar yordamida saqlagichni tozalash (formatlashdan oldin ma’lumotni o’chirish).

Ushbu usul ma’lumotni kafolatli yo’q qilish imkonini bermasada, amaliyotdagi aksariyat holatlar uchun yetarli hisoblanadi.
Umumiy holda elektron saqlagichlardagi axborotni yo’q qilish uchun quyidagi 29-rasmda keltirilgan usullardan foydalaniladi.










Қайта




Тоза-




Доми-




Импул




Кам

ёзишга




лашга




мй




сли-




ўзгару

асос-




асос-




магнит




магнит




вчи

ланган




ланган




майдо-




ли




магнит













ни




майдон




майдо-

























ни

    1. rasm. Elektron saqlagichlardan ma’lumotlarni yo’q qilish usullari

AQShning Cornell kompaniyasi tomonidan elektron axborotni saqlovchilarni qayta foydalanish va ularni yo’q qilish uchun quyidagi tavsiyalar beriladi [36] (2.5- jadval).


Elektron saqlagichlardan qayta foydalanish va yo’q qilish uchun berilgan
tavsiyalar



Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin