Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə17/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

9-Ma’ruza mashg’uloti.


Mavzu: Ma’lumotlarni xavfsiz o‘chirish usullari.
Reja:


1. Qog’oz ko’rinishdagi hujjatlarni yo’q qilish usullari
2. Elektron hujjatlarni yo’q qilish
Axborot xavfsizligida ma’lumotni xavfsiz saqlash qanchalik muhim hisoblansa, ularni xavfsiz yo’q qilish ham shunchalik muhim. Sababi, konfidensial axborot to’liq yo’q qilinmagan taqdirda uni tiklash imkoniyati saqlanib qoladi. Hozirgi kunda foydalanilayotgan barcha ma’lumotlarni yo’q qilish usullarini ishonchli deb aytib bo’lmaydi. Quyida qog’oz ko’rinishidagi va elektron ko’rinishdagi hujjatlarni yo’q qilish usullari va ularning xususiyatlari bilan tanishib chiqiladi.
Qog’oz ko’rinishdagi hujjatlarni yo’q qilish usullari

Odatda qog’oz ko’rinishdagi hujjatlarni yo’q qilishda quyidagi usullardan foydalaniladi [33]:



  • maydalash (shreder);

  • yoqish;

  • ko’mish;

  • kimyoviy ishlov berish.

Maydalash. Tashkilotda rahbariyat ruxsati bilan xodimlar qo’lida bo’lgan qog’oz ko’rinishidagi hujjatlar vaqti o’tib o’z kuchini yo’qotadi yoki ularda arzimas ma’lumotlar saqlangani bois ularni yo’q qilish zaruriyati tug’iladi. Biroq, mazkur holda qimmat ma’lumot bo’lsa ularni to’liq yo’q qilish talab etiladi. Maydalash jarayoni ushbu vazifani bajarishda keng qo’llaniladigan usullardan biri hisoblanadi. Bunda ofis maydalagichi qog’ozni turli kesishlar orqali ularni juda kichik bo’laklarga ajratadi (25-rasm).



    1. rasm. Shreder Rexel Auto+ 90X Maydalash usulining afzalligi quyidagilardan iborat:

Yoqish. Yoqish orqali katta hajmdagi hujjatlarni tezda yo’q qilish mumkin. Ma’lumotni yo’q qilishning mazkur usuli ekologik jixatdan ma’qullanmaydi. Bundan tashqari yoqish usuli quyidagi kamchiliklarga ega:

etadi.
Ko’mish. Ushbu usul avvallari keng foydalanilgan usul hisoblansada, hozirda
kamdan-kam hollarda foydalaniladi. Ushbu usul qog’oz ma’lumotlarni to’liq yo’q qilish imkoniyatini bermaydi. Iqlimi quruq hududlarda qozog’ ma’lumotlarni yo’q bo’lishi uchun uzoq vaqt talab etiladi.
Kimyoviy ishlov berish. Yuqori maxfiylik darajasiga ega hujjatlarni yo’q qilishda yuqorida keltirilgan usullar to’liq kafolatni ta’minlamaydi. Kimyoviy usul esa qog’oz ko’rinishidagi axborotni 100% ishonchlik bilan yo’q qilish imkonini beradi. Buning uchun maxsus kimyoviy modda va suvdan foydalaniladi. Hosil qilingan massani tiklashning umuman imkoni mavjud emas. Ushbu usulning yagona kamchiligi uning narxi yuqoriligi va maxsus joy talab etilishi.

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin