Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə40/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Repetir. Tarmoq repetiri odatda signalni tiklash yoki qaytarish uchun foydalanilib, uzatilish davomida yo’qolgan analog va raqamli signallarni tiklaydi. Bundan tashqari, ushbu qurilmalar turli protokollar tomonidan uzatilayotgan ma’lumotlarni o’tkazish imkoniyatiga ega.
Xab. Xab tarmoq qurilmasi bo’lib, ko’plab tarmoqlarni ulash yoki LAN segmentlarini bog’lash uchun xizmat qiladi. Xabning asosiy vazifasi bir qurilmadan kelgan ma’lumotni qurilmaning boshqa portiga ulangan qurilmaga uzatishdan iborat. Svitch. Simli va simsiz LANlar uchun tarmoq svitchlari asos qurilma hisoblanib, u simli va simsiz kabel orqali tarmoqdagi qurilmalardan signalni qabul qiladi. Har ikkala holda ham qabul qilgan signalni LAN orqali kompyuterlarga
uzatadi. Svitchlar xablardan farqli qabul qilingan signalni barcha chiquvchi portlarga emas, balki, paketda manzili keltirilgan portga uzatadi.
Routerlar. Routerlar yuqorida keltirilgan tarmoq qurilmalariga qaraganda murakkab tuzilishga ega bo’lib, OSI modelining tarmoq sathida ishlaydi. Router qabul qilingan ma’lumotlarni tarmoq sathida tegishli manzil (IP manzil) bo’yicha uzatadi.
Ko’priklar. Ko’priklar tarmoq chegarasida trafikni filterlashni amalga oshiradi. Ko’prik har bir ma’lumotlar paketidagi MAS manzillarni o’qib oladi va ularni masofadagi qurilmaga yuboradi. Ko’priklar mantiqiy qurilma bo’lib, har bir tarmoq segmentini alohida qaraydi.
Shlyuzlar. Shlyuzlar ichki tarmoqqa ulanishga harakat qiluvchi boshqa tarmoq uchun kiruvchi nuqta vazifasini o’tasa, o’z navbatida tashqi tarmoqqa ulanishga harakat qiluvchi ichki tarmoq uchun chiqish nuqtasi vazifasini o’taydi. Bu yerda, shlyuz vazifasini ishchi stansiyalar yoki serverlar bajarishi mumkin.
DNS (Domain name system). DNS tizimlari host nomlari va Internet nomlarini IP manzillarga o’zgartirish yoki teskarisini amalga oshiradi. DNS o’z ilovalarini TCP/IP tarmog’idan qidiradi. DNS xizmati foydalanuvchi tomonidan kiritilgan DNS nomini mos IP manzilga o’zgartirib beradi. Masalan, DNS xizmati www.example.com domen nomini 192.105.232.4 IP manziliga o’zgartirib beradi.
TCP protokoli. TCP protokoli ulanishga asoslangan protokol bo’lib, Internet orqali ma’lumotlarni almashinuvchi turli ilovalar uchun tarmoq ulanishlarini sozlashga yordam beradi. TCP mavjud kompyuter bir tarmoqda turgan yoki boshqa tarmoqdagi foydanuvchi kompyuteriga ma’lumotni yuborish imkoniyatiga ega bo’ladi. TCP protokoli qabul qiluvchi tomonida manbadan uzatilgan barcha xabarlarni qabul qilinganini kafolatlaydi. TCP protokoli xabarni barchaga uzatmaydi (broadcasting imkoniyati mavjud emas), ya’ni, paket aynan faqat masofadagi foydalanuvchiga yetkaziladi. www, e-mail, masofadan turib boshqarish yoki fayl transferini amalga oshiruvchi ilovalar o’z vazifasini TCP protokollari asosida amalga oshiradi.
UDP protokoli. UDP ulanishga asoslanmagan protokol bo’lib, Internetda ilovalar orasida kam kechikishli va past chidamlilik darajasidagi aloqani ta’minlaydi. TCP protokolidan farqli, UDP protokoli ma’lumotlarni to’liq yetib kelishini kafolatlamaydi. UDP protokoli ma’lumotni raqamlangan paketrlar shaklida emas, balki, tarmoq bo’ylab datagramma shaklida uzatadi. UDP protokolidan odatda o’yin va video ilovalar tomonidan keng foydalaniladi.
IP (Internet Protocol) protokoli. IP protokoli TCP/IP aloqa protokollari to’plamida taqdim etilgan tarmoq sathida ishlovchi protokol bo’lib, ma’lumotni yuborishdan oldin aloqa o’rnatish uchun zarur bo’lgan manzil ma’lumotlari bilan ta’minlaydi. IP protokolining ikki versiyasi mavjud: Internet protocol version 4 (IPv4) va Internet protocol version 6 (IPv6). IPv4 protokoli amalda keng qo’llaniluvchisi bo’lib, 32-bitli manzillashdan foydalanadi. IPv6 da esa manzilni ifodalash uchun 128 bit xotira ajratiladi.
Axborot, Internet va kompyuter xavfsizligida aksariyat foydalanuvchilar tahdid, zaiflik va hujum tushunchalaridan tez-tez foydalanadilar. Biroq, aksariyat foydalanuvchilar tomonidan ularni almashtirib holatlari kuzatiladi.

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin