Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə39/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Foydalanishni boshqarish matrisasi

Avtorizasiyaning klassik ko’rinishi Lampsonning foydalanishni boshqarish matrisasidan boshlanadi. Ushbu matrisa operasion tizimni barcha foydalanuvchilar uchun turli ma’lumotlarni boshqarishi xususisidagi qarorni qabul qilishida zarur bo’lgan barcha axborotni o’z ichiga oladi. Bunda, operasion tizimdagi foydalanuvchilar subyekt sifatida va tizim resurslari obyekt sifatida qaraladi. Avtorizasiya sohasidagi ikkita asosiy quruvchilar: foydalanishni boshqarish ro’yxati (Access control list, ACL) va imtiyozlar ro’yxati (Capability list, C-list) hisoblanib, har ikkalasi ham Lampsonning foydalanishni boshqarish matrisasidan olingan.


15-16-17-Ma’ruza mashg’uloti.
Mavzu: Kompyuter tarmoqlari va tarmoq xavfsziligi muammolari. Tarmoq xavfsizligini ta’minlovchi vositalar. Himoyalangan virtual tarmoq
Reja:

1. Kompyuter tarmoqlarining asosiy tushunchalari
2. Tarmoq xavfsizligida mavjud muommolar.
Kompyuter tarmoqlarining asosiy tushunchalari
Kompyuter tarmoqlari bu – bir biriga osonlik bilan ma’lumot va resurslarni taqsimlash uchun ulangan kompyuterlar guruhi bo’lib, bunda kompyuter axborotni ma’lumot yo’llari orqali uzatadi. Keng tarqalgan kompyuter tarmog’iga Internetni misol keltirish mumkin.
OSI (Open System Interconnection) modeli bu - tarmoq bo’ylab ma’lumotlar almashinuvini aniqlashtirish uchun taqdim etilgan etalon model bo’lib, bir qurilmadan tarmoq orqali boshqa qurilmaga ma’lumot oqib o’tishini tasvirlaydi. OSI modeli ikki nuqta orasidagi aloqani 7 ta turli sathlarga ajratadi. Ushbu modelda ma’lumotlar yuboruvchi kompyuterda yuqori sathdan pastki sathga qarab harakatlansa, qabul qiluvchi kompyuterda esa pastki sathdan yuqoriga qarab harakatlanadi.
TCP/IP modeli bu - 4 sathdan iborat bo’lib, Department of Defense (DOD) tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu modeldagi har bir sath turli vazifalarni bajaradi va ma’lumotni yuboruvchi qurilmada ma’lumot 4 - sathdan birinchi sathga qarab harakatlansa, qabul qiluvchi mashinada birinchi sathdan to’rtinchi sathga qarab harakatlanadi.
Kompyuter tarmoqlarining turlari. Kompyuter tarmoqlari turli omillar bo’yicha bir-biridan farq qilishi mumkin. Masalan, o’lchami bo’yicha, vazifasi bo’yicha yoki geografik masofasi bo’yicha. Tarmoq tarqalgan sohaning o’lchamiga va tarmoqdagi kompyuterlarning soniga ko’ra quyidagicha guruhlarinishi mumkin:

  • lokal tarmoq (Local Area Network, LAN);

  • mintaqaviy tarmoq (Wide Area Network, WAN);

  • shahar tarmog’i (Metropolitan Area Network, MAN);

  • shaxsiy tarmoq (Personal Area Network, PAN);

  • kampus tarmog’i (Campus Area Network, CAN);

  • global tarmoq (Global Area Network, GAN).

Tarmoq topologiyalari. Tarmoq bo’ylab kompyuterlar ma’lum topologiyalar yordamida mantiqiy bog’lanishlarni amalga oshiradi. Topologiya tarmoqning tuzilishini aniqlab, tarmoqning mantiqiy va fizik joylashuvini hisoblaydi. Fizik topologiya kompyuter tizimlari komponentlarining tuzilishini aniqlasa, mantiqiy topologiya kompyuterlar orasidagi tarmoqda ma’lumotlarni uzatish usullarini aniqlaydi. Amalda keng qo’llaniluvchi tarmoq topologiyalariga quyidagilarni misol keltirish mumkin:

    • yulduz topologiya;

    • shina topologiya;

    • halqa topologiya;

    • mesh topologiya;

    • daraxt topologiya;

    • gibrid topologiya.

Tarmoq kartasi (Network Interface Card, NIC). Hisoblash qurilmasining ajralmas qismi bo’lib, qurilmani tarmoqqa ulash imkoniyatini taqdim etadi. Qurilmalar aynan ushbu elektron mikrosxema asosida simli yoki simsiz tarmoqqa ulanish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin