14- Ma’ruza mashg’uloti.
Mavzu: Barmoq iziga asoslangan autentifikasiya usuli va uning xususiyatlari. Ma’lumotlardan foydalanishni mantiqiy boshqarish.
Reja:
1. Biometrik parametrlarga asoslangan autentifikasiya 2. Turli xil dasturlar haqida ma’lumot Biometrik parametrlarga asoslangan autentifikasiya. Biometrik parametrlarga asoslangan autentifikasiya usulida biometrik parametr insonning o’zi uchun kalit sifatida xizmat qiladi. Biometrik parametrlarga asoslangan autentifikasiyalashning ko’plab usullari mavjud. Masalan, barmoq izi, yuz tasviri, ko’z qorachig’i, ovoz, harakat tarzi, quloq shakli, qo’l shakli va boshqa biometrik parametrlarga asoslangan autentifikasiya usullari amalda keng qo’llaniladi. Masalan, qo’p qavatli uylar va tashkilotlarga kirishda barmoq iziga asoslangan autentifikasiya usuli, noutbuklarda va mobil telefonlarda yuz tasviriga asoslangan yoki barmoq iziga asoslangan autentifikasiya keng qo’llaniladi (32-rasm).
Barmoq izi
Yuz tasviri
Ko’z qorachig’i
Ovoz
32-rasm.Biometrikna’munalargamisollar Axborot xavfsizligi sohasida biometrik parametrlar parollarga qaraganda yuqori xavfsizlikni ta’minlovchi muqobil sifatida qaraladi. Biometrik parametrlarga asoslangan autentifikasiya usuli quyidagi xususiyatlarga ega:
biometrik parametrga asoslangan usullar esda saqlash yoki birga olib yurish zaruriyatini talab etmaydi;
biometrik parametrlarga asoslangan autentifikasiyalash parollarga asoslangan usullardan foydalanishga nisbatan qimmatroq, lekin tokenga asoslangan usullardan foydalanishga qaraganda arzonroq hisoblanadi (ba’zi, istisno holatlar mavjud);
biometrik parmetrlarni o’zgartirish imkoniyati mavjud emas, ya’ni, agar biometrik parametr qalbakilashtirilsa, u holda autentifikasiya tizimi shu foydalanuvchi uchun to’liq buzilgan hisoblanadi;
turli biometrik parametrlarga asoslangan autentifikasiyalash usullari insonlar tomonidan turli darajada qabul qilinadi.
Autentifikasiya sohasida foydalanish uchun ideal biometrik parametr quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi shart.
universal bo’lishi – biometrik parametrlar barcha foydalanuvchilarda bo’lishi;
farqli bo’lish – barcha insonlarning tanlangan biometrik parametri bir- biridan farq qilishi;
o’zgarmaslik – tanlangan biometrik parametr vaqt o’tishi bilan o’zgarmay qolishi;
to’planuvchanlik–fizik xususiyat osonlik bilan to’planuvchan bo’lishi. Amalda fizik xususiyatni to’planuvchanligi, insonning autentifikasiya jarayonga e’tibor berishiga ham bog’liq bo’ladi.
Biometrik parametrlar nafaqat autentifikasiyalash masalasini yechishda balki, identifikasiyalashda ham keng qo’llaniladi. Ya’ni, “Siz kimsiz?” degan savolga javob bera oladi. Masalan, FBI da jinoyatchilarning barmoq izlari bazalari mavjud. Bazada barmoq izlari (barmoq izi tasviri - foydalanuvchi nomi) shaklida saqlanadi va bu biror bir insonni jinoyatchilar ro’yxatida bor yoki yo’qligini aniqlashga imkon
beradi.Buning uchun, tekshiriluvchi insonning barmoq izi tasviri FBI bazasidagi biror bir barmoq izi tasviriga mos kelsa, barmoq izi tasviriga mos foydalanuvchi nomi bilan aniqlanadi.