Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə33/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Toza stol siyosatiga ko’ra tashkilot uchun muhim bo’lgan axborotni xodimlar tomonidan nazoratsiz qoldirilmasligi va ish joyidan tashqariga olib chiqmasligi zarur. Toza ekran siyosatiga ko’ra esa xodim o’z kompyuteridan foydalanish davomida uni nazoratsiz qoldirmaslikka e’tibor qaratadi.
Boshqa fizik xavfsizlik choralari: yoritish tizimlari. Yoritish tizimlari tashkilot binosi xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tashkilot binolarining atrofida yetarlicha yoritmaslik boshqa xavfsizlik vositalarining samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. Masalan, agar tashkilotning kirishida, mashina turar joylarida yoki kuzatuv kamerasi o’rnatilgan boshqa hududlarda yoritish tizimi talabga javob bermasa, u holda ushbu hududlardagi noqonuniy harakatlarni aniqlash imkoniyati kamayadi. Muhitning yoritish tizimi holat va sezuvchanligiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:

  • doimiy yoritish tizimlari – tashkilot binosi atrofida o’rnatilgan yoritish vositalari;

  • kutish rejimidagi yoritish tizimlari biror bir ogohlantiruvchi signal ta’sirida avtomatik yoki noavtomatik tarzda ishlaydigan yoritish vositalari;

  • harakatlanuvchi yoritish tizimlari – qo’lda boshqariluvchi yoritish vositalari bo’lib, qorong’uda zaruriyat bo’lganda yoritish uchun foydalaniladi;

  • favqulotda yoritish tizimlari elektr quvvati yoki elektr energiyasi manbalari ishdan chiqqanda tashkilot binolarini vaqtinchalik yoritish uchun foydalaniladi.

Boshqa fizik xavfsizlik choralari: quvvat manbalari. Quvvat manbalari nafaqat tashkilotning axborot texnologiyalari tizimiga balki, fizik xavfsizlikni ta’minlash tizimlariga ham katta ta’sir qiladi. Quvvatning yetarli darajada bo’lmasligi yoki tez-tez uzilib qolishi natijasida jixozlarga zarar yetishi mumkin. Tashkilotlarda quvvat manbaini uzulishi natijasida yuzaga keladigan zararni kamaytirish uchun quyidagi xavfsizlik choralarini ko’rish zarur:

  • quvvat tebranishlariga tayyor turish;

  • quvvat uzilishi kuzatilganda uzluksiz quvvat manbalaridan (UPS – Unintrruptible power supply) foydalanish;

  • vositalarni tahdidlardan himoyalash tizimlarini o’rnatish;

  • ish joylarida statik elektrga noma’qul ta’sirdan himoyalash tizimlarini o’rnatish;

  • elektr quvvatidan ishlaydigan vositalardan to’g’ri foydalanish.

Ish joyining xavfsizligi: qabulxona. Tashkilotning qabulxonasi har doim mehmon va tashkilotlar o’rtasida o’zaro aloqa o’rnitishda muhim soha hisoblanadi. Qabulxona mehmonlar uchun qulay foydalanishni ta’minlagani bois, fizik xavfsizlik nuqtai nazardan zaif bo’lishi mumkin. Tashkilot qabulxonasida deyarli har kuni turli mehmonlar, hamkorlar, xodimlar va boshqalar bo’lishadi. Shu sababli, qabulxonadagilar ularning har birini tanib olishga harakat qilishi va qayd etishi lozim.
Ish joyining xavfsizligi: Server/ zaxira nusxalash qurilmalarining xavfsizligi. Har bir tashkilot o’z serverini va zaxira nusxalash vositalarining fizik xavfsizligini ta’minlashga e’tibor berishi lozim. Ushbu vositalarga nisbatan fizik ruxsatlarni cheklangan bo’lishi va undan faqat, ruxsat etilgan shaxslar foydalana olishi mumkin bo’ladi. Server va zaxira nusxalash qurilmalarining fizik xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • server va zaxira nusxalash qurilmalarini alohida xonada saqlash. Bu chora ushbu qurilmalarni noma’lum va shaxslar yoki xodimlar tomonidan ruxsatsiz boshqarilishini cheklaydi;

  • server va zaxira nusxalash vositalari joylashgan xonaga yoki muhitga kuzatuv kameralarini va smart karta yoki biometrik parametrlarga asoslangan autentifikasiyani joriy etish;

  • serverlarni o’g’irlinishidan va zararlanishidan himoyalash uchun maxsus tagliklarga o’rnatish;

  • turli quvvat o’zgarishidan himoyalash uchun serverlarni zaxira UPS vositasiga ulash;

  • qurilmalarni qulflanuvchi xona yoki kabinetlarda saqlash;

  • xodimlar tomonidan ixtiyoriy zaxira nusxalash va server vositalarini olib chiqib ketilmasligini ta’minlash.


Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin