Aktiv yong’inga qarshi himoya tashkilotda yong’in yuzaga kelgani haqida ogohlantirib, odatda tijorat, ishlab chiqarish joylarida va savdo uylarida o’rnatiladi. Ushbu himoya usulining asosiy maqsadi yong’inni binoning boshqa qismlariga tarqalmasligini oldini olish hisoblanib, yong’inga qarshi chora ko’rishda ma’lum ishlarni avtomatik yoki noavtomatik tarzda amalga oshirishi talab etiladi.
Aktiv yong’inga qarshi himoya tizimi suv sepish, tutun/yong’indan ogohlantirish tizimlari, o’t o’chirish va turli sprey sepish tizimlarini o’zi ichiga oladi.
Aktiv yong’inga qarshi tizimlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
yong’inni aniqlash tizimi yong’in tarqalishidan oldin uni aniqlashga yordam berib, tutunni aniqlovchilari, alangani aniqlovchilarni va issiqlikni aniqlovchilarni o’z ichiga oladi.
yong’inni bartaraf etish tizimlari inson aralashuvisiz yong’inni dastlabki bosqichlarida uni bartaraf etib, zararni kamaytirishga va qurilmalarni yo’q
bo’lishidan himoyalaydi. Yong’inni bartaraf etish tizimlari avtomatik va avtomatik bo’lmagan turlarga ajratiladi. Ushbu tizimlarga o’to’chirgich (ognetushiyet),suv purkash tizimlarini misol keltirsa bo’ladi.
Yong’ingaqarshipassivhimoyatizimlari bino bo’ylab yong’inni tarqalishini oldini olib, yong’inga qarshi eshiklar, oynalar va devorlar himoya chorasi sifatida qaralib, boshqa biror tizim tomonidan ishga tushirilishni talab etmaydi.
Passiv yong’inga qarshi himoya usuli amaliyotda quyidagi usullar asosida oshiriladi:
yonuvchan materiallardan minimal foydalanish;
binoga yong’inni tarqalishini oldini olish uchun qo’shimcha qavat yoki xonalarni qurish;
binodan foydalanuvchilarni yong’in sodir bo’lganda qilinishi zarur bo’lgan ishlar bilan tanishtirish;
yong’inga aloqador tizimlarni to’g’ri madadlash;
yetarli sondagi qo’shimcha chiqish yo’llarining mavjudligi.
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik to’siqlar. Fizik xavfsizlikni ta’minlash odatda turli fizik to’siqlardan foydalanib, fizik chegarani umumiy hududdan taqiqlangan hududga ajratish yo’li bilan tashkilotda ruxsatsiz foydalanishni oldini oladi. Ushbu to’siqlarni joylashuv o’rniga ko’ra: tashqi, o’rta va ichki to’siqlarga ajratish mumkin. Tashqi to’siqlar odatda g’ov,devorva boshqalarni o’z ichiga oladi. O’rta to’siqlardan odatda olamon va insonlarni ruxsatsiz kirishlarini taqiqlash uchun foydalaniladi. Ichki to’siqlarni esa eshiklar, derazalar, panjaralar, oynalar, pardalar va boshqalar tashkil etadi.
Bino ichida foydalaniluvchi fizik to’siqlarning quyidagi turlari mavjud:
devorlar/ elektr devorlar/ metal to’siqlar odatda taqiqlangan hududlarni, nazoratlanadigan hududlarni va ruxsatsiz kirishdan himoyani belgilashda foydalaniladi. Fizik to’siqlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad:
hujumchini bloklash va ushlab qolish;
tashkilot chegarasini belgilash;
xavfsiz hududni tashqi hujumlardan himoyalash;
transportlarni kirishidan himoyalash;
qo’paruvchilik hujumlaridan himoyalash.
tumba kichik vertikal shaklida bo’lib, avtomobillarni kirishidan himoyalaydi;
turniketlar shaxs tomonidan mos tanga, bilet, barmoq izi yoki token ko’rsatilganda bir vaqtda bir shaxsni ichkariga kirishiga yoki chiqishiga ruxsat beradi;
fizik himoyani tashkil qilishda bundan tashqari turli eshiklar, oynalar, panjaralar, deraza pardalaridan foydalaniladi.