Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə32/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Kombinasion qulflar raqam va simvollar kombinasiyasidan iborat bo’lgan maxfiy kodni kiritishni talab etadi.
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: Yashirin qurol/ kontrabanda qurilmalarini aniqlash moslamasi. Tashkilotlarda odatda shaxslar tomonidan olib kiriladigan jixozlar yoki vositalar maxsus skanelarlar yordamida turli qurollar yoki kontrabanda vositalarini, bombalar, yoki o’q otar qurilmalari aniqlanadi. Mazkur skanerlarga misol qilib, metalni aniqlovchilar, X-ray aniqlash tizimlari va harakat bo’ylab metalni aniqlash tizimlarini keltirish mumkin (39-rasm).



39-rasm. X-Ray metal detektorlar [2]
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: qopqon chegarani buzib o’tuvchini tutuvchi fizik xavfsizlikni nazoratlash vositasi hisoblanib, odatda xavfli hududni xavfsiz hududdan ajratadi. Qopqon ikki eshikli mexanik qulflashga asoslangan kichik hudud bo’lib, ikkinchi eshik ochilishidan oldin birinchi eshik yopiladi. Shaxsni autentifikasiyalash smart karta, PIN kod yoki biometrik usullar asosida amalga oshirilishi mumkin (40-rasm).

40-rasm. Qopqon
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: xavfsizlik yorliqlari va ogohlantiruvchi signallar. Xavfsizlik yorliqlari xavfsizlik darajasi turlicha bo’lgan axborotdan foydalanishga ruxsatlarni cheklash uchun juda qulay hisoblanadi. Buning uchun
tashkilotdagi ma’lumotlar dastlab xavfsizlik yorliqlari bilan ta’minlanadi. Odatda quyidagi turdagi xavfsizlik yorliqlari mavjud:

  • ochiq ma’lumotlar (unclassified);

  • chegaralangan ma’lumotlar (restricted);

  • konfidensial ma’lumotlar (confidential);

  • maxfiy ma’lumotlar (secret);

  • o’ta maxfiy ma’lumotlar (top secret).

Axborotdan foydalanishdan oldin uning yorlig’iga qarab, ruxsat bor yoki yo’qligi aniqlanadi, agar ruxsat bo’lsa undan foydalanishga ruxsat beriladi.
Ogohlantiruvchi signallar odatda tashkilotda ko’p sonli xodimlarni ruxsatsiz harakatlarni cheklash uchun foydalaniladi. Odatda ogohlantiruvchi signallar sifatida “TAQIQLANGAN HUDUD” (RESTRICTED AREA), “OGOHLANTIRISh”
(WARNING), “XAVFLI” (DANGER) iboralardan foydalaniladi (41-rasm).



41-rasm. Ogohlantiruvchi belgilar
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: video kuzatuv vositalari tashkilotning aktivlarini bosqinchilardan va o’g’rilardan himoyalab, fizik xavfsizligini ta’minlashda muhim komponent hisoblanadi. Video kuzatuv moslamalari odatda tashkilotning kirish eshiklarida, zallarda va ishchi hududlarida o’rnatilib, tashkilotda kirish va chiqish harakatlarni kuzatishga yordam beradi. Hozirgi kundagi video kuzatuv vositalari nafaqat harakatlarni qayd etishga balki, noma’qul harakatlarni aniqlash imkonini beradi. Masalan, taqiqlangan jixoz olib kirayotgan yoki olib chiqayotgan holatni aniqlaydi yoki janjal bo’layotgan holatni aniqlab, ogohlantirish signalini yuboradi. Video kuzatuv vositalari sifatida hozirgi kunda, quyidagi kameralardan amalda foydalanib kelinmoqda (42-rasm).



a) Dome CCTV

b) Bullet CCTV

C) C-mount
CCTV

d) Day/ night
CCTV


42-rasm. Kuzatuv kameralari
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik xavfsizlik siyosati va muolajalari. Har bir tashkilot samarali fizik xavfsizlikni amalga oshirish uchun talab qilingan fizik xavfsizlik siyosatini va muolajalarini amalga oshirishi zarur. Turli tashkilotlar uchun fizik xavfsizlik siyosati turlicha bo’lishi mumkin. Xususan, tashkilot fizik xavfsizligining siyosati tashkilotni fizik xavfsizligi nuqtai nazaridan o’zida quyidagilarni mujassamlashtiradi:

  • xodimlarning huquq va vazifalari;

  • foydalanishlarni boshqarishning nazorati;

  • qaydlash va auditlash.

Fizik xavfsizlik muolajasi o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  • qulflash tizimini boshqarish;

  • suqilib kirish insidentlarini qaydlash;

  • tashrif buyuruvchilarni boshqarish;

  • konfidensial materiallarni yo’q qilish;

  • qog’oz ko’rinishidagi axborot uchun toza stol siyosatini va axborotni ishlashda toza ekran siyosatini amalga oshirish.


Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin