Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə34/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Ish joyining xavfsizligi: Kritik aktivlar va olib yuriluvchi qurilmalar. Tashkilot har doim o’zining server va zaxira nusxalash vositalari bilan bir qatorda, boshqa kritik aktivlar, ishchi stansiyalar, routerlar va svitchlar, printerlar, boshqa tarmoq qurilmalari, olib yuriluvchi vositalar va boshqalarning xavfsizligiga e’tibor
berishi lozim. Bundan tashqari, tashkilot tarmoq kabellarining joylashuvi va ularning xavfsizligiga ham tashkilotga kiruvchi va chiquvchi barcha ma’lumotlar aynan ushbu axborot tarmog’i orqali harakatlangani sababli jiddiy e’tibor berishi lozim.
Ish joyining xavfsizligi: olib yuriluvchi vositalar. Hozirgi kunda har bir tashkilotda turli olib yuriluvchi vositalardan foydalanilmoqda. Ularga leptoplar, planshetlar, proyektorlar va boshqalar misol bo’lib, ular osonlik bilan o’g’irlanishi, yo’qolishi va ularga zarar yetkazilishi mumkin. Ushbu vositalarni fizik xavfsizligini ta’minlashda turli mexanik qulflardan foydalanish yoki ularni xavfsiz xonalarda saqlash choralarini ko’rish talab etiladi (43-rasm).
43-rasm. Noutbuklarni stolga qulflash vositasi
Muhitni nazoratlash: isitish, ventilyasiya va havoni sovitish tizimlari (Heating, ventilating and air-conditioning system, HVAC). Mazkur tizimlar xona yoki bino ichidagi muhitni nazoratlash uchun ishlatiladi va tashkilotdagi qurilmalar ishlashi uchun zurur bo’lgan muhitni yaratishga xizmat qiladi. Ba’zi HVAC tizimlarida muzlatish tizimini ham mavjud bo’lib, ular HVAC&R (Refrigeration) tizimlari deb ataladi. Ular nafaqat qurilmalar ishlovchi mos sharoitni yaratish uchun balki xodimlar ishlashi va tashkilot faoliyati uchun zarur bo’lgan muhitni yaratish uchun ham qo’lliniladi.
Muhitni nazoratlash: elektromagnit shovqinlarni ekranlash. Tashkilotda elektron qurilmalardan hosil bo’lgan elektromagnit shovqinlar atrofdagi boshqa qurilmalar ishiga ta’sir etishi mumkin. Elektromagnit shovqinlarni ekranlashda elektron vositalar metal bilan qoplanadi va tarqaluvchi elektr to’lqinini boshqa vositalarga ta’siri keskin kamayadi. Bundan tashqari, qurilmalarni maxsus
materiallar bilan to’sish orqali boshqa qurilmalardan ajratish mumkin. Tashkilotlarda elektron qurilmalar ko’p bo’lgan hollarda (masalan, telekommunikasiya yoki shifoxonalarda) ularni ekranlash zaruriyati yanada ortadi.
Fizik xavfsizlik: ogohlik / o’qitish. Yaxshi o’qitilgan va malakaga ega bo’lgan xodim tashkilot fizik xavfsizligiga bo’lgan risklarni minimallashtirishi mumkin. Yuqori fizik xavfsizlikni ta’minlashda tashkilot o’z xodimlari uchun ogohlik mashg’ulotlarini tashkil etishi lozim. Ogohlantirish yoki o’qitish dasturlari quyidagilarni nazarda tutishi shart:

  • hujumlarni kamaytiruvchi usullarni ta’minlashni;

  • maxfiy axborotni olib yurishdagi risklarni;

  • xavfsizlik xodimlarining muhimligini;

  • barcha qurilma va ma’lumotlarga bo’lishi mumkin bo’lgan hujumlar ehtimolini baholashni.

Tashkilotlar fizik xavfsizlik bo’yicha ogohlik/ o’qitish kurslarini tashkil etishda turli usullardan foydalanishlari mumkin:

  • sinf mashg’ulotlari – ma’ruzaga asoslangan interaktiv sinf mashg’ulotlarini afzalligi:

  • barcha noravshan va noaniq masalalar shu joyning o’zida aniqlanadi;

  • vebga asoslangan yoki uchrashuvga asoslangan o’qitish sessiyalarini amalga oshiradi;

  • rol o’ynash yoki simulyasiya o’yinlari orqali yanada interaktiv bo’lishi mumkin.

  • Aylana stol mashg’ulotlari - mazkur kurslar odatda oylik yoki xaftalik bo’lib, fizik xavfsizlik zarur bo’lganda tashkilot xodimlarini o’qitish uchun amalga oshiriladi.

  • Xavfsizlik haqida xabardor qiluvchi veb sayt – xavfsizlik haqida xabardor qiluvchi veb saytni yaratish orqali xodimlar o’zlariga biriktirilgan vazifalarni chuqurroq o’rganadilar. Bunda turli rasm, video va misollar asosida mavjud holat tushuntiriladi.

  • Master klass darslari – parolni almashtirish yoki parolni bilmasdan uni olib tashlash uchun master klass darslarida amalga oshiriladi.

Xulosa o’rnida fizik xavfsizlikni amalga oshirilganini quyidagilar orqali baholanadi:

  1. Ruxsatsiz foydalanishlarni oldini olish uchun mos foydalanishlarni nazoratlash usullarini o’rnatilganligi.

  2. Muhim hududlar to’g’ri yoritish tizimi asosida kuzatilayotgani.

  3. Turli tahdidlar, yong’in, tutun, elektr, suv va boshqalarni aniqlovchi va ogohlantiruvchi tizimlar o’rnatilgani va ularni to’g’ri ishlayotgani.

  4. Eshiklarni qulflash tizimini to’g’ri o’rnatilgani va ularni to’g’ri ishlayotgani.

  5. Tashkilot binosi va hududi yetarli sondagi qo’riqchilar tomonidan qo’riqlanayotgani.

  6. Xavfsizlik xodimlarini o’quv mashg’ulotlariga to’g’ri yuborilgani.

  7. Xavfsizlik xodimlarini ishonchli agentliklardan olingani.

  8. Tashkilotdagi kuzatuv kameralari to’g’ri o’rnatilgani va uzluksiz ishlayotgani.

  9. Fizik xavfsizlik insidentlarini aniqlash va qayd qilish uchun to’g’ri muolajalar amalga oshirilgani.

  10. Favqulotda vaziyatlarda xodimlar bilan aloqa o’rnatishga oid axborotni mavjudligi.



Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin