Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə55/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Disklarni navbatlanishi: disklarni navbatlash ma’lumotni o’qish/ yozish unumdorligini oshiradi. Ma’lumotlar kichik bo’laklarga bo’linib, bir qancha disklar bo’ylab tarqatiladi. RAID ni amalga oshirilish sathiga bog’liq bo’lgan holda ma’lumotlar baytlarga, bitlarga yoki bloklarga bo’linadi. RAID tizimida ma’lumotni o’qish va yozish bir vaqtda bajariladi.
Tizimni ishlash davomiyligi: ushbu o’lchov kompyuterning ishonchligini va turg’unligini aniqlaydi. Tizimni ishlash davomiyligi tizimni biror yordamsiz avtomatik ishlash vaqtini aniqlaydi. Tashkilotda yuqori tizimni ishlash davomiyligi mahsuldorlikni yuqori bo’lishiga ta’sir qiladi.
RAID tizimlarining kamchiligi:
Tarmoq drayverlarini yozish: RAID texnologiyasi asosan serverlarda foydalanish uchun loyihalangani bois, uning asosiy kamchilishi - barcha tarmoq drayverlarini yozishidir. RAID texnologiyasi murakkab tuzilishga ega va bu jarayon ko’p vaqt talab etadi.
Mos kelmaslik: turli tizimlar turlicha RAID drayverlarini qo’llab quvvatlaydi. Muayyan apparat yoki dasturiy komponent serverda sozlangan RAID tizimi bilan mos kelmasligi mumkin. Mos kelmaslik RAID tizimini o’z vazifasini to’g’ri amalga oshirilmasligiga olib kelishi mumkin. RAID drayveri, qurilma va dasturiy vositalar orasidagi moslik tizimni sozlashdan oldin tekshirilishi shart. RAID tizimi tarmoqda mavjud bo’lgan barcha ilovalar uchun ma’lumotni himoyalashi talab etiladi.
Ma’lumotni yo’qolishi: RAID drayverlari mexanik muammolar tufayli o’z funksiyalarini bajarmaydi. Disklar ketma-ket buzilishga uchragan holda potensial ma’lumotni yo’qolish xavfi ortadi. Ikkita disk bir vaqtda buzilishga uchrasa, diskdan ma’lumotni tiklash imkoniyati kamayadi.
Qayta qurishning uzoq vaqt olishi: katta hajmli disklardan foydalanish ma’lumot uzatish tezligini ortishiga olib keladi. Biroq, katta hajmli disklardan ma’lumotni tiklash uzoq vaqt talab etadi. Bu holda, buzilgan disklarni qayta
to’g’irlash ham uzoq vaqt talab etadi. Bu o’rinda disklar sonini ortishi ham ma’lumotlarni uzatish tezligini ortishiga ta’sir ko’rsata olmaydi.
Narxning yuqoriligi: RAID texnologiyasini amalga oshirish iqtisodiy jihatdan yuqori narxni talab etadi. Bundan tashqari, tashkilotlar tizim ishini yaxshilash uchun qo’shimcha RAID kontrollerlari va qurilma drayverlarini sotib olishi talab etiladi.
RAID 0: diskni navbatlanishi. Tashkilotdagi talablarga bog’liq holda RAID sathini tanlash amalga oshirilib, RAID sathlarida unumdorlik, xatolikni nazoratlash yoki har ikkalasi uchun imkoniyatlar mavjud (67-rasm).
RAID 0 sathi ma’lumotni unumdorligi bilan shug’ullanadi. RAID 0 sathi kamida ikkita diskni talab qilib, ushbu sathda ma’lumotlar sektorlarga bo’linadi va ko’plab disklar bo’ylab yoziladi. Bunda, saqlanayotgan ma’lumot hajmi qattiq disk hajmiga teng bo’lgani bois, RAID 0 sathi xatolikni nazoratlashni ta’minlamaydi. Bir diskdagi buzilish 0-sathdagi barcha disklarni buzilishiga olib keladi. Mazkur holda ma’lumotni tiklash imkoniyati minimal darajada bo’ladi. RAID 0 sathining afzalligi ma’lumotni o’qish va yozish unumdorligi, narx va amalga oshirishning osonligi kabi afzalliklarga ega bo’lsa, ma’lumotni nusxalash imkoniyatining yo’qligi, ma’lumotni tuzatish imkoniyati yo’qligi va ishonchsizligi kabi kamchiliklarga ega.




  1. rasm. RAID 0 disklari

RAID 1: diskni akslantirish. RAID 1 sathida bir ma’lumotning nusxalari ikki yoki undan ko’p disklarda nusxalanadi. RAID 1 sathida bir vaqtda ko’plab disklarda va nusxalanuvchi disklarda ma’lumotlar yoziladi. Bir diskning buzilishi qolganlariga ta’sir qilmaydi. RAID 0 daga kabi, RAID 1 sathida ham ma’lumotni
to’g’riligini nazoratlash ta’minlanmaydi. RAID 1 texnologiyasidan asosan moliyaviy, to’lov va qayd yozuvi ilovalari ma’lumotlarini saqlashda foydalaniladi. Ushbu sathda kamida ikkita diskni bo’lishi talab etilsada, ushbu texnologiya disk hajmidan to’liq foydalanish ta’minlamaydi. Masalan, agar RAID 1 server ikkita 4 GBaytli diskdan iborat bo’lsa, ma’lumotni saqlash hajmi 8 GBayt emas, balki, 4 GBaytni tashkil qiladi (68-rasm).
RAID 1 sathi yuqori o’qish unumdorligiga egaligi, qurilma va dasturiy RAID tizimlari uchun bir xil mosligi va ishonchligi kabi afzalliklarga ega bo’lsa, “qaynoq almashtirish”ning imkonsizligi va hajmdan unumli foydalana olmaslik kabi kamchiliklarga ham ega.




  1. rasm. RAID 1 disklari

RAID 3: diskni navbatlanishi va xatolikni nazoratlash. RAID 3 sathida asosiy vazifa diskni navbatlash va xatolik mavjud bo’lganda uni nazoratlashdan iborat bo’lib, buning uchun RAID 3 sathida kamida 3 ta disk talab etiladi. Ma’lumotlar bir qancha disklarga bayt sathida saqlanadi. RAID 3 sathida bir disk qolgan disklardagi ma’lumotlarni xatoligini tuzatish uchun nazorat bitini saqlaydi. RAID 3 sathi ma’lumotni yoqish va yozish uchun yuqori tezlikga egaligi va buzulishga qarshi ishonchligi bilan ajralib turadi. Shunga qaramay, o’rnatishdagi va sozlashdagi murakkablikka va kam unumdorlikka ega (69-rasm).



  1. rasm. RAID 3 disklari

RAID 5: blokni vaqti-vaqti bilan taqsimlangan nazoratini boshqarish. RAID 5 blokni vaqti-vaqti bilan taqsimlangan nazoratini boshqarishini amalga oshiradi va taqsimlangan nazoratli blok sathida navbatlashni o’z ichiga oladi. Xatolikni nazoratlash ma’lumotlari barcha disklar bo’ylab tarqatilgani bois, RAID 5 da ma’lumotni yozish jarayoni sekin. Ushbu sathda kamida 3 ta diskdan foydalanish talab etiladi (70-rasm).
Diskdagi buzilishdan keyin yo’qolgan ma’lumotlar taqsimlangan disklar yordamida qayta tiklanadi. RAID 5 tizimda yozish amallari uchun yaxshi tanlov hisoblansada, disklardan biri buzilgan taqdirda, uni qayta tiklash ko’p vaqt talab etadi. RAID 5 tizimidan fayl, ilova serverlarida, ma’lumotlar bazasi serverlarida, veb, e-mail va yangilik serverlarida keng foydalaniladi.
RAID 5 sathi qolgan sathlar ichida eng yuqori malumotni o’qish darajasiga egaligi, bir diskni buzilishi xavfi mavjudligi va ”qaynoq almashtirish” imkoniyatiga egaligi bilan ajralib turadi. Biroq, yozish jarayoni past tezlikda amalga oshiriladi.













  1. rasm. RAID 5 disklari


RAID 10: bloklarni navbatlash va akslantirish. RAID 10 sathi gibrid sath bo’lib, RAID 1 va RAID 0 sathlaridan iborat. Bu sath “akslantirishlar tasmasi” ham deb ataladi. RAID 10 sathi nazoratlash imkoniyatsiz RAID 1 texnologiyasining akslantirishi va RAID 0 texnologiyasining navbatlanishidan iborat. RAID 10 sathining unumdorligi RAID 1 nikidan yuqori va RAID 1 kabi buzilishga chidamli. RAID 10 sathi uchun kamida 4 ta disk talab etiladi. Ushbu tizimdan ma’lumotlar bazasi serverlari, veb serverlar, pochta va boshqalarda foydalanish yuqori samara beradi. Ushbu sath yuqori IO amallarini ta’minlaydi, samarali yozish amaliyotiga ega bo’lsada, undan foydalanish juda ham qimmat (71-rasm).

RAID 1 RAID 0


Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin