Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə10/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Shifrmatn = “SIPLOSBE”


Sodda o’rin almashtirish usuliga misol


Bir martali bloknot

Bir martali bloknot (one time pad) yoki “Vernam shifri” nomi bilan tanilgan kriptotizim bardoshli shifrlash algoritmi hisoblanib, tarixda keng foydalanilgan bo’lsada, ko’p hollarda amalga oshirishning imkoniyati mavjud bo’lmagan. Uning bir martali deb atalishiga asosiy sabab, undagi kalitning (bloknotning) bir marta foydalanilishi bo’lib, uni aksariyat hollarda amalga oshirishning imkoni bo’lmaydi. Masalan, ushbu shifrlash algoritmi 8 ta simvoldan iborat bo’lgan alfavit bo’lsin. Olingan alfavit simvollari va unga mos bo’lgan binar qiymatlar 1 - jadvalda keltirilgan [13]. Alifbo simvollari va ularga mos bit qiymatlari barcha uchun ochiq va sir saqlanmaydi (ASCII jadvali kabi).



  1. jadval



Belgilar

E

H

I

K

L

R

S

T

Binar
qiymat

000

001

010

011

100

101

110

111

Faraz qilaylik, biror qonuniy foydalanuvchi A bir martali bloknotdan foydalangan holda “HEILHITLER” matnini shifrlab, o’z sherigi B tomonga jo’natishi talab etilsin. Ushbu ochiq matnni binar qiymatdagi ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:


H

E

I

L

H

I

T

L

E

R

001

000

010

100

001

010

111

100

000

101

Bir martali bloknot usulida shifrlashda ochiq matn uzunligiga teng bo’lgan tasodifiy tanlangan kalitdan foydalaniladi. Ochiq matnga kalitni XOR amali orqali shifrmatn hosil qilinadi (R ochiq matn, K – kalit va S – shifrmatn deb belgilansa):
𝐶 = 𝑃⨁𝐾. XOR amali (⨁) binar amal hisoblanib, quyida keltirilgan:


0⨁0 = 0

0⨁1 = 1

1⨁0 = 1

1⨁1 = 0

Jadvaldan, 𝑥⨁𝑦⨁𝑦 = 𝑥 tenglik o’rinligini ko’ramiz. Shuning uchun bir martali parol bilan deshifrlash uchun shifrmatnga kalitni XOR amalida bajarilishining o’zi yetarli hisoblanadi: 𝑃 = 𝐶⨁𝐾.
Faraz qilaylik, A tomon jadvaldagi ochiq matn uzunligiga teng bo’lgan quyidagi kalitga ega bo’lsin:


111

101

110

101

111

100

000

101

110

000

A tomon ushbu kalit asosida shifrmatnni quyidagicha hisoblaydi:







H

E

I

L

H

I

T

L

E

R

Ochiq matn:

001

000

010

100

001

010

111

100

000

101

Kalit:

111

101

110

101

111

100

000

101

110

000

Shifrmatn:

110

101

100

001

110

110

111

001

110

101







S

R

L

H

H

H

T

H

S

R



A tomonidan jo’natilgan shifrmatn B tomonda bir xil kalitdan foydalanib osongina deshifrlanadi:







S

R

L

H

H

H

T

H

S

R

Shifrmatn:

110

101

100

001

110

110

111

001

110

101

Kalit:

111

101

110

101

111

100

000

101

110

000

Ochiq matn:

001

000

010

100

001

010

111

100

000

101




H

E

I

L

H

I

T

L

E

R

Ushbu shifrlash algoritmi uchun quyidagi ikki holatni qarab chiqish muhim: faraz qilaylik, A tomonning dushmani M A tomon quyidagi kalitdan foydalangan deb biladi:




101

111

000

101

111

100

000

101

110

000

Agar M dushman ushbu kalitni B tomonga uzata olsa, u holda B tomon shifrmatnni quyidagicha deshifrlaydi:







S

R

L

H

H

H

T

H

S

R

Shifrmatn:

110

101

100

001

110

110

111

001

110

101

“Kalit”:

101

111

000

101

111

100

000

101

110

000

“Ochiq matn”:

011

010

100

100

001

010

111

100

000

101




K

I

L

L

H

I

T

L

E

R

Agar B tomon kriptografiyadan xabari bo’lmasa, u holda A tomonning qarori muhokamaga sabab bo’ladi.


Ikkinchi holat: faraz qilamiz A foydalanuvchi dushmani M tomonidan qo’lga olindi va shifrmatnga ega bo’ldi. Dushman shifrmatnni o’qiy olmaydi va shuning uchun A tomondan uning kalitini talab etadi. A tomon o’zini har ikkala tomonga “o’ynashini” aytib, shifrmatni deshifrlash kaliti deb quyidagini aytadi:


111

101

000

011

101

110

001

011

101

101

Ushbu kalit orqali dushman M shifrmatnni deshifrlaganda quyidagi ochiq matn hosil bo’ladi:






S

R

L

H

H

H

T

H

S

R

Shifrmatn:

110

101

100

001

110

110

111

001

110

101

“Kalit”:

111

101

000

011

101

110

001

011

101

101

“Ochiq matn”:

001

000

100

010

011

000

110

010

011

000




H

E

L

I

K

E

S

I

K

E

Agar dushman kriptografiya haqida ma’lumotga ega bo’lmasa, ushbu ochiq matnga ishonadi va A tomonni qo’yib yuboradi.
Yuqoridi keltirilgan misollar bir martali bloknot shifrini bardoshli ekanini ko’rsatadi. Bir martali bloknotda agar kalit tasodifiy tanlansa va bir marta foydalanilgan taqdirda hujumchi shifrmatndan ochiq matn haqida biror axborotga ega bo’la olmaydi (albatta ma’lumotning uzunligidan tashqari). Ya’ni, berilgan shifrmatn uchun mos “kalit” yordamida shifrmatn uzunligidagi ixtiyoriy “ochiq matnlar”ni generasiyalash mumkin va bunda barcha ochiq matnlar bir xil o’xshashlikka ega. Shuning uchun shifrmatndan ochiq matn haqida biror foydali axborotni olishning imkoni yo’q. Kriptografiya nuqtai nazardan shifrmatnlar o’zidan ortiq ma’lumotni bera olmaydi.
Buning uchun albatta, bir martali bloknotdan to’g’ri foydalanish, kalitni tasodifiy tanlash va undan bir marta foydalanilish hamda faqat A va B tomonlarga ma’lum bo’lishi talab etiladi.
Bir martali bloknot yuqori bardoshlikni ta’minlashiga qaramasdan, har doim undan foydalanilmaydi. Sababi, har bir ochiq matn uchun uning uzunligiga teng bo’lgan tasodifiy kalitni (bloknotni) generasiyalash va uni qabul qiluvchiga xavfsiz uzatishning kafolati yo’qligi. Agar ochiq matn uzunligidagi kalitni (bloknotni) xavfsiz uzatishning imkoniyati mavjud bo’lsa, u holda kalitning o’rniga ochiq matnni uzatish foydali emasmi? Uni shifrlashdan nima ma’no?
Bir martali bloknot usulidan tarixda cheklangan uzunlikdagi ma’lumotlarni shifrlashda qisman foydalanilgan bo’lsada, hozirgi kundagi katta hajmli ma’lumotlarni uzatish uchun bir martali bloknotni to’liq amaliy tomondan qo’llab bo’lmaydi.

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin