Tasdiqlayman ” Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri: Rajabov. T “ ” 2023 yil kiberxavfsizlik asoslari fanidan ii-kurs Kompyuter injiniringi uchun



Yüklə 7,7 Mb.
səhifə72/162
tarix28.08.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#140791
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   162
Majmua Kiberxavfsizlik asoslari II-Kurs

Risklarni boshqarish
Risk kiberxavfsizlikka oid bo’lgan tushunchalardan biri bo’lib, u haqidagi dastlabki tushunchalar birinchi bobda keltirib o’tilgan edi. Ushbu bo’limda risk tushunchasi va uni boshqarish bo’yicha batafsil ma’lumotlar beriladi.
Risk bu – belgilangan sharoitlarda tahdidning manbalarga potensial zarar yetkazilishini kutish. Bundan tashqari, riskni quyidagicha tushunish mumkin:

  • Risk bu – ichki yoki tashqi majburiyatlar natijasida tahdid yoki hodisalarni yuzaga kelishi, yo’qotilishi yoki boshqa salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan voqyea.

  • Risk bu – manbaga zarar keltiradigan ichki yoki tashqi zaiflik ta’sirida tahdid bo’lishi ehtimoli.

  • Risk bu – voqyea sodir bo’lishi ehtimoli va ushbu hodisaning axborot texnologiyalari aktivlariga ta’siri.

Risk, tahdid, zaiflik va ta’sir tushunchalari o’rtasida o’zaro bog’lanish mavjud bo’lib, ularni quyidagicha tasvirlash mumkin:
RISK = Tahdid × Zaiflik × Ta’sir.
Boshqa tomondan, hodisaning axborot aktiviga ta’siri bu – aktivdagi yoki manfaatdor tomonlar uchun aktivning qiymatidagi zaiflikning natijasi ekanligini inobatga olgan holda, riskni quyidagicha ifodalash mumkin:
RISK = Tahdid × Zaiflik × Aktiv qiymati.
Risk o’zida quyidagi ikkita faktorni mujassamlashtiradi:

Riskning ta’siri. Risk normal amalga oshirish jarayoniga va loyiha narxiga yoki kutilgan qiymatga ta’sir yetadi. Risk ta’siri tashkilot, jarayon yoki tizimga zararli muhit sababli yuzaga keladi. Ta’sir riskni kuzatilish ehtimoli jiddiyligini ko’rsatadi.
Riskning chastotasi. Riskni aniqlash va baholashga bog’liq holda, risklarni tasniflashda ularning takrorlanish chastotatasiga va ko’p sonli ketma-ketliklarga asoslanadi. Chastota va ko’p sonlilik risklarni monitoring qilishda muhim hususiyat hisoblanib, shu nuqtai nazaridan risklar ikki guruhga: minor risklar – e’tibor talab qilmaydigan va major risklar – alohida e’tibor va kuzatuv talab qiluvchilarga ajratiladi. Risklar chastotasi va ko’p sonligiga asoslangan holda ularni ikki o’lchamli matrisa usuli yordamida guruhlarga ajratish mumkin.
Riskning darajalari. Risk darajasi tarmoqda (yoki tizimga) natijaviy ta’sirning bahosi bo’lib, risk chastotasi va uning ko’p sonligiga ko’ra risklarni darajaga ajratishning ko’plab usullari mavjud. Ulardan eng keng tarqalgan usullaridan biri bu

  • ikki o’lchamli matrisa usulidir.

Risklarni tahlil qilishda, chastota yoki mojaro kuzatilishi va natijasining ehtimoli bilan ishlash talab etiladi. Bu esa risk darajasini ifodalaydi. Risk quyidagi tenglik bilan ifodalanadi:
Risk darajasi = natija × ehtimollik.
Risk darajalari 4 ta: ekstirmal yuqori, yuqori, o’rta va past, bo’lishi mumkin. Ekstrimal yuqori yoki yuqori risk paydo bo’lishini va salbiy ta’sirini kamaytirish uchun maxsus yo’naltirilgan qarshi choralarni talab etadi. Bu darajadagi risklar yuqori yoki o’rtacha ta’sirning yuqori ehtimolligiga ega bo’ladi. Mazkur darajadagi risklar jiddiy xavfni olib keladi va shuning uchun, zudlik bilan aniqlash
hamda qarshi chora ko’rishni talab qiladi.
O’rta darajali risklar yuqori ehtimollikka ega past natijali hodisa yoki past ehtimollikka ega yuqori natijali hodisa bo’lishi mumkin. Alohida qaralganda yuqori ehtimollikka ega past natijali hodisalar loyiha narxiga yoki kutilgan natijaga kam
ta’sir qiladi. Past ehtimollikka ega yuqori natijali hodisalar doimiy monitoringni talab etadi. O’rta darajali risklarga zudlik bilan chora ko’rish talab etilmasada, himoyani dastlabki vaqtda o’rnatish talab etiladi.
Past darajali risklar odatda e’tibor bermasa bo’ladigan yoki keyingi baholashlarda e’tibor bersa bo’ladigan risklar toifasi bo’lib, ularni bartaraf etish qisqa muddatda amalga oshirilishni talab qilmaydi yoki ortiqcha sarf xarajatni keltirib chiqarmaydi.
Risk matrisasi risklarni paydo bo’lish ehtimolini ularning natijasi va ta’siri orqali aniqlaydi hamda risk jiddiyligini va unga qarshi himoya chorasi sathini grafik taqdim etadi. Risk matrisasi riskning ortib boruvchi ko’rinishi uchun foydalaniluvchi sodda jarayon bo’lib, qarshi choralarni ko’rishda yordam beradi. Risk matrisasi risklarni turli darajalarda aniqlash va jiddiylik nuqtai nazaridan guruhlash imkonini beradi. Bundan tashqari, har bir tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan risklarni o’lchash usullari ham mavjud (93-rasm).



Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   162




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin