«tasdiqlayman» № O’quv ishlari prorektori prof. A. Soleev


Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslub jihatdan uzviy ketma-ketligi



Yüklə 3,2 Mb.
səhifə18/111
tarix17.10.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#156458
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   111
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslub jihatdan uzviy ketma-ketligi
Psixik jarayonlarning rivojlanishining psixologik jihatlarini, eksperimental psixologiyaning psixologik bilimlar doirasida tutgan o‘rnini talabalarga tushuntirish, ularda psixik jarayonlar rivojlanishi qonuniyatlarini analiz- sintez qilish orqali rivojlanganlik darajasini, sifat darajalarni baholashga o‘rgatishda eksperimental laboratoriya usullarini qo‘llash, psixik jarayonlarni o‘zaro aloqadorligini psixologik jihatdan chuqur tushunish, tahlil va tadqiq etish ko‘nikmasini shakllantirish bilan belgilanadi.
Eksperimental psixologiya metodologiyasi- psixik olamni psixofiziologik, oliy nerv faoliyati va fiziologiyasi, oliy matematika, psixologiyani barcha tarmoqlari doirasida o‘rganadigan nazariy va amaliy qonuniyatlarni qamrab oladi.


Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Ushbu o‘quv kursini o‘qitishda rivojlantiruvchi va muammoli ta’lim g‘oyalariga asoslangan keng miqyosdagi o‘qitish metodlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu metodlar talabalarning faol va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Kursning axborot-metodik ta’minotiga har xil turdagi ma’ruza, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini, psixologik mashqlarni video-materiallarni ko‘rish va tahlil etish kabilarni kiritish mumkin.
“Eksperimental psixologiya va praktikum” fani o‘quv dasturidagi mavzularni o‘tishda zamonaviy interfaol metodlardan keng foydalanish, o‘quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish samarali natija beradi. Bu borada zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Klaster”, “Matbuot konferensiyasi”, “Bumerang”, “Munozarali dars”, “Suqrotcha bahs”, “Aqliy xujum”, “Dumaloq stol” hamda mavzularga doir slaydlardan, o‘quv kinofilmlardan foydalanish, didaktik va rolli o‘yin usullarini qo‘llash nazarda tutiladi.


Asosiy qism
4-bo‘lim. Diqqat va xotira
Diqqat konsentratsiyasini eksperimental o‘rganish
Diqqat konsentratsiyasining o‘quv jarayonidagi o‘rnini o‘rganish va konsentratsiya qobiliyatini baholash. Diqqatning charchashi va konsentratsiyaning beqarorligini o‘rganish. Ixtiyorsiz diqqatning ko‘chuvchanlik va bo‘lunuvchanlik xususiyatlari. Natijani qayta ishlash va tahlil etish. Natijalarni hisoblash va tahlil qilish.


Diqqatning barqarorligini o‘rganish xususiyatlari
Diqqatning barqarorligi va bo‘linuvchanligini o‘rganish. Kuzatish tartibi tadqiqotning yo‘nalganligi. Natijalarni hisoblash va tahlil qilish.



Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin