Tafakkurni eksperimental usullar yordamida tadqiq etish. Tafakkurni o‘rganishda nazariy-axborotli yondashuv
Nazariy-axborotli yondashuvning mohiyati. Inson miyasi va tafakkur: tuzilma va faollikni o‘rganish. Rezolvensiya tamoyili, evristika, E.Xant va P.Uinston tadqiqotlari. M.Minskiyning freymlar nazariyasi, D.Pospelov va YU.Klikov tadqiqotlari. Dj.Miller va b. tadqiqotlari. N.Axning sun’iy tushunchalarni o‘rganish metodi. L.S.Vigotskiy va L.S.Saxarov metodikasi.
Tafakkurning tahliliyligi va refleksivligini o‘rganish
Tafakkur shakllari. Tafakkurning bilish bosqichlari. Tafakkur operatsiyalari. Tafakkurning tahliliyligi va refleksivligi.
Tafakkur va intellektual qobiliyatlar
Intellekt tushunchasi. Intellekt nazariyalari. Spirmen, Kettel, Bine, Gilford va b tadqiqotlari. Intellektual rivojlanishni o‘rganish metodlari.
Nutqni eksperimental o‘rganish metodlari va amaliy tarixi
Nutq va til, ularning tavsifi. Nutqni tadqiq etishning eksperimental rejalari. Sekey, Vigotskiy, Leontev va b. tadqiqotlari. Og‘zaki va yozma nutq.
Dj.Millerning jumlalarni tuzish va tushunish transformatsion modeli
Iboralar tuzish va tushunish muammosi. Til vositalari. Jumlalarni tuzish va tushunishning leksik va grammatik jihatlari. Jumlalarning morfem tuzilishini tuzish va tushunish modellari. Nazariy kommunikatsion model, “bevosita-komponentlar” bo‘yicha model, transformatsion model.
Semantik differensial metodi bo‘yicha nutq birliklari semantivasini o‘rganish
Semantikaga nazariy qarashlar. Mazmun turlari: signifikativ, denotativ, tuzilmaviy, pragmtik. CH.Morris, A.CHyorch, de Sossyur, CH. Osgud, F.Polan, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev tadqiqotlari. “Ma’no” va “mohiyat” tushunchalari. Nutq mazmuni komponentlari, so‘zlarning affektiv bo‘yoqdorligi. CH.Osgudning semantik differensial metodi.
Ma’ruza mashg’ulotlarga tavsiya etiladigan mavzular.
Dostları ilə paylaş: |