Foydalaniladigan adabiyotlar Asosiy adabiyotlar 1. Davis S. F. Handbook of Research Methods in Experimental Psychology. – Blackwell Publishing Ltd, 2003. – 515 p.
2. Дружинин В.Н. Экспериментальная психология. – 2-е изд., перераб. и доп. – СПб: Изд-во «Питер», 2000. – 320 с.
3. Глуханюк Н. С. Практикум по общей психологии: Учеб. пособие /Н. С. Глуханюк, Е. В. Дьяченко, С. Л. Семенова. - 3-е изд. - М.: Издательство Московского психолого-социального института; Воронеж: Издательство ПО
4. Практикум по общей, экспериментальной и прикладной психологии: Учеб. пособие/В. Д. Балин, В. К. Гайда, В. К. Горбачевский и др. Под общей ред. А. А. Крылова, С А. Маничева. – СПб: Питер, 2000. - 560с.
5. Экспериментальная психология: Практикум: Учебное пособие для вузов/Т. Г. Богданова, Ю. Б. Гиппенрейтер, Е. Л. Григоренко и др.; Под ред. С. Д. Смирнова, Т. В. Корниловой.- М.: Аспект Пресс, 2002.- 383 с.
6. S.Nasimov, N.Ishonqulova. Eksperimental psixologiyadan laboratoriya ishlanmalari.- SamDU, 2019 .
Qo’shimcha adabiyotlar 1. Ғозиев Э.Ғ. Умумий психология. - Т.: Ўқитувчи, 2010.
2. Ғозиев Э.Ғ. Психология. -Т., ЎзМУ «Университет», 2003.
3. Андреев О.А. Тренируем свое внимание /Серия «Психологический практикум».-Ростов н/Д: «Феникс», 2004
4. Андреев О.А. Тренируем свою память/ Серия «Психологический практикум».-Ростов н/Д: «Феникс», 2004
5. Аткинсон Р. Человеческая память и процесс обучения. - М., 1980.
6. Изард К. Эмоции человека. М., 2001.
7. Ильин Е. Психология индивидуальных различий. М., 2003.
8. Ильин Е. П. Мотивация и мотивы. – СПб.: Питер, 2002. – 512 с.
9. Ильин Е. П. Психология воли. 2-е изд. – СПб.: Питер, 2009. – 368
Интернет-ресурслар 1. Психологик кутубхона: http://www.psychol-ok.ru/library.html
2. Психологик тадқиқотлар. Илмий электрон журнал. http://www.psystudy.ru/
3. Психология бўйича материаллар. http://www.psychology-online.net
1- MAVZU. DIQQATKONSENTRATSIYASINI EKSPERIMENTAL O’RGANISH BO’YICHA TADQIQOTLAR.
R e j a : Diqqatning umumiy tavsifi.
Diqqatning tanlovchanligini o`rganish metodlari.
Diqqatning barqarorligi va to`planishini o`rganish.
Diqqatning ko`chishini o`rganish.
Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar:
Diqqat-ongning bir ob`ektga to`plab, yo`naltirilishi.
Diqqatning ko`lami- bir vaqtda qamrab olingan ob`ektlar soni.
Barqarorligi-diqqatning bir ob`ekt ustida uzoq vaqt to`planishi.
Ko`chishi- diqqatning bir ob`ektdan ikkinchisiga o`tishi.
Kontsentratsiyasi- diqqatni uzoq vaqt davomida boshqa narsaga cholg`imay bir ob`ekt ustida to`planib turishi.
Korrektur sinovii diqqat xossalarini o`rganish metodi.
Odamga har bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko’p narsa va hodisalar ta'sir etib turadi. Lekin odamga ta'sir etayotgan bu narsa va hodisalarning hammasi bir xil aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari aniq yaqqol aks ettirilsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu odamga ta'sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga bog’liqdir. Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to’la aks ettiriladi.
1. Diqqat tushunchasiga olimlar tomonidan bir qator ta'riflar keltirilganligini ta'idlash mumkin. P.I.Ivanov tomonidan diqqat deb- ongni bir nuqtaga to’plab muayyan bir ob'ektga aktiv qaratilishga aytiladi. F.N.Dobrinin, N.V.Kuzmina, I.V.Straxov, M.V.Gamezo, N.F.Gonobolin va boshqalarning fikricha, diqqatning vujudga kelishi ongning bir nuqtaga to’planishi ong doirasining torayishini bildiradi, guyoki ong doirasi bir muncha tig’izlanadi.
E.B.Pirogovaning ta'kidlashicha, tomonidan diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqazo etadigan tarzda ongning yo’naltirilganligi va biror narsaga qaratilganligidir. Diqqat shunday muhim jarayondirki, u odamning barcha faoliyatlarida albatta ishtirok qiladi. Eng sodda faoliyatdan tortib eng murakkab faoliyatni ham diqqatning ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. Jumladan, fransuz olimi Kyuve geniallikni chidamli diqqat deb ta'riflashi, Nyutonning kashfiyot fikrni doimo shu masalaga qaratilish jarayoni, deyishi, K.D.Ushinskiyning"diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o’tib kiradi" degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi. haqiqatdan ham diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga yetib bormaydi.
Diqqat psixik faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs uchun ma'lum ahamiyatga ega bo’lgan ob'ekt ustida to’planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo’naltirish deganda psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob'ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O’quvchi maktabda o’qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o’tirganda mana shu eshitib o’tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo’zg’algan shu maqsadga bo’ysundirilgan bo’ladi. O’quvchining biror boshqa narsaga chalg’imasdan o’quv materialining mazmuniga zehn qo’yib o’tirishida uning psixik faoliyatining yo’nalishi ifodalanadi.
Psixik faoliyatning yo’naltirilishi deganda ana shu tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganni saqlash va qo’llab-quvvatlash tushuniladi. Diqqatning bilish jarayoni uchun ahamiyatini alohida ta'kidlab o’tish lozimdir. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo’ldoshidir. Diqqat barcha psixik jarayonlarimizda qatnashsa ham, lekin diqqatning o’zi hech narsani aks ettirmaydi.
Odam biror narsaga zo’r diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi qiyofasida ayrim o’zgarishlar ko’zga tashlanadi. Demak, diqqat odatda o’zining sirtqi ya'ni tashqi alomatlariga egadir.
Birinchidan, diqqat qaratilgan narsani yaxshi idrok qilish uchun unga muvofiqlashishga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash, quloq solish) qilinadi.
Ikkinchidan, ortiqcha harakatlar to’xtaydi. Jiddiy diqqatning xususiyatlaridan biri qimirlamasdan jim turishdir. Masalan, auditoriya va teatr zalidagi jimlik diqqat vaqtidagi harakatsizlik natijasi bo’lib, bu jimlik odamlar ma'ruzachini yoki artistni zo’r e'tibor bilan tinglashayotganini anglatadi.
Uchinchidan, kuchli diqqat paytida kishining nafas olishi sekinlashib va pasayib qoladi.
Demak, diqqat paytida organizm reseptorlarimiz alohida holatda bo’ladi. Ammo bu holat diqqatning faqat tashqi ifodasi bo’libgina qolmay, balki uning ma'lum yo’nalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri hamdir. Shuning uchun ko’pincha biror ishni bajarishdan avval organizmimizni shu ishga moslab muayyan bir holatda tutib olamiz.
Diqqatning tashqi ifodalanishiga rassomlarning rasmlari, turli jurnallardan olingan suratlar eng yaxshi illyustrativ material hisoblanadi. Ular yordamida kishi diqqatining tashqi ifodasiga xos bo’lgan mimika va pantomimikani ko’rsatish mumkin.
Psixologiyada diqqatga berilgan ta`riflardan birini N.F.Dobro`nin tomonidan aytilgan bo`lib, unga ko`ra, diqqat inson ruhiy (psixik) faoliyatining yo`naltirilishi va to`planishidir. Bunda diqqatning yo`nalganligi va to`planishi deganda shu faoliyatga bo`lgan e`tiborning chuqurlashuvi tushuniladi.
Diqqatni jarayon (yoki sensor va pertseptiv aqliy jarayonning bir qismi sifatida) ham, holat ham (masalan, e`tiborlilik) deb qarash mumkin.
? Diqqatning ishtirokisiz faoliyatni amalga oshirish mumkinmi? Xotiradan farq qilgan holda diqqatning boshqaruvchilik vazifasi yaqqolroq namoyon bo`ladi. Bu bizga psixik boshqarishning turli darajalariga ko`ra diqqatning -ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so`nggi turlarini ajratish imkonini beradi.
Diqqatning eng muhim xossalari-uning ko`lami, tanlovchanligi, barqarorligi, to`planishi, taqsimlanishi va ko`chishidir. Diqqatning ko`lami deganda, qisqa vaqt ichida aniq idrok qilingan ob`ektlar soni tushuniladi. Turli tarqoq stimullar mavjud bo`lganda diqqat ko`lamining ixtiyoriy boshqarish imkoniyati cheklangandir. Qo`zg`atuvchilar mazmuni jihatidan bog`liq bo`lsa, bu ko`rsatkich ancha yuqori bo`ladi. Diqqat ko`lamining cheklanganligi sub`ekt tomonidan o`z sensor-pertseptiv zonasida mavjud bo`lgan ob`ektlardan ayrimlarini ajratib berishni talab qiladi, kolgan ob`ektlar esa ular uchun fon sifatida namoyon bo`ladi.
Ko`pgina qo`zg`atuvchilar orasidan, ajratib olingan ayrimlarigina tanlovchanlik xususiyatiga ega bo`ladi. Diqqat muvaffaqiyatining miqdoriy ko`rsatkichi bu tezlik bilan ko`plab ob`ektlar orasidan kerakli qo`zg`atuvchini topa olishda, sifat ko`rsatkichi esa-aniqligida namoyon bo`ladi. Diqqatning muvaffaqiyati har ikkisini ham o`z ichiga oladi.
Diqqatning barqarorligi psixik faoliyatdan chalg`imaslik va ob`ekt ustida diqqatni uzoq vaqt to`plab turishni ta`minlab turuvchi shaxs qobiliyatidir. Diqqat barqarorligining xarakteristikasi uzoq vaqt psixik faoliyatining dastlabki holatda ko`plab va yo`naltirib turilishidir.
Diqqatning kontsentratsiyasi ham diqqatni uzoq vaqt ob`ekt ustida turli ta`sirlarga qaramay saqlab turishdir. Diqqatning taqsimlanishi bir paytning o`zida sub`ektning bir nechta ob`ektlarga psixik faoliyatning yo`naltirib va to`plab turishidan iborat.
Eksperimental psixologiyada diqqatning taqsimlanishining ko`rsatkichi sub`ektning biror faoliyat vazifasini bajarishdagi natijasi bilan bir nechta vazifani bajarish natijasini solishtirish orqali aniqlanadi.
Diqqatning ko`chishi, uning yo`nalishi va to`planishini bir ob`ektdan boshqasiga o`tishi tushuniladi. Uning ko`rsatkichi sub`ektning bir faoliyatdan boshqasiga o`tishining qiyinligida namoyon bo`ladi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, diqqatning ko`chishi asab tizimining xususiyatiga ham bog`liq bo`ladi. Asab tizimi harakatchan bo`lgan kishilar diqqatining ko`chishi oson, rigid - qotib qolgan bo`lsa, qiyin bo`ladi. (Masalan-flegmatik). SHu bilan birga diqqatning ko`chishi shaxs xususiyatlariga, faolligi, qiziqishi, motivatsiya darajasiga bog`liq:
YUqorida sanab o`tilgan diqqat xossalari bir-biri bilan funktsional jihatdan bog`liq bo`lib, ajratish faqat tajriba usullaridan biridir.
? Diqqat xossalarini tabiiy sharoitda ham o`rganish mumkinmi? Diqqatni o`rganishga yo`naltirilgan laboratoriya metodlari blankalar usulidan iborat bo`lib, ular korrektura sinovi, degan umumiy nom bilan ataladi. Korrektur sinovi blankalari turli stimullardan-harflar, raqamlar, geometrik shakllardan iborat bo`lishi mumkin. Tekshiriluvchining vazifasi berilgan stimulni boshqalaridan ajratib bir xil tarzda belgilashdan iborat. Diqqat tanlovchanligi aniqligi ko`rsatkichi vazifani bajarishning aniqligi koeffitsienti bilan belgilanadi. Vazifani bajarishning aniqligi koeffitsienti (A) Uippl formulasi bilan hisoblanadi:
bu erda N - umumiy aniqlangan stimullar soni, R-qoldirilgan stimullar soni, r- noto`g`ri aniqlangan stimullar soni. Diqqat tanlovchanligining yana bir ko`rsatkichi, tekshiriluvchi tomonidan berilgan stimulni topish uchun sarflangan vaqt (m) (T.C) dir. U bitta stimulni topishga sarflangan vaqt (S) tanlash vaqti deb qaraladi. Tanlash tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Bu uslubni o`tkazish uchun kirill alifbosidagi harflardan iborat blankalar tayyorlanadi. Har bir blankada 10 qatorga 54 tadan harf yozilib ular ichida tartibsiz holda 24 so`z (turli darajadagi qiyinlikdagi) yashiringan. Tekshiriluvchining vazifasi ana shu so`zlarni topishdan iborat. Bunda sarflangan vaqt e`tiborga olinadi.
Eksperimentator avvaldan tayyorlangan dastur-blankasiga ega bo`ladi. Natijani tahlil qilishda quyidagi ishlar amalga oshiriladi.
Natija dastur blankasi bilan solishtiriladi.
CHizilgan so`zlar soni sanab chiqiladi.
Qoldirilgan so`zlar soni sanaladi(p):
Noto`g`ri chizilgan so`zlar soni aniqlanadi- (r).
To`g`ri chizilgan so`zlar soni (m) aniqlanadi.
Uippl formulasi bo`yicha A ni hisoblanadi.
Tanlash tezligini hisoblash (S).
Barcha tekshiriluvchilar uchun o`rtacha ko`rsatkichni aniqlash.
Ana shular natijasiga ko`ra diqqatning tanlovchanligining individual xususiyati tahlil qilinadi.