Dasturning informasion-metodik ta’minoti
Dasturda ko’zda tutilgan mavzularni o’qitishda ta’limning zamonaviy texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish samarali natijalar beradi. Buning uchun mashg’ulotlarda mavzuning va muammoning xususiyatidan kelib chiqqan holda muammoli ma’ruza, «Aqliy hujum», «Kichik gurhlarda ishlash», «Loyiha», «Klaster», «Yo’naltiruvchi matn», «Munozarali dars» kabi ta’lim metodlari va shakllaridan foydalanish hamda ta’limning texnik vositalari qo’llash maqsadga muvofiq.
“EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA VA PRAKTIKUM” FANIDAN TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONI
“Eksperimental psixologiya» fanidan talabalar bilimini baholash O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Mazkur fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda – 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda – 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Dostları ilə paylaş: |