3- LOBAROTORIYA MASHG’ULOT Mavzu: Diqqatning ko’chishi Tadqiqotning maqsadi: qora qizil rangli raqamlardan tuzilgan jadval yordamida diqqatning ko’chish xususiyatini tekshirish.
Tadqiqot uchun zarua jihozlar: sekundomer va rang jihatidan bir-biriga uyg’un bo’lmagan, betartib holda, mantiqiy esda saqlab qolishning oldini olish maqsadiga muvofiqlashtirilgan tartibda tuzilgan 1 dan 25 gacha va 1 dan 24 gacha qizil rangli raqamlar (tekshiriluvchi oldindan tayyorlagan) jadvali.
Tadqiqotning borishi: tadqiqot uch seryada o’tkaziladi
Birinchi seriya. Bunda tadqiqotchi tekshiriluvchiga jadvaldagi qora rang bilan yozilgan 1 dan 25 gacha bo’lgan raqamlarni o’sib boruvchi tartibda ko’rsatib berishni taklif qiladi. Qaror yozib boruvchi esa tekshiriluvchi bu topshiriqni qancha vaqt ichida ijro etishni sekundomer vositasida aniqlab, yozib boradi.
Ikkinchi seriya. Tadqiqotchi tekshiriluvchidan jadvaldagi qizil raqamlarni 24 dan 1 gacha kamayuvch tartibda ko’rsatib berishni taklif qiladi. Qaror yozib boruvchi esa xuddi oldingi seriyadagi kabi tekshiriluvchining topshiriqni bajarish uchun sarflagan vaqtini aniqlab, yozib boradi.
Uchinchi seriya. Bunda tekshiruvchi tekshiriluvchiga bir vaqtning o’zida galma-gal: qora raqamlarni ko’payib boruvchi, qizil raqamlarni kamayib boruvchi tartibda ko’rsatib berishni taklif qiladi. Qaror yozib boruvchi topshiriqning xarakteri, uning bajarilishi uchun ketgan vaqt va yo’l qo’yilgan xatolarni aniqlab, qarorda qayd etadi.
Tadqiqot natijalarini tahlil qilish: qaror yurutuvchining yozuvlari asosida uchla seriyadagi topshiriqni bajarish uchun tekshiriluvchi qilgan vaqt va yo’ qo’ygan xatolarni quyidagi qaror jadvalida qayd etilib qo’yiladi.
TAJRIBA MAVZUSI: Diqqatning ko’chishini tekshirish. Tekshiruvchi_______________________________________________________ Tekshiriluvchi______________________________________________________ Sana______________________________________________________________
Diqqatning to’planishi Reja: Diqqat va uning asosiy xususiyatlari haqida ma’lumot.
Diqqatning to’planishini tekshirish.
Tajriba o’tkazish va natijalar olish.
tajriba natijalarining tahlili.
Tayanch co’z va iboralar: Diqqat, ko’chuvchanlik, tahlil, tajriba, guruh, ko’lam, bo’linish,chalg’ish.
Tajriba maqsadi: Diqqatning to’planuvchanlik xususiyatini o’quv va ishlab chiqarish prossesidagi ro’lini o’rganish va baholash.
Tajriba materiali: ikki son va sinaluvchi bajarilishi lozim bo’lgan vazifa keltirilgan blanka, qog’oz, qalam.
Tekshirish tartibi va tekshiriluvchiga ko’rsatma: “ Men sizlarga uchta oddiy arfimetik vazifani o’qiyman. Siz ularni yoddan echishingiz kerak.Hisoblangan sonlaringizni men “yozinglar” deganimdan so’ng yo’zasizlar. Tovush chiqarib gaplashish man qilinadi. Qayta so’rabn olish ham mumkin emas. Agar yaxshi eshitmagan bo’lsangiz yoki esdan chiqarib qo’ysangiz, javob o’rniga qo’yib qo’ying”. Tushinarlimi?
Diqqat! Boshladik! (sekin va dona-dona qilib o’qish kerak)
Ikkita son berilgan: 82 va 68. Ikkinchi sonning birinchi raqamini birinchi sonning birinchi raqamiga ko’paytiring va hosil bo’lgan sondan birinchi sonini ikkinchi raqamini airing. Yozing?
Ikkita son berilgan: 82 va 68. Ikkinchi sonning birinchi raqamiga birinchi sonning ikkinchi raqamini qo’shing va hosil bo’lgan sonni ikkinchi sonning ikkinchi raqamiga bo’ling. Yozing?
Ikkita son berilgan 56 va 92. Birinchi sonning ikkinchi raqamini ikkinchi sonning birinchi raqamiga bo’ling va hosil bo’lgan sonni birinchi sonning ikkinchi raqamiga ko’paytiring. Yozing ?
Natijalarni hisoblash va tahlil qilish.
Olingan natijalar dalolatnomaga yozilib, hal qilingan vazifalarga “+” va hal qilinmaganiga “-“ belgisi qo’yiladi.
Dalolatnoma quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
Guruh….. Vaqt……..
Uchala vazifani hal qila olish uchun diqqatning barqaror to’planuvchanlik xususiyatiga ega bo’lishi kerak.
Birinchi va ikkinchi vazifalarning hal qilinishi ammo uchinchi vazifaning hal qilinmasligi tekshirish davomida diqqatning charchaganligini bildiradi.
Birinchi va uchunchi vazifa hal qilingan holda ikkinchi vazifaning echilmaganligi diqqatning barqarorligini bildiradi.
Ikkinchi va uchunchi vazifalarning echilishi, ammo birinchi vazifaning echilmaganligi shaxsan diqqatning sekin ko’chuvchanlik xususiyati mavjudligini ko’rsatadi.