5 - LABORATORIYA MASHG’ULOT
Mavzu: Diqqatning ko’lami va aniqligi
Tadqiqot maqsadi: taxistaskop metodikasi yordamida diqqatning hajmi (ko’lami va aniqligini tekshirib ko’rish.
Tadqiqot uchun zarur jihozlar: taxistaskop yoki epidaskop. Har birida sakkistadan undosh harflar aks ettirilgan 5 dona kartochkalar.
Tadqiqotning borishi. Tekshiriluvchi asbobdan 0,5 m masofada joylashadi va diqqatini bir joyga to’plagan holda tavsiya qilinyotgan qo’zg’ovchiga qaraydi. Dastlabki ”tayyorlaning!: xabari berilgandan so’ng tadqiqotchi ”Boshladik!” deb xabarni beradi va taxistaskopdagi harakatlantiruvchi mexanizimini bosadi. Tekshiriluvchi taxistaskopda ko’rsatilayotgan har bir kartochkani kuzatib, unda qanaqa harflar va qanday izchillikda yozilganligiga e’tibor berib boradi. So’ngara ilg’ab qolgan harflarni yozadi.
Tadqiqot natijalarini tahlil qilish: o’tkazilgan tajriba natijalari quyidagicha chizma tasvirida qarorda qayd etilib, tahlil qilib chiqiladi.
Tajriba mavzusi: Diqqatning ko’lami va aniqligini tekshirish.
Tekshiruvchi________________________________________________
Tekshiriluvchi_______________________________________________
Sana_______________________________________________________
Tavsiya qilingan qo’zg’ovchining
№
|
Tavsiya qilingan qo’zg’ovchi
|
Tekshiruvchidan olingan natija
|
Diqqatning hajmi
|
Diqqatning aniqligi
|
Duqqatning xatosi
|
Tekshirishning xatosi
|
1
|
EFMJBKLT
|
ZXSLFB
|
5
|
2
|
1
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Diqqatning xatosi deganda tekshiriluvchining tavsiya qilgan qo’zg’ovchini idrok qilishda yuz bergan yangilishlik (illuziya) tavsiya qilingan harflar orasida yo’q bo’lganlarini bor deb idrok qilishi tushiniladi. Mazkur tajribada bu harf ”X” dir. Diqqatning aniqligi 2 raqami bilan belgilanadi, chunki faqat ikki holatdagina izchillik ro’y bergan; ”3” harfi kartochkadagi harflar qatorida birinchi o’rinda ko’rsatilgan; ”L” harfi ”S” dan keyin joylashgan edi, tekshiriluvchi ham ini xuddi shunday tartibda qayd qilgan. Diqqatning ko’laminining miqdori nomlari yo’g’ri topilgan harflarning soni (mazkur holda 5 ta ) katta odamlar uchun 3-5 undosh harflar bilan belgilangan.
Tadqiqotchi tekshiriluvchilar bilan 5 ta tajriba o’tkazib, hosil bo’lgan natijalarni chizma tasvirdagi qarorning har bir kataklari grafasi bo’yicha hisoblab chiqadi hamda jamlangan raqam (yig’indi) ni o’tkazilgan tajribalar soniga bo’ladi. shunday qilib, diqqatning hajmi, aniqligi va xatosiga oid o’rtacha arfimetik qiymatni belgilab chiqadi
Dostları ilə paylaş: |