Ingliz tilida she’r.
Ibrohim
Try to speak very little,
And speak very beautiful,
Everybody must understand,
You must do it always so.
Rus tilida she’r:
Muslima
Коль ты не хочешь жизнь прожить напрасно, -
И днём и ночью, в час любой – учись родной язык.
Используй годы юности прекрасной –
I- boshlovchi: Buxoro. Ona shahrim. Olim-u ulamolar, fozil-u
donishmandlarini yeishtirgan zamin.
II- boshlovchi: Buxoro o’lkamizning ming yillar davomida jahon tafakkuri
ma’naviy-madaniy va diniy qadriyatlari taraqqiyotiga ulkan hissa
qo’shib kelayotgan, shariflik nomiga sazovor bo’lgan muqaddas
joylardan biridir.
I- boshlovchi: Buxoroi-sharifdan buyuk olimlar, fozillar yetishib chiqqanki,
ular ona tilimiz – o’zbek tili rivojiga behisob hissa qo’shgan.
II- boshlovchi: Bugungi kunda Buxoro maktabini yaratgan, sinov darsliklari
va ona tili darsliklarini yaratishda juda ko’p sa’y-harakatlar qilgan
olimlarimiz talaygina.
I- boshlovchi: Biz tahsil olayotgan ta’lim maktablarida ona tili fanini o’qitish
maqsadida yaratilgan darsliklar muallifi – buxorolik olimlar Hamid
Ne’matov, Asqar G’ulomovlar bilan faxrlansak arziydi.
II- boshlovchi: Biz o`quvchi-yoshlar bu darslilardan puxta bilim olib,
Vatanimizning munosib farzandlari bo’lib yetishaylik.
I-boshlovchi:
Shukrona ayt, shukrlar qil bu kunga,
Tegdi izm-u ixtiyoring o’zingga,
O’zligingni tanitding keng olamga,
Ona xalqim, bayramlaring muborak bo’lsin!
II-boshlovchi:
O’z bog’ingning bog’boni bo’l, jon xalqim,
O’z karvoning sarboni bo’l, jon xalqim.
Davrning sohib davroni bo’l, jon xalqim,
Ona xalqim, ulug’ kunlar muborak bo’lsin!
I-boshlovchi:
O`zbekiston, gulgun diyor diyor gullagin,
Farzandlaring saodatga yo’llagin,
Quyoshlisan, quyosh misol porlagin,
Ona yurtim bayramlaring muborak bo’lsin!
II-boshlovchi: Bugungi bayram dasturimiz sizlarning yuragingizga ona
tilimizga nisbatan mehr uchqunini yondira olgan, ko’nglingizga
ozgina bo’lsa ham huzur bag’ishlagan bo’lsa, o’zimizni baxtiyor
his etar edik.
I-boshlovchi: Aziz ustozlar, davramiz mehmonlari bayramimizga tashrif
buyurganingizdan bag’oyat xursandmiz. Yana bayramlar
arafasida diydorlashguncha sog’-salomat bo’linglar!
Dostları ilə paylaş: |