Milliy qo’shiqlardan namunalar:
Bir guruh qiz va o’g’illar orasida qo’shiqlar aytishuvi.
Qizlar: “Do’ppi tikdim”
O’g’illar “Maftun bo’ldim”
Qizlar: “Daryodin oqib kelodi shoda-shoda marvarid…”
O’g’illar: “Hiliyla yorim uyg’onsin”
Qizlar: “Deydi-yo deydi”
O’g’illar: “Kim oladi-yo shuganani-yo?”
I- boshlovchi: Tili erkin ulusning – dili erkin. Til – shaxsiy hayotda ham juda
katta o’rin tutadi. U shaxsning o’zini o’ziga tanitadi. Milliy va
umuminsoniy faxrlanish tuyg’usini kamol toptiradi.
II- boshlovchi: Til – o’tgan avlodlar tajribasi, bilimlar natijalarini kelgusi
avlodlarga yetkazuvchi ko’prikhamdir.
I- boshlovchi: O’zbek tili – bag’oyat boy til ekanligini hammamiz yaxshi
bilamiz.
II- boshlovchi: O’zbek tilidagi hikmatli so’zlar, maqollar, masallar, iboralar,
xalq og’zaki ijodining bebaho xazinasidir.
Raqs – “Do’ppi tikdim” qo’shig’i ostida bir guruh qizlar raqsga tushishadi.
I- boshlovchi: Tilimiz juda boy. Har qanday ma’no ifodasiga bir necha so’z
topiladi. Til – bilimlar xazinasi kaliti. Har bir tilning o’ziga xos
milliy fazilati va go’zalligi bo’ladi. Til bo’lgan yo’l topar.
Odamning bilim darajasi, uning o’rgangan tillari soni bilan
bog’liqdir.
II- boshlovchi: Istiqlol sharofati bilan bog’chalardan boshlab bir necha chet
tillarining o’zgarishi biz uchun yuksak baxs va oily ne’matdir.
Bu ne’matdan oziqlanish va yig’ilgan burchlarni xalq hamda
Vatan ravnaqiga sarflash – biz yoshlarning burchimizdir.
I- boshlovchi: Biz o’quvchi yoshlar chet tillarini o’rganishga ishtiyoqimiz
baland. Ingliz va rus tllarida she’rlar va qo’shiqlar aytib, hatto
raqsga ham tushamiz. Bu bizga zavqu-shavq bag’ishlaydi.
SHE’RLAR
Mubina
Har tilni biluv emdi bani Odama jondur,
Til vositayi robitayi olamiyondur,
G’ayri tilni bilgali sa’y aylangiz,yoshlar,
Kim ilm-u hunarlar kaliti andin ayondur. Avaz O’tar
Dostları ilə paylaş: |