Buxgalteriya – bilim va sabr, hujjatlarda aks etirilishi. Buxgalteriya hisobi maxsus fan sifatida olti asrdan beri o’qitilib kelinmoqda. Uning jamiyatda tutgan o’rni, metologiyasi, tashkil etilishi bo’yicha juda ko’p kitoblar yozilgan. Buxgalteriya hisobining ahamiyati to’g’risida, mashhur sarkorda bobomiz Amir Temur tuzuklarida, xattoki yozuvchi va shoirlarimiz asarlarida ham juda ajoyib fikrlar keltirilgan.
E‘tiborlaringizga havola etilayotgan ushbu mustaqil ishlar oxirgi yillarda qabul qilingan Qonunlar va boshqa me‘yoriy hujjatlarga , shuningdek muallifning institutdagi hamda «TASIS», «PRAGMA», «EVROOSIYO» xalqaro fondlari orqali o’tqazilgan va o’tqazilayotgan maxsus «Moliyaviy hisob» kursini olib borish bo’yicha to’plagan pedogogik malakasiga, shuningdek amaliyotda buxgalteriya hisobi va audit bo’yicha olib borayotgan kasbiy mahoratiga asoslanib tayyorlandi.
Baholash mezoni: Jadval mavzu mazmunini o‘zida to‘liq mujassamlashtirgan, to‘rtala ustun ham to‘g‘ri to‘ldirilgan bo‘lsa «5»;
Jadval mavzu mazmunini mujassamlashtirgan, to‘rtinchi ustun qisman to‘g‘ri to‘ldirilgan bo‘lsa «4»;
Jadval mavzu mazmunini o‘zida qisman mujassamlashtirgan, to‘rtinchi ustun to‘ldirilmagan bo‘lsa «3»;
Jadval mavzu mazmunini o‘zida mujassamlashtirmagan, to‘rtinchi ustun to‘ldirilmagan bo‘lsa «2».
2-auditoriyadan tashqari mustaqil ish 2-mavzu. Pul mablag‘lari hisobi Ishning maqsadi: topshiriqlarni bajarish mobaynida ushbu mavzu bo'yicha olingan nazariy bilimlardan foydalanа olish.
Xisobot shakli: klaster ва “Venn” diagrammasi.
Bajarish uchun sarflanadigan vaqt: 8 soat
2-mustaqil ish topshirig‘i: Topshiriq №1:Pul oqimlarini o‘rganishda qo‘llaniladigan usullar bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rganish va klasterda ifodalash
Topshiriqni bajarish uchun metodik ko‘rsatmalar: Klaster – o‘quv axborotini sxema (chizma) ko'rinishida tizimlashtirish usuli. Bunda matndagi ma’lumotlar mazmunan birliklar- tushunchalarga ajratib ko'rsatiladi va ular orasidagi barcha aloqalarni belgilagan holda grafik shakl chiziladi. Klaster mavzuni, tasvirni konkretlashtirishga, nutq, fikrlash, tasavvurni rivojlantirishga yordam beradi. U o'quv materialini tizimlashtirish va umumlashtirishga yordam beradigan tasvirdir.
Klaster yaratish uchun quyidagilarni bajaring: