MOYCHECHAK (ROMASHKA) – MATRICARIA L.NI BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA DORIVORLIK XUSUSIYATLARI MAVZUSIDAGI LABORATORIYA MASHG‘ULOTINING
PASPORTI
Mashg‘ulot maqsadi:
Moychechak (Romashka) – Matricaria L.ni bioekologik xususiyatlari va dorivorlik xususiyatlari bilan tanishish.
Mashg‘ulotni o‘tkazish uslubi:
Moychechak o`simligining bioekologik hususiyatlari labaratoriya sharoitida o`rganiladi. Buning uchun zaruriy barcha komponentlar shay holga keltiriladi. Mashg’ulot jarayonida o`simlik gerbariylari, na`munalari va preparatlaridan foydalaniladi. Har bir talaba mustaqil ravishda o`simlik morfologiyasini o`rganadi va olingan natijalarni daftarga yozib boradi.