Tana vaznini aniqlash - tibbiy tarozilardan foydalaniladi. Kichik yoshdagi bolalar maxsus tarozilarda tortiladi. Tarozidan ishlashdan oldin uning qanchalik to’g’ri ekanligini aniqlash uchun maxsus o’lchov toshlari bilan
tekislab olish tavsiya etiladi. Tarozi tortishdan oldin ust kiyimlar va oyoq kiyimlari yechilib, taroziga chiqiladi va tik turgan holatda o’lchanadi. O’pkaning hayotiy sig’imini aniqlash orqali uni qancha miqdorda havoni qabul qila olishi hamda nafas olishda ishtirok etadigan mushaklarning rivojlanishini bilish mumkin. O’pkaning hayotiy sig’imini suvli va havoli sperometrlarda aniqlanadi.
Qo’l mushaklarini kuchini aniqlash-qo’l mushaklari rivojlanish darajasini
aniqlaydi. Ko’rsatkich-qo’l dinamometri yordamida aniqlanadi. Tekshirish uchun tekshiruvchi tomonidan dinamometr to’la panja bilan ushlanadi, qo’l gorizontal holatda oldinga yoki yonga uzayilgan holda qattiq
qisiladi. Tekshirish alohida chap va o’ng qo’llarda o’tkaziladi.
Topshiriq: 1.O’quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigiyenik baholash qanday amalga oshiriladi? 2.Ko’krak qafasi qanday o’lchanadi? 3.Bo’yuzunligini o’chash ketma ketligi qanday?
Asosiy adabiyotlar: 1.Sodiqov Q., Aripova. S.X., Shaxmurova G.A. “Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi”. T.:Yangi asr avlodi. 2009
2.Mamatqulov D.A. “Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari”. T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. T. 2017
1. The Right Start to a Healthy Life, Edited by Ingrid Stegeman and Caroline, Costongs EuroHealthNet, Rue de la Loi 67, 1040 Brussels, Belgium, 2012.
3. Aripova S.X. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi. T.: Fan va texnologiya 2010.