Tasdiqlayman” Kasbi oziq-ovqat sanoati texnikumi direktori B. Ashurov



Yüklə 2,11 Mb.
səhifə53/75
tarix14.12.2023
ölçüsü2,11 Mb.
#177953
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75
Majmua

Taxmonli mexanik pech.
Mexanik pechlar ichida Voskresensk kimyo zavodi (VKZ) ning bir necha tokchalaridan iborat taxmonli pechi keng tarqalgandir. 3.6-rasmda tasvirlangan pech sakkizta tokchaga egadir. Uning yettita tokchasida (I-VII) kolchedanning kuyishi amalga oshadi (ishchi tokchalar), uning bitta tokchasida kolchedan quriydi (quritish tokchasi). Tokchalarning umumiy ishchi yuzasi 140 m2 ni tashkil etadi.
VKZ pechi balandligi 8 m va diametri 5 m li po‘lat silindrdan iborat. Pechning ichki tomoni o‘tga chidamli g‘ishtdan ishlangan (futerovka qilingan). Pechning ichki qismida o‘tga chidamli g‘ishtdan ishlangan 8 ta olovdon bor. Pech markazi orqali ichi bo‘sh val 1 o‘tgan bo‘lib, unga har bir taxmon tepasida turuvchi ikki tomonga yo‘nalgan siljitish tishlari 6 bo‘lgan eshkakli taroqlar 5 mahkamlangan bo‘ladi. Pech bunkeri 3 orqali kolchedan quritish (birinchi) tokchasiga kelib tushadi va aylanuvchi eshkakli taroqning siljitish tishlari orqali pech markazi tomon siljiydi. Pech valining yaqiniga joylashgan ta’minlagich 2 orqali kolchedan birinchi ishchi tokchaga sepiladi, u yerdagi eshkakli taroqlar yordamida kolchedan markazdan pechning ichki devori tomon harakatlanadi va mahsus tirqish orqali ikkinchi ishchi tokchaga tushadi. U yerda kolchedan pech markazi tomon harakatlanadi, undan val yaqinidagi halqali teshik orqali uchinchi ishchi tokchaga tushadi va hokazo. Oxirgi (pastki) tokchadan kuyundi tirqish 13 orqali transportyorga tushadi va u orqali chiqindixonaga chiqarib tashlanadi. Kolchedanning yonishi uchun talab etiladigan havo pech niqobi orqali kiradigan va pastki oxirgi tokchaning ustki qismida joylashgan tirqishdan beriladi.

3.6 – rasm. Kolchedan kuydiriladigan VKZ mexanik pechi:

1 – pech vali; 2 – ta’minlagich; 3 – bunker; 4 – pech niqobi; 5 – eshkakchalar; 6 – siljitgich tishlari; 7 – eshikchalar; 8 – tishli katta g‘ildirak; 9 – ostki tayanch; 10 – tishli kichik g‘ildirak; 11 – uzatgich vali; 12 – reduktor; 13 – maxsus chiqarish tirqishi.

Har bir ishchi tokchalarda to‘rttadan eshikchalar 7 bo‘lib, ularning har birida kuyish jarayonini ishchi tokchalar holatini kuzatish uchun qopqoq bilan yopib qo‘yiladigan maxsus tirqishlar mavjud. Ichi bo‘sh val – reduktor 12 ning aylanishidan uzatgich val 11 orqali keladigan harakat orqali aylanadi. Bunda uzatgich valdagi tishli kichik g‘ildirak 10 aylanma harakatni pech valining pastki qismiga mahkalangan tishli katta g‘ildirak 8 ga uzatadi.


Sutkasiga pech tokchasining 1 m3 yuzasida kuydiriladigan xomashyo miqdori (tarkibida 45% S bo‘lgan quruq shartli kolchedan hisobida) mexanik pechning jadalligini ifodalaydi. VKZ pechlarida 32-35 t/sutka shartli kolchedan kuydiriladi, bu 225-250 kg/m2 jadallikka to‘g‘ri keladi. Bunday jadallikda ishlaydigan pech kuyundisida 2% atrofida oltingugurt bo‘ladi, kuyundi gazdagi SO2 konsentratsiyasi 9-10% ni tashkil etadi.
Mexanik pechlarning normal ishlashidagi asosiy shartlar quyidagilardan iboratdir:

  1. Kerakli miqdordagi havoni pechga kirishini ta’minlash uchun yetarlicha so‘rilishning ta’minlanishi;

  2. Pechning kolchedan bilan bir xilda ta’minlanishi;

  3. Val va eshkakchalarning jadallik bilan sovutilishi;

  4. Kolchedan dashqollari bilan berkilib qolgan pech tokchalaridagi tirqishlarni muntazam suratda tozalab turilishi;

  5. Pechdan kuyundini va gaz o‘tish yo‘llaridan changni tizimli ravishda yo‘qotib turilishi.

VKZ pechlari ancha murakkab tuzilganligi uchun ulardan foydalanish ancha qimmatga tushadi. Shuning uchun hozirgi paytda ko‘proq boshqa pechlar qo‘llanilmoqda.

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin