Tasdiqlayman” Kasbi oziq-ovqat sanoati texnikumi direktori B. Ashurov


-4 jadval Normallashgan aralashtirgichlarning xarakteristikalari



Yüklə 2,11 Mb.
səhifə18/75
tarix14.12.2023
ölçüsü2,11 Mb.
#177953
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75
Majmua

3-4 jadval


Normallashgan aralashtirgichlarning xarakteristikalari



Aralashtirgichning 3.59-rasmda, 3.60-rasmda egri chiziq raqamlari.





Aralashtirgich turi



Aralashtirgich


xarakteristikasi

Idish
xarakteristikasi





D/d


H/D


b/dar

S/dap








1

Ikki parrakli

3

1

0,25

-

to`siqsiz




2

Ikki parrakli

3

1

0,167

-

4 ta to`siqli,
eni 0,1D




3

Ikki parrakli

2

1

0,885

-

to`siqsiz




4

Ikki parrakli

2

1

0,885

-

Zmeevikli (dzm=1,9d; dtr=0,066d; t=0,12d)




5

Olti kurakli

1,11

1

0,066

-

to`siqsiz




6

Propellerli

3

1

-

1

to`siqsiz




7

Propellerli

3

1

-

1

4 ta to`siqli,
eni 0,1D




8

Propellerli

3

1

-

2

to`siqsiz




9

Propellerli

3

1

-

2

4 ta to`siqli,
eni 0,1D




10

Ochiq turbinali
6 ta to`g`ri kurakli

3

1

0,25

-

to`siqsiz




11

Ochiq turbinali 6 ta to`g`ri kurakli

3

1

0,2

-

4 ta to`siqli,
eni 0,1D




12

Ochiq turbinali 8 ta tekis egilgan kurakli

3

1

0,125

-

4 ta to`siqli,
eni 0,1D




13

Yopiq turbinali 6 ta kurakli

3

1

-

-

to`siqsiz




14

Yopiq turbinali 6 ta kurakli va yo`naltiruvchi moslamali

3

1

-

-

to`siqsiz




15

Yakorli

1,11

1

0,066

-

to`siqsiz




16

Diskli, 6 ta kurakli

2,5

1

0,1




4 ta to`siqli,
eni 0,1D




Ishga tushirish vaqtida energiya faqat ishqalanish kuchini engish uchungina emas, aralashtirgichni, suyuqlikni harakatga keltirish va inerstiya kuchlarini engish uchun sarflanadi. Bu tufayli iste’mol quvvati ortadi.


Aralashtirgichlarni ishlatish tajribasidan Shu narsa ma’lum bo`ldiki, ishga tushirish vaqtida aralashtirish moslamasining kuraklariga suyuqlik ko`rsatadigan qarshilik ish paytidagiga nisbatan 2 dan 4,5 barobargacha ortib ketadi. Qisqa vaqt ichida ortiqcha yuklama 200...300% ga ortib ketishi munosabati bilan, asinxron elektr yuritkichlar qo`llaniladi.


4-5-Mavzu: Aralashadigan suyuqliklarda ishlatilgan uskuna ishini kuzatish. Ko‘p fazali aralashtirish

O`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi modeli


Vaqt ____

Ta’lim oluvchilar soni_____

O`quv mashg`ulot shakli va turi

Amaliy: o’quv amaliyoti

O`quv mashg`ulot rejasi

1.Suyuqlik muxitlarida aralashtarish usullari
2.Parakli aralashtirish usuli
3.Properlerli aralashtirish usuli
4.Trubinali aralashtirish usuli
5.Qisilgan havo yordamida aralashtirish usuli
6.Aralashtirgichlarda energiya sarfi



O`quv mashg`ulotining maqsadi Kimyo sanoati korxonalarida ishlab chiqarish jaroyonlari va ularni boshqarish (o’quv amaliyoti) fanidan nazariy bilimlari to’g’risida ma’lumot berish berish va ularda mavzuni mustahkamlash, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.

O`qitish natijasi

Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o`quvchida shakllanadigan asosiy bilim, ko`nikma yoki kompetensiyalar.

Pedagogik vazifalar:
Fan bo'yicha umumiy tuShunchalar bilan tanishtirish.
Fanning boshqa fanlar bilan aloqasini tuShuntirish.
Fanning rivojlanish bosqichlarini ochib berish va boshq.



O`quv faoliyati natijalari:
TuShuncha oladi.
Mavzuni tartibli ravishda izohlab beradi.

Fanga hayotning o`zviy bog`liqligini tushinadi.





O`qitish metodlari

Suhbat/ baxs/ fanga doir boshqalar.

O`qitish vositalari

Matnlar, yozuvlar taxtasi, slaytlar, proektor, kompyuter.

O'quv faoliyatini tashkil etish shakli

Guruh shaklida

O`qitish sharoiti

Jihozlangan ustaxona

Qaytar aloqaning usul va vositalari

Savol-javob, test, bajarilgan o’quv topshiriqlarni baholash.



O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlar va vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi

Ta’lim oluvchi

1- O`quv mashg`ulotiga
kirish
(5-daqiqa)

Tashkiliy qisim:
1.O’quvchilarning davomati va darsga tayyorgarligini aniqlash



Mashg`ulotga tayyorlanadilar

II Asosiy bosqich
(65daqiqa)

Tayanch bilimlarni faollashtirish;
1.Uyga berilgan vazifalarni nazorat qiladi va o’tilgan mavzu bo`yicha savollar beriladi.
Maqsad va vazifani belgilanishi;
2. Mashg`ulotning nomi, rejasa, maqsad va o`qitish natijalari bilan tanishtirish.
3. Mustaqil ishlash bo'yicha adabiyotlar bilan tanishtiradi;
4. O`quv mashg`ulotida o`quv ishlarini baholash mezoni va ko`rsadkichlari bilan tanishtiradi.
Ta'lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
5. Tezkor-so`rov, savol-javob, aqliy xujum, o`ylang va juftlikda fikir almashing va boshqa texnikalar orqali bilimlarini faollashtiradi.
Yangi o`quv materialini mustahkamlash:
6. Nazariy mashg`ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o`qitish jarayonini tashkil etish bo`yicha harakatlar tartibini bayon etadi.
Asosiy holatlarni yozdiradi:
7. Slaydlarni Pover Point tartibida namoish va sharhlash bilan mavzu bo`yicha asosiy nazariy holatlarni bayon qiladi.
Yangi o`quv materialini mustahkamlash:
8. Mustahkamlash uchun savollar beriladi. Jarayon kechik guruxlarda etilishini ma’lum qilinadi.
9. Kichik guruhlarga bo`linadi, kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi, har bir guruhga topshiriq beradi va baholash me’zoni bilan tanishtiradi. Ishni bajarish yo`riqnomasini beradi:
10.Guruhlarda ishlashni boshlashga ruxsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tuShunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o`tkadi.
Bajarish jarayonini kuzatadi, maslaxatlar beradi.
11. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruhlar taqdimotini tashkil etadi. Guruh a’zolariga diqqat bilan ishitishlarini va savolar berishlarini, Shu bilan birga o`zaro bir-birlarini baholashlarini eslatadi.
Javoblarni to`ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi:
12. Guruhlar ishini o`zaro baholashni o`tkazadi, mavzuning har bir qismi bo`yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayt etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamyatlari bilan bog`lab mavzuni yakunlaydi.

Uy vazifasini taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar.
Mavzu nomini va rejasini yozib oladilar. Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.Yozib oladilar. Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar. Topshiriqlarni yozib oladilar.
Kichik guruhlarga bo`linadilar.
Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Har bir guruh o`z topshiriq varaqlari bo`yicha faoliyatini boshlaydi.
Har bir guruh sardorlari chiqib o`z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo`shimcha savollarga javob beradilar.
Guruh ish natijalarini o`zaro baholaydilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.

III Yakuniybosqich
(5 daqiqa)

Mashg`ulot yakuni:
1.Faol ishtirok etgan o`quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi.
Uyga vazifani berilishi:
2. Kelgusi mashg`lotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo`riqnoma beradi.

Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.



4-5-Mavzu: Aralashadigan suyuqliklarda ishlatilgan uskuna ishini kuzatish. Ko‘p fazali aralashtirish
Reja:
1.Suyuqlik muxitlarida aralashtarish usullari
2.Parakli aralashtirish usuli
3.Properlerli aralashtirish usuli
4.Trubinali aralashtirish usuli
5.Qisilgan havo yordamida aralashtirish usuli
6.Aralashtirgichlarda energiya sarfi

Sanoatda Shunday jarayonlar bo‘ladi-ki bu jarayon-larda bir jinsli gomogen sistemalardan foydalanish zaruriyati tugiladi.ana Shunday xollarda aralash-tirish qo‘llaniladi. Aralashtirish jarayonida katnashaetgan faza turiga qarab 2 guruhga -suyuqlik muxitlarida aralashtirish hamda qattiq va pastasimon moddalarni aralashtirishga bo‘linadi.Qattiq va pastasimon moddalarni aralashtirish mexanik jarayon xisoblanadi,biz uni keyingi MA’RUZAlarda ko‘rib chiqamiz. Suyuqlik muxitlarida aralashtirish qattiq jism+suyuqlik, suyuqlik+suyuqlik va gaz+suyuqlik gomogen sistemalarini olish uchun issiqlik va modda almashinuv jarayonlarini tezlatish uchun hamda kimyoviy jarayonlarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi.


Suyuqlik muxitlarida aralashtirish asosan 2 xil yo‘l bilan olib boriladi.
1. Mexanik usulda aralashtirish;
2.Qisilgan havo yordamida aralashtirish (pnevmatik usul)
Kimyoviy ishlab chiqarishlarida ishlatilaetgan aralashtirgichlar asosan uch gruppaga bo‘linadi:
1. Parrakli;
2. Properlerli;
3. Turbinali.
Parrakli aralashtirgichlar oddiy konstruksiyaga ega bo‘lib, minutiga 400 marta aylanadi. Odatda ular 20-80 marta minutiga aylanish qiladi.Bir parrakli aralashtirgichlar qovushqoqligi 0,1 N s/m2 gacha bo‘lgan suyuqliklarni aralashtirish uchun qo‘llaniladi. Qovushqoqligi katta bo‘lgan suyuqliklarni aralashtirish uchun ko‘p parrakli aralashtirgichlar ishlatiladi.

Parrakli aralashtirgichlarning diametri qurilma diametrining 0,66 - 0,9 qismini tashkil qiladi. CHo‘kma ajiratuvchi sistemalarni ajiratish uchun yakorli aralashtirgichlar ishlatiladi.


Propellerli aralashtirgichlarning asosiy ish organi propeller (yoki vint ) dir.
O‘q gorizontal, vertikal yoki qiya o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin.Vintlar ikki yoki uch kanotli bo‘ladi. Kanotlar suyuqlikda xuddi vint kabi harakat qiladi. Propellerni urab olgan suyuqlik esa xuddi gayka kabi aralashtirgichning o‘ki yo‘nalishida harakat qiladi.Propellerli aralashtirgichlar muxitlarni yaxshi aralashtirganda katta tezlikda aylanadi. Propellerning diametri qurilma diametrining 0,25 -0,3 qismini tashkil qiladi. Aylanishlar soni esa minutiga 15 - 1000 gacha bo‘ladi.



Propellerli aralashtirgichlarni harakatchan va qovushqoqligi biroz katta bo‘lgan (6 N s/m2 gacha) suyuqliklarni aralashtirish uchun maqsadga muvofikdir. Parrakli aralashtirgichlarga karaganda propellerli
aralashtirgichlarning samaradorligi ancha yuqori ,birok ularning ishlashi uchun ko‘prok energiya sariflanadi.
Turbinali aralashtirgichlarning asosiy ish organi turbina g‘ildiragi bo‘lib, u vertikal o‘qka joylashtirilgan bo‘ladi.G‘ildirak minutiga 200 - 2000 tagacha aylanadi.
Turbina g‘ildiragining ishlash usuli markazdan qochma kuchlarning tasiriga asoslangan.Suyuqlik aralashtirgichning markaziy teshiklaridan
kirib, u erda markazdan qochma kuchlar tasirida tezlanish olgan xolda g‘ildirakdan radial yo‘nalishda chiqib ketadi.

G‘ildirakda suyuqlik vertikal yo‘nalishdan gorizantal yo‘nalishga utib, undan katta tezlik bilan chiqadi. (29 - rasm)


)
29-rasm,Trubinali aralashtirgich.
a-ochiq to‘g‘ri kurakchali,b- ochiq kiya kurakchali, v-yopiq trubinali,1-trubina, 2-yo‘naltirgich
Bu aralashtirgichlarning samaradorligi juda yuqori .Turbinali aralashtirgichlarning diametri qurilma diametrining 0,17 - 0,33 qismini tashkil qiladi. Turbinali aralashtirgichlar kovishokligi kam va katta bo‘lgan (1 - 700 N s/m2 ) gacha suyuqliklarni aralashtirish uchun ishlatiladi.
Qisilgan havo yordamida aralashtirish. Epishkokligi uncha yuqori bo‘lmagan suyuqliklarni aralashtirish uchun ayrim xollarda pnevmatik usul ishlatiladi. Bunday aralashtirish sekin boradi; energiya sarfi ancha yuqori bo‘ladi. Havo yordami bilan aralashtirishda bazi bir keraksiz bo‘lgan jarayonlar: oksidlanish yoki mahsulotlarning bug‘lanishi yuz yueishi mumkin. Odatda, pevmatik usul qo‘llanilganda teshikchalari bo‘lgan tarkatuvchi quvurlar orqali qisilgan havo yuboriladi.
Sochiluvchi moddalarni qisilgan havo yordamida aralashtirish uchun (masalan pivo ishlab chiqarishda) erlift usulidan foydalanadi. Havo kompressor yordamida markaziy quvurga beriladi. Markaziy quvurda havo, suyuqlik va donalarning aralashmasi xosil bo‘ladi. Markaziy quvurdagi aralashmaning solishtirma ogirligi qurilmaning boshqa qismida joylashgan aralashma zichlmgidan kam bo‘ladi. Zich-liklar o‘rtasidagi fark natijasida butun massaning sirkulyasion harakati paydo bo‘ladi. Har qanday aralashtirish jarayoni ikki xil kattalik (energiya sarfi va aralashtirish samaradorligi) bilan harakterlanadi.Har xil jarayonlarda aralashtirish samaradorligi turlicha belgilanadi. Masalan, agar qattiq moddaning suyuqlikdagi suspenziyasi tekshirilaetgan bo‘lsa, aralashtirish samaradorligi qattiq modda zarrachalarining suyuulikda bir xil tarkalish vaqti bilavn belgilanadi. Agar aralashtirish issiqlik almashinishni tezlatish uchun ishlatilsa, u xolda jarayon samaradorligi muxitdagi issiqlik berish koefitsentlarining qanchaga ko‘payishi bilan belgilanadi.
Aralashtiruvchi qurilmaga sarf bo‘ladigan quvvat quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
(106)
bu erda (107)
D - qurilma diametri; Rn - ichki qurilmalar borligini xisobga oluvchi koeffitsent; s- suyuqlik yoki aralashmaning zichligi;Rik-aralashtiruvchi qurilma diametri; N - quvvat mezoni. Quvvat mezoni N grafiklar yordamida aralashtir-gichlarning geometrik o‘lchamlariga va harorat rejimiga qarab aniqlanadi. Suyuqlik muxitlarida aralashtirish jarayoni juda ko‘p faktorlarga bog‘liq bo‘lgan uchun, Shu kungacha aralashtirish samaradorligini aniqlashga yordam beradigan ma’lumotlar istarli darajada emas.

1.Sochiluvchan donador va pastasimon materialarni aralashtirish jarayonining vazifalari va sinflanishi


2.Aralashtirish moslamalarining tuzilishi va ishlash prinsipi.
3.Aralashtirish jarayonining ahamiyati
Ko‘pchilik mahsulotlarning sifati oralik jarayonlarning qanday tashkil qilinganligiga bog‘liq bo‘ladi. Maxsulot ishlab chiqarishda dastlabki bir necha kompanentlarni aralashtirish bir jinsli massa olishning va sifatli mahsulot ishlab chiqarishning zaruriy shartlaridan biridir. Bir kompanentni ikkinchi bir kompanent ichida tekis qilib taqsimlab berish yoki turli komponentlardan bir jinsli gomogen aralashma xosil qilish aralashtirish jarayonining asosiy vazifasi xisoblanadi. Aralashtirish jarayonida bir jisli gomagen sistema xosil qilish uchun material donachalari bir biriga nisbatan nafaqat gorizantal tekislik bo‘ylab, balki vertikal balandlik bo‘ylab intesiv siljishi zarur. Aralashtirish jarayoni aralashayotgan muxitning mexanik xu-susiyatlariga, muxitning qovushqoqligiga bog‘liq bo‘ladi.
Aralashtirish hisobiga sanoatda issiqlik almashinish, modda almashinish, biokimyoviy va biotexnologik jarayonlarning intensivligi oshadi. Aralashtirish jarayonining sifati o‘zaro aralaShuvchi fazalarning aralashtirish darajasi bilan harakterlanadi. Fazalarning aralashtirish darajasi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
(13)
bu erda m - va aralashtirgichdagi konsentratsiyalar farqi musbat bo‘lgandagi namunalar soni,
-aralashtirgichdagi konsentratsiyaning musbat farqi,-
- ideal aralashtirishda aralashmadagi zarrachalar konsentratsiyasi
n- bo‘lgandagi namuna soni. Bu tenglamadagi -quyidagicha aniqlanadi:
(14)
o‘z navbatida tenglamadagi quyidagi formula yordamida aniqlanadi
(15)

Vk - massa tarkibida tarkalgan qattiq zarrachalar xajmi


-qattiq va asosiy massaning aralashtirgichdagi zichligi
Vc - asosiy massa xajmi
Aralashtirish jarayoni sanoatda aralashtirgichlarda olib boriladi. Bu qurilmalar asosan quyidagi tiplarga bo‘linadi:
a) quruq yoki kam namlangan materiallarni aralashtiruvchi
b) plastik materiallarni aralashtiruvchi
v) suyuq massalarni aralashtiruvchi
Aralashtirishning sifati va davomiyligi yuqoridagi xollar uchun aralashtirgich konstruksiyasiga, zarrachalarni aralashtirish murakkabligiga bog‘liq. Zarrachalarning harakati qanchalik murakkab bo‘lsa Shunchalik tez va to‘la aralashtirilishga erishiladi.
Aralashtirish jarayonida qo‘llaniladigan materiallarning turli tumanligi va ularning fizik kiyoviy xususiyatlaridan kelib chiqib xozirgi kunda sanoatda turli konstruksiyalardagi aralashtirgichlar qo‘llanilmokda. Aralashtirish jarayonida qo‘llaniladigan qurilmalar quyidagicha sinflanadi:
1.Quruq materiallarni aralashtirish uchun:
-noksimon, rotorli, planetar, yugirish maslamali aralashtirigichlar
ishlatiladi
2.plastik massalarni aralashtirish uchun:
-bir valli, ikki valli aralashtirigichlar ishlatiladi
3.Suyuq massalarni aralashtirish uchun:
- propellerli, parakli, trubinali aralashtirigichlardan foydalaniladi
YUqorida keltirilgan qurilmalardan biz noksimon aralashtirgichning tuzulishini ko‘rib chiqamiz. Noksimon aralashtirgich o‘zining soddaligi, ixchamligi, aralashtiriluvchi materialni yuklash va tushirilishining osonligi, aralashtirish sifatining yuqoriligi, boshqarishningsoddaligi va ishonchligi bilan boshqa turdagi aralashtirgichlarga nisbatan afzal xisoblanadi. Qurilma maxsus ramaga o‘rnatilgan yaxlit baraban idishdan iborat bo‘lib, bu idish nok shaklini eslatgani uchun bu guruh aralashtirgichlarni texnikada noksimon aralashtirgichlar deb yuritiladi.
Idishning bir tamoni ochiq bo‘lib, Shu joydan aralashtiriluvchi materiallar yuklatiladi va tushiriladi.Idishga qo‘zg‘almas shesterna o‘rnatilgan bo‘lib, u harakatlantiruvchi sistema valiga o‘rnatilgan shesternadan berilayotgan aylanma harakatni uzatish uchun xizmat qiladi. Idishning ichki qismiga lopastlar kavsharlangan bo‘lib, idishning aylanishi natijasida aralash-tiriluvchi materiallar yuqoriga ilashib chiqadi va yuqorigi nuqtadan pastga sochilib tushadi. Materialning aralashish jarayoni Shu tarzda davom qiladi. Qurilma davriy ishlash prinsipiga asoslangan, uning ish sikli quyidagichadir:
-materialni qurilmaga yuklash
-harakatlantiruvchi mexanizmni ishga tuShurish
-aralashtirish
-aralashgan materialni tushirish
-qurilmani keyingi siklga tayyorlash
Plastik massalarni aralashtirish maqsadida sanoatda lopastli aralashtirgichlar qo‘llaniladi. Lopastli aralashtirgichlar ishchi mexanizmiga qarab ikki valli va bir valli bo‘ladi. Qurilma yarim silindr shaklidagi idishdan iborat. Idish ramaga o‘rnatilgan bo‘lib, uning ichiga lopastli val o‘rnatilgan. Val harakatni harakatlantirish mexanizmidan oladi. Aralash-tirilishi shart bo‘lgan material tushirish kamerasi orqali idishning old qismiga bir ma’yorda qilib beriladi. Material val lopastlarining aylanishi natijasida idishning butun xajmi bo‘ylab aralashadi va idish korpusi bo‘ylab harakatlanadi. Aralashtirish jarayonini intensiv olib borish maqsadida suv yoki bug‘ beriladi. Aralashtirilgan material idish korpusining oxiridagi tuShurish kanali orqali tushiriladi. Qurilma uzluksiz ishlaydi. Aralashtirish jara-yoniga bug‘ berilshi xisobiga butun massa bo‘ylab namlikning tekis tarqalishi kuzatiladi, buning evaziga o‘z navbatida massanining qoliplash xususiyati yaxshilanadi, aralashtiruvchi qurilmanining ish unumdorligi oshadi.



Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin