«Tasdiqlayman» O'ibdo' viloyati tumani



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə2/4
tarix08.12.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#73205
1   2   3   4
Davlatimiz ramzlari

Darsning turi: yangi bilim berish
Darsning metodi: tahlil va tarkib.
Darsning jihozi: o'simliklar, o'quv qurollari, hayvonlar, qushlarning rasmlari.




Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
O'quvchilarning darsga hozirliklarini kuzatish.
2.O'tilgan mavzuni so'rash
Og'zaki savol-javob qilinadi.

Kun shiori: “O`zbek xalqi bag`rikeng xalqdir”




3.Yangi mavzuni bayon etish.
Kun shiori: “Davlatimiz ramzlari – yurtimiz zafarlari ila doimo dunyo bo`ylab tinmay ,yayrayver,hilpirayver ”
Doskada: O`zbekistonim bayrog’i-doimo va mangu hilpirayversin jahon uzra.
O`qituvchi:
Нilpira, bayrog’im, hilpira mag’rur,
Ozod, hur xalqimga bag’sh etib surur.
Birlashgan millatlar koshonasida,
Hilpira bizlarga bag’sh etib g’urur.
Qadimdan ham jahon tarixida davlatlar mavjud ekanki, ularning ramzlari bo`lgan. Bu ramzlar mazkur davlat fuqarolalariga go`yoki ruxsatnoma yoxud hujjat hisoblangan. Buyuk Amir Temur bobomiz davlat ramzlariga juda yuksak siyosiy ahamiyat berganlar. Jumladan, jang maydonida lashkardan bir nafari omon qolsa ham, u mamlakat bayrog`ini baland tutsin, deb farmon berganlar. Bayroqning egilishi mag’lubiyat belgisi deb qabul qilingan.Har bir davlatning o`z bayrogi bo`ladi.

Sohibqiron Amir Temurning yurishlarida lashkar oldida uning
tug`i- bayrog’i olib yurilgan.

Xalq idrokida bayroqning yuqori qismi O`zbekistonning doim moviy osmonini, bayroq o`rtasi xalqimizning oq ko`nglini va uning oq paxtasini, bayroqning tub qismi esa bizning cheksiz yashil dalalarimiz va tabiatimizni ifoda qiladi. O`n ikki yulduz- keng va behad
O`zbekistonimizning azaliy tariximizga sodiqligini bildiradi, yarim oy esa yurtimizning tarixiy an’analari bilan bog’liq. Ayni paytda qo’lga
kiritilgan mustaqilligimizdan darak beradi, bayroqdagi ikki qizil yo`l-mavjud birlik va buzilmas do`stlikka erishish uchun yurtimiz farzandlari qon to`kkanlariga ham ishora qiladi. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i mamlakat Prezidenti, Oliy Majlis, O`zbekiston hukumati, mahalliy davlat idoralari,
O`zbekistonning turli vakolatxonalari ish olib borayotgan binolarda,
O`zbekistonning rasmiy delegatsiyalari qatnashayotgan xalqaro tadbirlarda ko`tariladi. Bu qoidalar alohida qonun asosida belgilangan.O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`iga nisbatan hurmatsizlik
bildirgan shaxs yoki tashkilot belgilangan tartibda jazolanadi.
Topshiriq: O`quvchilarga rangli qog`ozlar tarqatiladi.(Iste’dodlilar va ijodkor o`quvchilar kuzatiladi, rag`batlantiriladi)
Ular O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’ini yaratadilar.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin