Svetofor usuli Ma’lum mavzuni o`rganish vaqtida o`qituvchi u bo`yicha tezislarni tayyorlaydi (5-7ta, mavzuning murakkabligiga qarab). Tezislar navbatma-navbat doskaga yoziladi (tasviri tushiriladi yoki oldindan tayyorlangan plakatlar shaklida ilib qo`yiladi). O`quvchilarga o`ylab chiqish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. So`ng tezis bilan rozi bo`lgan har bir o`quvchi yashil kartochkani ko`taradi; rozi bo`lmagan – qizil kartochkani; ikkilanayotgan yoki qaror qabul qilishda betaraf bo`lishni xohlayotgan – sariq kartochkani yuqoriga ko`taradi. Agar ishtirokchilar fikri asosan bir-biriga mos keladigan bo`lsa, o`qituvchi navbatdagi tezisga o`tadi. Agar tezis muhokama qilinishni talab qilsa, ishtirokchilardan o`z qarorlarini asoslab berish iltimos qilinadi
Impuls – plakat Har bir ishtirokchi uchun vatman varaqlari va markerlar kerak bo`ladi.
Stollarning ustiga oxirigacha yetkazilmagan fikrlar yozilgan plakatlar qo`yilgan: «Ushbu mavzuda meni hammasidan ko`proq ..... qiziqtiradi», «Men shuni aniqlashtirmoqchi edimki, .....», «Men orttirgan bilimlarimni .... qo`llayman», «Ushbu mavzuni o`rganish jarayonida men.... erishdim», «Men ..... to`g`risida ko`proq bilib olmoqchi edim», «Men uchun ..... murakkab bo`ldi», «Menga .....yoqdi».
Iloji bo`lsa, mashq jarayonida xotirjam, past ovozda musiqa yangrab tursin.
Ishtirokchilarga barcha plakatlarni aylanib va ko`rib chiqib, boshlab qo`yilgan fikrlar ustida o`ylab ko`rish va shu plakatlarning o`zida davom ettirib oxirigacha yetkazish taklif etiladi.
Taxminan 15 daqiqadan so`ng plakatlar ilib ko`yiladi. Fikrlar eshittirib o`qiladi, kerak bo`lsa aniqlashtiruvchi savollar beriladi. Ishtirokchilar o`z fikrlarining ostiga ismlarini yozish yoki anonim bo`lib qolishni o`zlari hal qiladilar.
“Kungaboqar”.O'quvchilar 4-5 kishidan iborat guruhlarga bo‘linadi. O‘qituvchi fanning mavzusidan kelib chiqib, o‘rtaga bitta muammoni tashlaydi. Har bir guruh kungaboqar yasab, uning markaziga doira joylashtirib, barglar yopishtiradi. Mavzuga qarab, doiraga har bir guruhga yoki umumiy bitta muammo yozilib, doskaga yopishtiriladi Аjratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda fikrlarini bargga yozib, uni o‘sha guruh muammosi yozilgan gulga joylashtirib qo‘yadilar. Bu uslubdan o‘tilgan mavzuni tushuntirish, uni mustahkamlash va takrorlash hamda talabalar egallagan bilimlarni aniqlashda foydalanish mumkin.