Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshaev O. R



Yüklə 6,32 Mb.
səhifə6/20
tarix01.01.2017
ölçüsü6,32 Mb.
#4041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20

Gipertoniya kasalligida DJT.

Gipertoniya kasalligi periferik qon tomirlarning torayishi natijasida arterial qon bosimining ko‘tarilishi bilan boradi. DJT tavsiya etilganda tomirlarning reaktivligiga normallashtiruvchi ta'sir etib, tomirlar tonusining pasayishiga olib keladi.

Qarshi ko‘rsatmalar :

arterial bosimning 210/120 mm.sim.ust. va undan yuqori bo‘lishi;

gipertonik kriz;

tez-tez bo‘ladigan ekstarsistola;

paraksizmal taxikardiya.

DJTning vazifalari:

-tomirlar torayishini kamaytirish;

-bosh miya po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarini normallashtirish;

-MNS, endokrin, yurak-qon tomir va boshqa sistemalarning korrelyativ faoliyatini yaxshilash;

-buzilgan qon tomir regulyasiyasini normallashtirish;

-vestibulyar apparatining buzilgan funksiyasini normallashtirish;

-bemorlarning ruhiy-emotsional holatini yaxshilash;

-moddalar almashinuvini yaxshilash;

-organizmni berilayotgan jismoniy yuklamalarga moslashtirish.

Davolovchi gimnastik muolajada jismoniy mashqlar ritmik hholatda sekin sur'atda, bo‘g‘imlarda katta amplitudali harakat bilan bajariladi. Mashg‘ulotning birinchi kunlarida individual, bemorning holati yaxshilanishi bilan kichik guruh va guruh holatlarida o‘tkaziladi. Muolaja kursining 1-yarmida (3-5 kun) DJT o‘tirgan va yotgan (krovatning bosh qismi ko‘tarilgan) dastlabki holatlarida o‘tkaziladi. Muolaja davomida kichik mushak guruhlariga, ideomotor (insultga xos o‘zgarishlar kuzatilganda), nafas mashqlari va bo‘shashtiruvchi mashqlar tavsiya etiladi. Bemorlarga statik mashqlar tavsiya etilmaydi. Davolashning 2-yarmida (6-8 kun) asosan o‘tirgan va turgan dastlabki holatlaridan foydalaniladi, muolaja davomida koordinatsiyaga, muvozanatga, bo‘shashtiruvchi, nafas – diafragmal, fiziologik mashqlar tavsiya etiladi. Koordinatsiyaga quyidagi mashqlar tavsiya etiladi – gimnastik snaryadlarni o‘ynatish, qiyinlashtirilgan yurish, qo‘llarning mos harakatiga asoslangan mashqlar (qo‘llar bilan bir vaqtning o‘zida bosh va qornini silash) berilishi mumkin. Muvozanatga mashqlar bajarilayotganda avval tayangan, keyin tayanmagan holatda bajariladi. Tavsiya etiladigan dinamik mashqlar gimnastik tayyoqcha, meditsinbol, sog‘lomlashtiruvchi narvonlar bilan bajariladi. Muolaja vaqtida bosh va tana uchun katta amplitudali keskin va tez bajariladigan harakatlar tavsiya etilmaydi (egilish, aylanish), shuningdek uzoq vaqt davom etuvchi statik kuchlanishli mashqlar berilmaydi. Muolajaning tugallanish qismida bo‘shashtiruvchi mashqlar tavsiya etiladi. Davolovchi gimnastik muolajadan tashqari ertalabki badan tarbiya, me'yorli yurish, sayr etish, terrenkur, yaqin turizm, sog‘lomlashtiruvchi yugurish shakllari, suzish, eshkak eshish, o‘yinlar – badminton, tennis, voleybol, trenajerlarda mashqlar, bosh va yoqa sohalarining massaji kabi vositalar tavsiya etiladi.
Gipotoniya kasalligida DJT.

Gipotoniya kasalligi arterial qon bosimining pasayishi va qon aylanishining regulyator mexanizmlarining buzilishi bilan xarakterlanadi. Bu o‘z navbatida arteriyalarning periferik qarshiligining kamayishiga va maksimal qon bosimning 100 mm.sim.usi. dan, minimal qon bosimning 60 mm.sim.ust.dan pasayishiga sabab bo‘ladi.

DJTga qarshi ko‘rsatmalar : gipotonik kriz; mersal aritmiya; paraksizmal taxikardiya; tez-tez bo‘ladigan ekstrasistola va h.z.

DJTning vazifalari :

-bosh miya po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarini normallashtirish;

-yangi shartli-reflektor aloqalarni hosil qilish;

-tomir tonusini normallashtirish;

-miokardning qisqariluvchanligini oshirish;

-to‘qimalarda almashinuvni yaxshilash;

-mushak tonusini oshirish;

-jismoniy yuklamalarga organizmning moslashuvini yaxshilash;

-harakat koordinatsiyasini va muvozanatni yaxshilash va takomillashtirish;

-bemorlarning ruhiy-emotsional holatini yaxshilash;

-organizmni sog‘lomlashtirish va umumiy mustaxkamlash.

Davolovchi gimnastik muolajada asosan o‘tirgan va turgan dastlabki holatlardan keng foydalaniladi. Organizmni beriladigan jismoniy mashqlarga moslashtirish uchun sekin va o‘rta sur'atlarda, statik va dinamik nafas mashqlari, koordinatsiyaga va mushaklarni bo‘shashtiruvchi mashqlar tavsiya qilish bilan olib boriladi. Muolajaning asosiy qismida maxsus mashqlar beriladi, jumladan snaryadlar bilan bajariladigan (1-2 kg vazndagi gantella, meditsinbol), qarshilikda bajariladigan mashqlar (sherigi bilan, trenajerlarda, rezinali espander), statik va izometrik mashqlar (mushaklarni kuchlantirish, to‘g‘ri oldinga cho‘zilgan qo‘llar bilan gantellani ushlab turish, harakatlarga qarshilik ko‘rsatish), kuchli, tez bajariladigan mashqlar – yugurish, sakrash, koordinatsiyaga mashqlar, vestibulyar apparatga mashqlar (boshini harakatlantirish, turgan joyida va harakat vaqtida muvozanatga mashqlar, ochiq va yopiq ko‘z bilan harakat), nafas mashqlari va h.z. Maxsus mashqlar umumiy rivojlantiruvchi va bo‘shashtiruvchi mashqlar bilan birga va almashtirib olib boriladi. Mashqlar asosan turgan, o‘tirgan va yotgan dastlabki holatlarda olib boriladi. Davolovchi gimnastika muolajasidan tashqari bemorlarga ertalabki badan tarbiya, terrenkur, me'yoriy yurish, yaqin turizm, o‘yinli mashg‘ulotlar tavsiya etiladi. Vositalaridan sportga oid o‘yinlar, trenajerlarda mashqlar, suvda bajariladigan mashqlar, amaliy sport mashqlari, oyoqlarga massaj tavsiya etiladi.

Yurak-qon tomir sistemasi kasalliklarida berilayotgan DJTning samaradorligini baholash usullari : pulsni o‘lchash; arterial qon bosimini o‘lchash; bemorlarning ob'ektiv va sub'ektiv holatlari; shifokor-pedagogik nazorat (mashg‘ulot zichligi, fiziologik egri chiziq va mashqlarning organizmga adekvatligi aniqlanadi); EKG; exokardiografiya; tomirlar tonusini aniqlash; qon analizi; yurak-qon tomir sistemasining funksional sinamalari va h.z.


Nafas tizimi kasalliklarida DJT qo‘llash.

Zotiljam (pnevmoniya – o‘pkaning yallig‘lanishi) o‘choqli (ochagovыy) va zardob yig‘ilgan (krupoznыy) holatda kechadi.

O‘chog‘li zotiljam – bu o‘pka to‘qimasining katta bo‘lmagan joylarining va bu jarayonga alveollalar va bronxlar qo‘shilib yallig‘lanishidir.

Zardobli yig‘ilgan zotiljam – bu o‘tkir infeksion kasallik bo‘lib, bunda yallig‘lanish jarayoni o‘pkaning bitta bo‘lagini egallaydi.

O‘choqli va zardob yig‘ilgan zotiljamda alveollalarning ichida ekssudat paydo bo‘lib, u butunlay so‘rilib ketishi yoki yiringli jarayonga o‘tishi mumkin.

Zotiljamda DJTning qo‘llanilishiga qarshi ko‘rsatmalar :

-tana haroratining yuqori ko‘tarilishi;

-bemorlarda kuzatiladigan yaqqol intoksikatsiya (zaharlanishi);

-nafas olish yetishmasligi;

-taxikardiya va h.z.

To‘shak harakat tartibotida DJTni qo‘llash.

Vazifalari :

1.Nafas olish mexanikasini (harakatlarini) normallashtirish.

2.Nafas olishning yetishmasligini kamaytirish.

3.O‘pkadagi patologik o‘chog‘ning so‘rilishini kuchaytirish.

4.Tashqi nafas olish funksiyasining, yurak-qon tomir, asab, oshqozon-ichak va boshqa sistemalar faoliyatini yaxshilash.

5.Atelektaz va tromb hosil bo‘lishining oldini olish.

Bemorlarning 3 – 5 kun shifoxonada bo‘lishlarida tana haroratining tushishi, yurak urushi tezligining kamayishi va leykotsitoz ko‘rsatkichining tushishi bilan bemorga davolovchi jismoniy tarbiya buyuriladi.

Davolovchi gimgastika muolajasi yakka tartibda o‘tkaziladi. Muolaja statik nafas olish mashqlarini bajarish bilan boshlanadi. Metodist yordamida bemor maksimal chuqur nafas olishga va lablarini naycha qilib uzoq vaqt nafas chiqarishga harakat qildiriladi. Shu bilan birga bemorga diafragmal nafas olish mashqi tavsiya etiladi. O‘tkazilgan nafas mashqlari o‘pkaning ventilyasiyasini yaxshilashga, nafas olish chuqurligining ko‘payishiga va uning tezligini kamayishiga, diafragmaning ko‘zg‘alishini kuchaytirishga imkon beradi. Kasal tomondagi o‘pka ventiyalyasiyasini yaxshilash maqsadida bemor sog‘ yon boshda yotgan dastlabki holatga o‘tkaziladi. Shu holatda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olish maqsadida orqa tomon massaj qilinadi. Muolaja davomida qo‘l-oyoq va tana mushaklariga mashqlar beriladi. Yarim to‘shak harakat tartibotida DJTni qo‘llash (5 - 9 kun).

Vazifalari :

1.Nafas olish mexanikasini yanada takomillashtirish.

2.Nafas olishning yetishmasligi yo‘qotish.

3.Markaziy nerv sistemasining tonusini oshirish.

4.Ekssudatning so‘rilishi va chandiq jarayonining paydo bo‘lishini olidini olish.

5.Atelektazlar bo‘lmasligini olidini olish.

6.O‘pkaning drenaj funksiyasini yaxshilash.

7.Yurak-qon tomir va boshqa sistemalarning funksional holatlarini tiklash.

Bu davrda statik nafas olish mashqlarini orqada va yon boshda yotgan, yarim o‘tirgan va o‘tirgan dastlabki holatlarida bajarishga tavsiya beriladi. Qo‘l va oyoq uchun mashqlar nafas olish mashqlari bilan birgalikda bajariladi (3 : 1 nisbatda) 3 – 4 kundan keyin davolovchi gimnastika muolajasiga dinamik va maxsus nafas olish mashqlari kiritiladi, ular yordamida balg‘amning yaxshi va tez ajralishiga, diafragma qo‘zg‘aluvchanligining va nafas olishda ishtirok etayotgan mushaklar kuchining oshishiga, periferik qon aylanishining faollashishiga, tashqi nafas olish funksiyasining yaxshilanishiga erishiladi.

Erkin harakat tartibotida DJTni qo‘llash (10 – 12 kun).

Vazifalari :

1.Tashqi nafas olish apparatining funksiyasini tiklash.

2.Nafas olish organlarini morfo-funksional tuzilishini to‘liq tiklash va zotiljamning qaytarilishini oldini olish.

3.Yurak-qon tomir, oshqozon-ichak, nerv va boshqa sistemalarning funksional holatini tiklash.

4.O‘sib boruvchi jismoniy yuklamalarga organizmni moslashtirish.

5.Bemorni maishiy va kasbiy faoliyatga tayyorlash.

Erkin tartibot o‘pka to‘qimalarida qoldiq ko‘rinishlari davri bilan to‘g‘ri keladi.

Bu davrda dinamik va maxsus nafas olish mashqlari o‘tirgan va turgan dastlabki xolatlarda bajarish maslaxat beriladi, shuningdek qo‘l oyoq, yelka kamari va tana uchun mashqlar snaryadlar (gimnastika narvoni, meditsinbol, gantellar va boshqalar) bilan birgalikda qo‘llanadi.

Bemorlar kasalxonadan chiqqaklaridan so‘ng davolovchi gimnastika bilan poliklinikalarda va uy sharoitida shug‘ullanishlari kerak.

Kuchaytiradigan mashqlar (gantellar,bulavalar,gimnastika skameykasi va narvoni) va nafas olish mashqlari (dinamik va statik) mashqlarini bajaradilar.

Orqa va yelka kamari mushaklari uchun qo‘l massajyorni, espanderlarni va elastik bintlarni ishlatish maslaxat beriladi, bular ko‘krak qafasi, yelka kamari, qo‘l va oyoqlarning mushaklarining kuchini o‘stirishga imkon beradi va umurtqa pog‘onasining qo‘zg‘alish harakatini yaxshilaydi. Trenajyorlarda mashqlar bajarish (eshkak esish,”sog‘lomlashtirish” va yuguruvchi yo‘lka trenajyorlari, veloergometr va boshqalar) va organizmni chiniqtirish va mustaxkamlash usullarini qo‘llash (quyosh, suv, xavo) tavsiya etiladi.

Bronxit (bronxlarning yallig‘lanishi) kasalliklarida DJT qo‘llanish.

DJT qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar:

-tana haroratining yuqori ko‘tarilishi;

-nafas olishning yetishmasligi;

-astma (nafas bo‘g‘ilishi) holati.

DJT vazifalari:

1.Qon va limfa aylanishlarini kuchaytirish.

2.Bronxlarda yallig‘lanishdan paydo bo‘lgan o‘zgarishlarni kamaytirish yoki yo‘q qilish.

3.Bronxlarning drenaj funksiyasini tiklash.

4.Bronxlar daraxtini mahalliy va umumiy qarshiligini (rezistentligini) oshirish.

5.Asoratlarning oldini olish.

6.Organizmning shamolash kasalliklariga qarshilik ko‘rsatuvchanligini oshirish.

DJT o‘tkir jarayoning pasayishi bilan buyuriladi. Kasallikning birinchi 7-10 kunlarida bemorlarga oldin statik nafas mashqlari, keyinchalik dinamik va maxsus nafas mashqlari qo‘llash tavsiya etiladi. Shundan so‘ng hamma mushak guruhlariga gimnastik snaryadlardan foydalangan holda umumiy rivojlantiruvchi mashqlar muolaja kompleksiga qo‘shiladi.

Bemorlar shifoxonadan chiqqanlaridan keyin, organizmni chiniqtirish, chang‘ida va konkida yurish, yugurish va boshqa amaliy sport mashqlarini bajarish tavsiya etiladi.

Bronxial astma kasalligida DJTni qo‘llash.

Bronxial astma kasalligi ekspirator nafas siqilishi (bo‘g‘ilishi) hurujlari bilan xarakterlanib, bronxlar va kichik bronxlarning ichki torayishi va ularda ekssudatning paydo bo‘lishidan kelib chiqadi.

DJTni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar :

-nafas yetishmasligi;

-yurak faoliyatining yetishmasligi;

-tana haroratining yuqori ko‘tarilishi va h.z.

Vazifalari :

1.Bronx va bronxiollalarning torayishini (spazmini) kamaytirish va yo‘qotish.

2.O‘pka ventilyasiyasini yaxshilash.

3.O‘pka va bronxlar drenajini yaxshilash.

4.Nafas olishda ishtirok etuvchi mushaklarni mustaxkamlash.

5.Ko‘krak qafasi qo‘zg‘aluvchanligini oshirish.

6.To‘qimalarda qon va limfa aylanishini yaxshilash.

7.Markaziy nerv sistemasida tormozlanish va qo‘zg‘alish jarayonlarining muvozanatini tiklash.

8.O‘sib boruvchi jismoniy yuklamaga organizmni moslashtirish.

9.Asoratlarning oldini olish.

Davolovchi gimnastika muolajasi yakka tartibda, kichik guruh va guruh tartibida o‘tkaziladi. Davolovchi gimnastika muolajasi bemorning yoshiga, holatining og‘irligiga, nafas siqilishining tezligiga, kardiorespirator sistemalarining funksional holatiga qarab yakka tartibi aniqlanadi. Muolaja vaqtida ko‘krak qafasini yaxshi ekskursiya bo‘lishiga yordam beruvchi va nafas chiqarishni yengillashtiruvchi quyidagi dastlabki holatlardan foydalanish mumkin : bosh qismi ko‘tarilgan krovatda orqa bilan yotgan, stulning suyanchig‘iga tayanib o‘tirgan. Muolaja kompleksida asosan nafas mashqlari (ko‘krak, diafragmal, tovushli), umumiy rivojlantiruvchi mashqlar qo‘llaniladi, shu bilan birga orqa massaj qilinadi.

Kichik guruhli va guruhli tartibda asosan quyidagi dastlabki holatlar qo‘llaniladi : o‘tirgan, stulga tayanib turgan va turgan.

Bemorga shifoxonada qo‘llaniladigan ertalabki badan tarbiya, davolovchi gimnastik muolajasi, bemorlarga beriladigan individual topshiriqlar va me'yorli yurish shakllari tavsiya etiladi. Muolaja kompleksiga quyidagi maxsus mashqlar kiritiladi : nafas chiqarishni uzaytirgan holda nafas mashqi, tovushli gimnastik nafas mashqlari, statik nafas mashqi (diafragmal), qo‘l mushaklarini bo‘shashtiruvchi mashqlar, qorin oldi mushaklarni mustaklash uchun mashqlar va h.z. Shu bilan bir qatorda oddiy va yengil mashqlar kompleksga kiritiladi : qo‘l va oyoqlarni bukish, yozish, keltirish, aylantirish, tanani oldinga, orqaga va yon tomonlarga engashtirish va h.z. Asta-sekin snaryadlar bilan (meditsinbol, gantella, gimnastik tayoqcha) va snaryadlarda (gimnastik skameyka, sog‘lomlashtiruvchi narvon) bajariladigan mashqlar tavsiya etiladi. Ko‘krak qafasi, qovurg‘alararo, bilak va orqa mushaklarini massaj qilish buyuriladi. Shifoxonadan chiqib, bemor davolovchi gimnastika muolajasini shifokor nazoratida poliklinika yoki shifokor jismoniy tarbiya dispanserida davom ettiradi. Shu bosqichda amaliy sport mashqlari (eshkak eshish, chang‘ida va konkida yurish, yugurish, suzish), sportga oid o‘yinlar (voleybol, basketbol) va shifoxonadan tashqarida qo‘llaniladigan terrenkur shakli qo‘llanilishi tavsiya etiladi.



O‘pka emfizemasi kasalligida DJTni qo‘llash.

O‘pka emfizemasi – surunkali kasallik bo‘lib, o‘pka alveollalarining kengayishi, alaeolla devorlarining atrofiyasi va o‘pka to‘qimasining elastiklik xususiyatining pasayishidir.

Bu kasallikda ko‘krak qafasi kengayadi, uning ekskursiyasi kamayadi, nafas chiqarish qiyinlashadi, nafas olishda ishtirok etuvchi mushaklarning zo‘r berib ishlashi, ularning toliqishini chaqiradi, yuzaki nafas olish o‘sib boradi va o‘pkaning hayotiy hajmi kamayadi, nafas olishning minutlik hajmi faqat nafas olish tezligi hisobiga ta'minlanadi. O‘pka emfizemasi bronxit, bronxial astma, pnevmoskleroz kasalliklaridan keyin paydo bo‘ladi. Patologik jarayonning rivojlanishida 3 ta bosqich farqlanadi :

1. Kompensatsiya (o‘rnini to‘ldirish)

2. Nafas olish yetishmasligining paydo bo‘lishi

3. Yurak va nafas olish funksiyalarining yetishmasligi

Birinchi bosqichda DJTning vazifalari :

-ko‘krak qafasi qo‘zg‘aluvchanligini oshirish;

-nafas olish mushaklarini mustahkamlash;

-diafragmal nafas olishga o‘rgatish;

-yurak mushaklarini mustahkamlash;

-organizmni jismoniy harakatlarga (yuklamalarga) moslashtirish;

-organizmni chiniqtirish va sog‘lomlashtirish.

Davolovchi jismoniy tarbiyaning davolovchi gimnastika muolajasi shaklidan keng foydalaniladi, shu bilan birga me'yorli eshkak eshish, suzish, chang‘ida yurish tavsiya etiladi.

Kasallikning 2-bosqichida o‘pka emfizemasining yaqqol kurinishlari va nafas olish yetishmasligi namayon bo‘ladi. Davolovchi jismoniy tarbiyaning vositalari nafas olish apparatining va qon aylanishning buzilish darajalariga qarab qo‘llaniladi.

DJTning vazifalari:

-nafas olish yetishmasligiga qarshi kurashish;

-nafas olishda ishtirok etuvchi mushaklarni mustahkamlash;

-qon aylanishini yaxshilash;

-miokardni mustahkamlash;

-bemorlarni o‘rtacha turmush va past jismoniy harakatlarga funksional moslashishini oshirish.

Bu vazifalarni bajarish uchun DJTning davolovchi gimnastika muolajasi, me'yorli yurish va sayr qilish shakllaridan keng foydalaniladi.

Kasallikning 3-bosqichi nafas olish va yurak funksiyalarining yetishmasligi bilan xarakterlanadi.

DJTning vazifalari :

-xissiyot tonusini oshirish;

-nafas olish apparatining faoliyatini yaxshilash;

-nafas olish yetishmasligi bilan kurashish;

-venoz qon dimlanishini yo‘qotish;

-miokardni qon bilan ta'minlanishini yaxshilash;

-organizmni o‘rta jismoniy harakatlarga (yuklamalarga) moslashtirishni kuchaytirish.

Bemorlarga davolovchi gimnastika muolajasi, me'yorli sayr etish tavsiya etiladi. Agar bemor sayr qilayotgan vaqtdi nafas siqilishi paydo bo‘lsa, u to‘xtashi lozim va nafas olishni va qon aylanishini tartibga solish uchun nafas olish mashqlarini bajarishi kerak.

Davolovchi gimnastika muolajasida gimnastik mashqlarni maxsus nafas mashqlari bilan almashtirilib turilishi, dam olish pauzalari bilan bajarilishi tavsiya etiladi. Bemor organizmining jismoniy yuklamalarga funksional moslashishi pasayganini e'tiborga olib, tavsiya etilgan mashqlar katta dozalarda va tez sur'atda bajarilmaydi. Davolovchi gimnastika muolajasida mayda va o‘rta mushak guruhlari uchun mashqlar 4-6 marta, yirik mushaklar uchun 2-4 marta va maxsus nafas mashqlari uchun 3-4 marta qaytarilishi tavsiya etiladi. Shu bilan birga ko‘krak faqaqsi massaj qilinadi.



Plevrit kasalligida DJTni qo‘llash.

Plevrit – plevra varaqlarining yallig‘lanishi bo‘lib, plevra sathida fibrinsimon karash sodir bo‘ladi yoki uning bo‘shlig‘ida ekssudat yig‘iladi.

DJTni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar :

-nafas yetishmasligi;

-yurak faoliyatining yetishmasligi;

-tana haroratining yuqori ko‘tarilishi va h.z.

Vazifalari :

1.O‘pka ventilyasiyasini yaxshilash.

2.O‘pka drenajini yaxshilash.

3.Nafas olishda ishtirok etuvchi mushaklarni mustaxkamlash.

4.Ko‘krak qafasi qo‘zg‘aluvchanligini oshirish.

5.To‘qimalarda qon va limfa aylanishini yaxshilash.

6.Markaziy nerv sistemasida tormozlanish va qo‘zg‘alish jarayonlarining muvozanatini tiklash.

7.O‘sib boruvchi jismoniy yuklamaga organizmni moslashtirish.

8.Asoratlarning oldini olish.

9. Bitishmalar va shvartlarning profilaktikasi.

Davolovchi gimnastika muolajasi yakka tartibda, kichik guruh va guruh tartibida o‘tkaziladi. Davolovchi gimnastika muolajasi bemorning yoshiga, holatining og‘irligiga, kardiorespirator sistemalarining funksional holatiga qarab yakka tartibi aniqlanadi. Muolaja vaqtida ko‘krak qafasini yaxshi ekskursiya bo‘lishiga yordam beruvchi va nafas chiqarishni yengillashtiruvchi quyidagi dastlabki holatlardan foydalanish mumkin : bosh qismi ko‘tarilgan krovatda orqa bilan yotgan, stulning suyanchig‘iga tayanib o‘tirgan. Muolaja kompleksida asosan nafas mashqlari (ko‘krak, diafragmal, tovushli), umumiy rivojlantiruvchi mashqlar qo‘llaniladi, shu bilan birga orqa massaj qilinadi.

Kichik guruhli va guruhli tartibda asosan quyidagi dastlabki holatlar qo‘llaniladi : o‘tirgan, stulga tayanib turgan va turgan.

Bemorga shifoxonada qo‘llaniladigan ertalabki badan tarbiya, davolovchi gimnastik muolajasi, bemorlarga beriladigan individual topshiriqlar va me'yorli yurish shakllari tavsiya etiladi. Muolaja kompleksiga quyidagi maxsus mashqlar kiritiladi : nafas chiqarishni uzaytirgan holda nafas mashqi, tovushli gimnastik nafas mashqlari, statik nafas mashqi (diafragmal), qo‘l mushaklarini bo‘shashtiruvchi mashqlar, qorin oldi mushaklarni mustaklash uchun mashqlar va h.z. Shu bilan bir qatorda oddiy va yengil mashqlar kompleksga kiritiladi : qo‘l va oyoqlarni bukish, yozish, keltirish, aylantirish, tanani oldinga, orqaga va yon tomonlarga engashtirish va h.z. Asta-sekin snaryadlar bilan (meditsinbol, gantella, gimnastik tayoqcha) va snaryadlarda (gimnastik skameyka, sog‘lomlashtiruvchi narvon) bajariladigan mashqlar tavsiya etiladi. Ko‘krak qafasi, qovurg‘alararo, bilak va orqa mushaklarini massaj qilish buyuriladi. Shifoxonadan chiqib, bemor Davolovchi gimnastika muolajasini shifokor nazoratida poliklinika yoki vras jismoniy tarbiya dispanserida davom ettiradi. Shu bosqichda amaliy sport mashqlari (eshkak eshish, chang‘ida va konkida yurish, yugurish, suzish), sportga oid o‘yinlar (voleybol, basketbol) va shifoxonadan tashqarida qo‘llaniladigan terrenkur shakli qo‘llanilishi tavsiya etiladi.

Nazariy qismni baholash mezoni.

Maksimal ball 25-24

23-21 ball

20-19 ball

17-16 ball

13 ball

A'lo

yaxshi

o‘rta

qoniqarsiz

yomon

100%-86%

85%-73%

70-56%

53%-46%

43% va undan kam

15.2. Taxliliy qism

Mashg‘ulot jarayonida qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiya usullari:

Grafikli organayzerlar - fikriy jarayonlarni ko‘rgazmali taqdim etish vositasi.

Klaster tuzilmasi - (klaster-tutam, bog‘lam) axborot xaritasini tuzish yo‘li barcha tuzilmaning markazlashtirilishini aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g‘oyalarni yig‘ish.



Klasterni tuzish qoidasi.

1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing.

2. G‘oyalar sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.

3. Xatni to‘xtatadigan imlo hatolariga va boshqa omillarga e'tibor bermang.

4.Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan to‘xtasa, u holda qachonki yangi g‘oyalar kelmaguncha qog‘ozga rasm chizib turing.

Pedagog tushintiradi.

1.Klaster tuzish qoidasi bilan tanishtiradi

2.Yozuv taxtasi yoki katta qog‘oz varag‘ini o‘rtasiga mavzu nomi yoki savol yozadi



Talaba bajaradi.

1.Birikma bo‘yicha asosiy so‘z bilan uning yonida mavzu bilan bog‘liq so‘z va takliflar kichik doirachalar yo‘ldoshlarni yozib qo‘shadilar.

2.Ularni asosiy so‘z bilan chiziqlar yordamida birlashtiradilar.

3.Bu yo‘ldoshlarda kichik yo‘ldoshlar bo‘lishi mumkin.

4.Yozuvni ajratilgan vaqt davomida yoki g‘oyalar tugaguncha davom ettirishlari mumkin.


Yüklə 6,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin