Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshayev O. R


Fizioterapiya fani bo‘yicha o‘zlashtiradigan amaliy ko‘nikmalar ro‘yxati



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə22/63
tarix20.09.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#145530
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63
Toshkent tibbiyot akademiyasi

Fizioterapiya fani bo‘yicha o‘zlashtiradigan amaliy ko‘nikmalar ro‘yxati :
1.Galvanizatsiya muolajasini o‘tkazish.
2.Elektroforez muolajasini o‘tkazish.
3.UVCh-terapiya muolajasini o‘tkazish.
4.Diadinamoterapiya muolajasini o‘tkazish.
5.Darsonvalizatsiya muolajasini o‘tkazish.
6.Magnitoterapiya muolajasini o‘tkazish.
7.Ultratovushterapiya muolajasini o‘tkazish.
8.Parafin-ozekerit applikatsiya muolajasini o‘tkazish.
9.Fizioterapevtik muolajalarga retsept yozish.
Amaliy ko‘nikmalarni baholash mezonlari
Joriy nazoratning 40%ni amaliy qism tashkil qiladi.Maksimal 20 ballga teng.
Fizioterapiya fanidan joriy nazorati bo‘yicha o‘zlashtiriladigan har bir amaliy ko‘nikmalar bosqichda amalga oshiriladi va maksimal 100 ball bilan baholanadi.
Amaliy ko‘nikmalar qadamma-qadam bajarilishida xatolar qilinganda, bajarilmagan qadam hisobidan maksimal ajaratilgan ballar olib tashlanadi. Oxirgi qo‘shilgan ballar summasidan quyidagi koeffitsent bilan hisoblanadi, 20 * x/100 koeffitsentga o‘tkaziladi.
Masalan: talaba 80 ball olsa amaliy ko‘nikmani joriy baholashdagi balli 16 ga teng bo‘ladi. 16 ball yoki joriy baholashni 38% tashkil etadi.



Joriy baholash

Nazariy qism – 25%
12.5 minimal ball

Analitik qism – 30%
15.0 ball

Amaliy qism – 40%
20 ball

TMI –
5%
2.5 ball.

Tekshirish tadbirlari
O‘quv mashg‘ulotin io‘zlashtirish sifatini baholash 2 xil nazorat : joriy va yakuniy baholash orqali amalga oshiriladi.
1.Joriy baholash (JB) - har kuni talabalarning bilimi va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirilishi tekshirilib boriladi. Baholash quyidagicha amalga oshiriladi :
-sovollarga og‘zaki javob berishi;
-vaziyatli masalalarni yechish,takliflar berish;
-amaliy ko‘nikmalarni bajarish;
-yangi usullarni qo‘llab, bilimni baholash;
-mavzu bo‘yicha testlarni qo‘llash.
Talabalarning mustaqil ishlari (TMI) – talabalar tomonidan mustaqil tayyorlangan ishlari (referat, slayd, krassvord, tarqatma material, vaziyatli masala) amaliy mashg‘ulotlarda eshitilib, tahlil qilinadi va reyting nazorati tizimi asosida ballarda baholanadi. Mustaqil ish mavzusini o‘qituvchi belgilaydi, bajarish shaklini esa talabaning o‘zi tanlaydi.
Talabaning mustaqil ishi O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta'lim Vazirligining 21.02.2005 yil 34-sonli buyrug‘i va TTA rektori 2009 yildagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risida Namunaviy nizom» asosida tashkil etiladi.
Har bir bajarilgan ish reyting nazorati tizimiga asosan ballarda baholanadi.
2.Yakuniy baholash (YaB) – amaliy mashg‘ulotlar tugagach, quyidagicha olib boriladi:.
-YaB ga joriy bahoning maksimal reyting ballining 55 foizidan yuqori ball olgan talabalar qo‘yiladi;
-yakuniy baholash og‘zaki yoki yozma test shaklida olinadi;
-reyting nazorti tizimiga asosan ballarda baholanadi.
Fan bo‘yicha umumiy reyting balli JB va YaB ballarini qo‘shib olinadi. Olingan ballar qaydnoma va talabalarning reyting kitobchasiga qo‘yiladi.
Fan bo‘yicha umumiy reyting balli quyidagicha baholanadi :
86,0 – 100,0 ball - a'lo
71,0 – 85,9 ball - yaxshi
55,0 – 70,9 ball - qoniqarli
54,9 va undan past - qoniqarsiz

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin