Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor Teshayev O. R


Fan bo‘yicha ko‘nikma, malakalar va bilimlarini baholash kriteriyalari va reyting nazorati



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə19/63
tarix20.09.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#145530
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63
Toshkent tibbiyot akademiyasi

6. Fan bo‘yicha ko‘nikma, malakalar va bilimlarini baholash kriteriyalari va reyting nazorati
Talabaning tayyorgarlik sifatini belgilovchi asosiy kriteriyasi uning reytingi hisoblanadi, bu esa joriy va yakuniy nazorat baholarining yig‘indisidan chiqariladi.
Fan bo‘yicha 100 ball kuyidagicha taqsimlanadi:



Nazorat turi

Maksimal ball

Koeffitsient

O‘tish ball

1.

Joriy nazorat

50

0,5

27,5

2.

Yakuniy nazorat

50

0,5

27,5




JAMI

100

1

55,0

Amaliy mashg‘ulotlarni baholash kriteriyasi bo‘lib, talabaning mashg‘ulotga tayyorgarligi va vazifalarni, mustaqil ishini bajarish sifati baholarining yig‘indisidan kelib chiqadigan joriy bahosi hisoblanadi.
Joriy nazoratni baholash mezoni



O‘zlash-tirish %



Baho


Talabaning bilim darajasi



1


96-100

A'lo
«5»


Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini to‘liq bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘liq to‘g‘i javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda faol qatnashadi. Mavzu bo‘yicha vaziyatli masalalarni yechadi, test savollariga to‘liq va to‘g‘ri javob beradi. Erkin tasavvurga ega bo‘lib, kerak bo‘lganda o‘qituvchi bilan o‘z fikrini almasha oladi. TMI 10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar, slaydlar, banerlar, videofilmlar majmuasi tayyorlangan.

2


91-95


Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini to‘liq bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘liq to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda faol qatnashadi, mustaqil mushohada yuritadi. Mavzu mohiyatini tushuntira oladi, erkin tasavvurga ega bo‘ladi, o‘qituvchi bilan bemalol fikr almasha oladi. TMI 10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar, slaydlar, banerlar majmuasi.

3.

86-90

Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini yetarli darajada bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda qatnashadi. Mavzu bo‘yicha amaliy ish natijalari bo‘yicha mustaqil tekshirish bayonnomasini to‘ldiradi. TMI 10 ta manbadan oshiq bo‘lgan internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan yuqori sifatli referatlar, slaydlar majmuasi.

4

81-85



Yaxshi
«4»

Mavzu bo‘yicha o‘z fikrini yetarli darajada bayon etadi, barcha berilgan savollarga to‘g‘ri javob beradi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi, ijodiy fikrlaydi, auditoriyada mavzuni muhokama qilishda qatnashadi. TMI 8-10 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan, chiroyli rasmiylashtirilgan, 15-20 ta bir turdagi animatsiyali referatlar. Barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.

5

76-80

Javoblar to‘g‘ri, ammo to‘liq emas, o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bo‘yicha kamchilikni to‘ldiradi, mavzuni muhokama qilishda yetarlicha faol. Auditoriyadagi topshiriklarni bajarishda qatnashadi. TMI 5-8 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan, chiroyli rasmiylashtirilgan, 10-15 ta bir turdagi animatsiyali referatlar. Barcha ma'lumotlarni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.

6.

71-75

Mavzuni muhokama qilishda yetarlicha faol, ammo xatoliklarga yo‘l qo‘yadi. Auditoriya ishlarini bajarishda qatnashadi, kerakli yozishlarni amalga oshiradi. TMI 3-5 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib yozilgan, chiroyli rasmiylashtirilgan, 5-10 ta bir turdagi animatsiyali referatlar. Barcha ma'lumot-larni to‘liq hajmda ko‘rsatib beradi, biroq zerikarli rasmiylashtirilgan.

7.


66-70


Qoniqarli
«3»

Javoblar 50% ga to‘g‘ri, ammo berilgan savolning mohiyatini tushunadi; topshiriqlarni bajara oladi, biroq unda 2-3 xatoliklarga yo‘l qo‘yadi.

8

61-65



Javoblar 50%ga to‘g‘ri, savol mohiyatini hamma vaqt ham to‘g‘ri tushunmaydi, topshiriqlarni o‘qituvchi yordamida bajaradi va shunda ham 2-3 ta xatoga yo‘l qo‘yadi. 2-3 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumotlaridan foydalanib qoniqarli yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilgan, biroq xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzu yarim chala ochib berilgan. Mavzuning yarim mazmunini ochgan 5-10 ta bir xil turdagi animatsiyali, monitor rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar ma'lumotlarning yarmini o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

9

55-60

Javoblar 40% ga to‘g‘ri,javob berishda yanglishib ketadi, savol mohiyatini hamma vaqt to‘g‘ri tushunmaydi, topshiriqlarni boshqa talaba yoki o‘qituvchi yordamida bajaradi. 2-3 ta manbali internet va oxirgi yillar adabiyotlari ma'lumot-laridan foydalanib qoniqarli yozilgan referatlar. Referat chiroyli rasmiylashtirilmagan, xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzuni ochib berilmagan. Mavzuning yarim mazmunini ochgan 5-10 ta bir xil turdagi animatsiyali, monitor rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar ma'lumotlarning yarimini o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

10

54-30

Qoniqarsiz
«2»

40% gacha to‘g‘ri javob bera oladi, javoblar aniq emas, topshiriqlarni bajara olmaydi. Uy vazifasi bajarilmagan. Referat yomon rasmiylashtirilgan, xatolari bor, ketma-ketlikka rioya qilinmagan holda, mavzuning mazmunini ochib bermagan. 1-2 ta internet va adabiyotlar ma'lumotlaridan foydalanilgan. Mavzuning yarimidan kam qismini ochgan 10 dan kam bir xil turdagi animatsiyali, monitor rasmiylashtirilgan slaydlar majmuasi tayyorlangan. Stendlar, bannerlar yoki laminatsiya qilingan materiallar kam ma'lumotlarni o‘z ichida mujassamlab, sifatsiz rasmiylashtirilgan.

11


30-20


Amaliy mashg‘ulotga qatnashadi, formada, daftari bor. Uyga berilgan vazifa bajarilmagan.Talaba mustaqil ish vazifalarini bajarmagan.


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin