Mavzu:Elektr toki bilan davolash: Doimiy va impulsli toklarning stomatologiyada ahamiyati. 1. Mashg‘ulot o‘tkazish joyi, jihozlanishi:-TTA 3-klinika,tibbiy reabilitatsiya bo‘limi va fizioterapevtik muolaja xonalari;
2. Mashg‘ulotning davomiyligi: 5 soat(225daqiqa). 3. Mashg‘ulot maqsadi: Talabalarni doimiy va ipulsli toklar ta'sir mexanizmi va usullari bilan tanishtirish. Bemorlarning holatiga va tashxisiga qarab galvanizatsiya va elektroforez muolajalarini qo‘llash metodikasiga o‘rgatish, elektruyqu muolajasini uning ta'sir mexanizmini asoslagan holda tushuntirish, kichik kuchli va past chastotali impulsli toklarni maqsadga muvofiq qo‘llashga o‘rgatish;
4. O‘quv mashg‘ulot pedagogik vazifalari: •galvanizatsiya, elektroforez, elektrouyqu, diadinamik toklar, sinusoidal modulashgan toklar haqida tushunchalarga ega bo‘lish;
•normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sir qilish mexanizmini tushuntirish;
•stomatologik kasalliklarning davolashda fizioterapevtik muolajalarni tanlashda umumiy va maxsus ko‘rsatma to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish, qarshi ko‘satmalarni to‘g‘ri aniqlash;
•fizoterapevtik muolajalar stomotologiyada metodikalarini ko‘rsatish va talabalarga mustaqil qo‘lashga erishish;
•talabalarga fizioapparatlarning ishlash prinsiplarini va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi bilan mustaqil qo‘llashga o‘rgatish;
5. O‘quv faoliyatini natijalari: Talaba bilishi kerak: -turli kasalliklarni davolashda fizioterapevtik muolajalarni tanlashda umumiy va maxsus ko‘rsatma va mo'neliklarga rioya qilishni;
-davolash muolajalar majmuasini tuzishda asosiy va yondosh kasalliklarni hisobga olishni;
-normal va patologik holatlarda fizik omillarning xususiyatlarini va ularning organizmga ta'sir qilish mexanizmini;
-fizioapparatlarning ishlash prinsiplarini va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilishni;
-sog‘lomlashtirish maqsadida fizioprofilaktik muolajalarni qo‘llashni;