Tasdiqlayman” O'quv ishlari bo'yicha prorektor S. Xodjaniyozov


O‘qituvchining rahbarligi



Yüklə 461,14 Kb.
səhifə21/100
tarix02.12.2023
ölçüsü461,14 Kb.
#170992
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100
Tasdiqlayman” O\'quv ishlari bo\'yicha prorektor S. Xodjaniyozov-www.hozir.org

O‘qituvchining rahbarligi: mavzuni qo‘yish, savollarni ifodalash, berilgan javoblarni tuzatish, to‘ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo‘ladi. Suhbat metodi yordamida bilimlarni o‘zlashtirishda o‘quvchilar mavjud bilimlari va tajribalariga tayanadilar.
Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi). Bilimlarni o‘zlashtirish manbai bo‘lib bosma matn xizmai qiladi. O‘qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash, o‘quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o‘rgatish, o‘zlashtirilgan bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko‘rinishlarda aks etadi.
Ko‘rgazmali metod namoyish etish, tasvirlash, kuzatuv, ekskursiya kabi shakllarda amalga oshiriladi;
Ko‘rgazmalilik - o‘quvchilarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda,huquq ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ijtimoiy pedagogik tamoyillaridan biridir. CHunki ko‘rgazmalilik huquqiy ta’limning ta’sirchanligi, tushunarli, obrazli bo‘lishiga xizmat qiladi.
Ekskursiya shaklidagi dars usuli o‘ziga xos jarayon bo‘lib, ekskursiyaning muvaffaqiyatli chiqishi uni o‘tkazish uchun ko‘rilgan tayyorgarlikka bog‘liq. Ekskursiya o‘quvchilarni reja bilan tanishtirish hamda ob’ekt ustida qisqacha ma’lumot berish bilan boshlanadi. Ekskursiya quyidagi tuzilishda olib boriladi.
  • Ekskursiya haqida ekskursovodning dastlabki kirish suhbati.


  • Marshrut bo‘yicha ob’ektni kuzatish.


  • Ekskursiyalar davomida kerakli materiallarni to‘plash.


  • Ekskursiyani yakunlash.


Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari darslarida “Milliy g‘oya va ma’naviyat” markazlariga, “Ma’rifat” maydonlariga, Tarixiy muzeylarga ekskursiya shaklida amalga oshirish mumkin.


3. Amaliy mashg‘ulotlar talaba va o‘quvchilarga mashq bajartirish, laborotoriya ishlarini amalga oshirish,amaliy mashqlarni bajarish kabi shakllarda amalga oshiriladi.

Yüklə 461,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin