Laboratoriya ishlari.Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya’ni, Ma’lum sharoitda muayyan hodisalarni kuzatish yuklanadi. O‘quvchilar hodisalarni kechish jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar.
Bilimlar manbai kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir. O‘qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, o‘quvchilarni nazariy bilimlar bilan qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo‘llari hamda yakuniy xulosa chiqarishni o‘rgatadi.
O‘qitishning amaliy usuli o‘quvchilarning o‘zlashtirgan kunikma va malakalarini mustaxkamlash, ijodiy kobiliyatlarini rivojlantirishda mashq qildirishda. Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O‘quvchilar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining o‘ziga xosligi, nazariy asoslar o‘zlashtirilgach, ayrim materiallardagi o‘xshash harakatlarning ko‘p bora takrorlanishi kuzatiladi.
Uni quyidagi usullaridan omma orasida foydalanish kishidan muayyan bilim va mahoratni talab qiladi. Misol uchun “YUz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi”, “Raqibni uslubiy qurolsizlantirish”, “Mafkuraviy faollikni oshirish”, “Mafkuraviy immunitetni shakllantirish”, “Birlashtirish”, “Do‘st himoyasi”, “Dushmanni qurolsizlantirish”, “Qarshi targ‘ibot”, “Mafkuraviy ta’lim”, “kitoblar bilan ishlash”, “Matbuot – jangi”, “Jamoaviy ijodiy ish yuritish”, “CHarxipalak”, “Mafkuraviy sayohat”, “Mafkuraviy lug‘at”, “Oyati Qur’on”, “Mafkuraviy tarbiya”, “Payvand qilish”, “Breyistorming”, “Istiqbolni ko‘rsatish”, “Dalillarni keltirish”, “Ko‘zgu”, “Mafkuraviy himoya”, va boshqa usullari bor.
6-Mavzu. Milliy g’oya fani o`qituvchisiga qo’yiladigan zamonaviy talablar. O’quvchilarning bilim, malaka va ko`nikmalarini tekshirish va baholash.
Reja:
O‘quvchilarning nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarini baxolashning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati
O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashning mezonlari hamda tamoyillari.