Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor


Joriy qilishning umumiy prinsiplari



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə104/212
tarix14.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#178810
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   212
Navoiy davlat pedagogika instituti tasdiqlayman -www.hozir.org

Joriy qilishning umumiy prinsiplari 
● joriy qilishning ko’p qirraliligi, ya’ni uning turli ko’rinishlarini to’g’ri
uyg’unlashtirish talabi(majburiy, tanlangan, tashabbusli);
● jamoa va shaxsiy ishlarni, frontal va tabaqalashgan yondoshishning uyg’unligi;
● joriy qilishni pedagoglarning mustaqil ta’limi va malaka oshirishlarining o’zaro
bog’liqlik prinsipi;
● fan yutuqlarini joriy qilishni umumlashtirish va ilg’or tajribani ommalashtirishning
o’zaro bog’liqligi.
Pedagogika fanini amaliyotga joriy qilish jarayonini tashkil qilishda to’laqonli
ishlangan pedagogikaning bo’limini tanlash maqsadga muvofiqdir. Ular, o’quv-metodik
tavsiyalar bilan ta’minlangan bo’lishi zarur.
Ayrim hollarda fan yutuqlarini tez joriy qilish masalasi qo’yiladi. Buning uchun, uni
hal qilish yo’llari jiddiy va ehtiyotkorlik bilan tanlanadi. Uning ayrimlarini keltiraylik:
♦ amaliyotga dolzarb, nazariy muammolarni tadqiq qilishni zudlik bilan ilmiy
muassasalar rejasiga kiritish zarur;
♦ tadqiqotlarning muhim natijalarini o’qituvchilar uchun tez-axborot sifatida nashr
qilish;
♦ joriy qilishga tavsiya qilingan materiallarni zudlik bilan nashr qilish va
ko’paytirish;
♦ murakkab ilmiy ishning oraliq natijalari bo’lgan, haqqoniy sinab ko’rilgan,
amaliyotga muhim tavsiyalarni tadqiqotchilar jamoasi, uzoq muddatli tadqiqot ishi
yakunlanmasdan oldin ham joriy qilishga taklif qilish mumkin.
Endi, joriy qilish jarayonining tarkibini, uni asosiy elementlarini ajratib va ular
orasidagi bog’lanishlarni topib, uni o’tkazishga taalluqli “tayanch nuqtalar” aniqlanadi.
Dastlab, joriy qilishning maqsadi aniqlanadi. Umumiy maqsad, mavjud amaliyotni
normativ boshqariladigan holda o’zgartirishdan iborat bo’lib, u joriy qilinayotganga
adekvat bo’lishi kerak. Ammo, har bir aniq holda, ushbu maqsad xususiy xarakterga ega
bo’lib, uni amalga oshirish har safar umumiy masalani hal qilishga xizmat qiladi.



152
Joriy qilish vositalariga turli materiallar (instruktiv, bosqichma-bosqich ishlab


chiqilgan, yakuniy) va aniqlangan faoliyat turlarini (yangi g’oyalarni o’rganish,
tavsiyalarni seminar va kurslarda oydinlashtirish, joriy qilish tajribasi bilan tanishish)
qamrab oladi.
Joriy qilish natijalari asosan o’quv-tarbiyaviy jarayonning yutug’i bilan aniqlanadi:
o’quvchilar erishgan bilim, malaka va ko’nikmalarning sifati, ularning bilish faolligi,
umumiy va maxsus rivojlanishi, odobi va boshq. bilan aniqlanadi. Natija, maqsad bilan
mos tushmasligi mumkin, bu holda maqsadni qayta tahlil qilishga to’g’ri keladi.
SHuning uchun, maqsadni amaliyotdan kelib chiqib tuzatish, yoki uni amalga oshirish
uchun, qo’shimcha choralar ko’rish kerak.
Pedagogika fani yutuqlarini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy qilish uchun, quyidagi
shartlar zarur:
■ ijtimoiy (eng avvalo o’qituvchi faoliyatining ijtimoiy yo’naltirilganligi,
o’quvchilarni hayotga tayyorlashdagi o’zining funksiyasini ongli tushunishi);
■ ma’naviy – psixologik (amaliyotchi – pedagoglarda yangini o’zlashtirish ehtiyojini
shakllantirish, ijodiy tashabbuskorlikni oshirish, joriy qilish bilan mashg’ul shaxslarni
ma’naviy qo’llab-quvvatlash, joriy qilishda qatnashayotganlarni talab va taqdirlashni
ongli uyg’unlashtirish);
■ ilmiy-nazariy ( amaliyotchi –novatorlarda ilmiy maktabga, olim va amaliyotchilar
jamoasiga, joriy qiluvchilarning nazariy darajasiga, mutaxassis xodimlarga taalluqli
nazariy g’oyalarni aniq tavsiyalar bilan uyg’unlashtirish;
■ ilmiy-metodik (instruktiv-metodik xarakterdagi materiallar bilan ta’minlanganligi,
ilmiy-pedagogik tavsiyalarni o’qituvchilarning imkoniyatlariga mosligi, joriy
qilayotganlarga ta’lim tashkilotlari tomonidan yordamni rejali tashkil qilish);
■ ta’lim muassasalari va ularning xodimlari faoliyatini boshqaruvchi huquqiy
normativ xujjatlarga qat’iy rioya qilish.
Joriy qilishning samaradorligini tavsiflovchi mezonlarni uch guruhga ajratish
mumkin: tashkiliy-boshqaruvchilik, psixologik-pedagogik va iqtisodiy.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin