Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə103/212
tarix14.12.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#178810
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   212
Navoiy davlat pedagogika instituti tasdiqlayman -www.hozir.org

Vizual materiallar 
Mavzu: Pedagogik tadqiqotning sifat mezonlari 
Reja: 
1.Pedagogik tadqiqot natijalarini amalda qo’llash.
2.Pedagogik tadqiqot natijalarini amalda qo’llashga joriy qilish prinsiplari.
3.Pedagogik tadqiqot natijalarini joriy qilishning tashkiliy-boshqaruvchilik mezoni.
4.Tadqiqot natijalarini joriy qilishning psixologik-pedagogik va iqtisodiy mezonlari.

O’quv mashg’ulotining maqsadi:
Talabalarni pedagogik tadqiqot
natijalarini amalda qo’llashga joriy qilishning umumiy prinsiplari, shartlari hamda
joriy qilishning samaradorligini tavsiflovchi tashkiliy-boshqaruvchilik, psixologik-
pedagogik va iqtisodiy mezonlar bilan tanishtirishdan iborat.
O’quv faoliyatining natijalari
:
Talaba:



150
● Pedagogik tadqiqot natijalarini qanday qilib amaliyotga joriy qilishni va uning


prinsiplarini bilib oladi.
● Pedagogik tadqiqot natijalarini joriy qilishning tashkiliy-boshqaruvchilik mezoni
nima ekanligini tushunib oladi.
● Pedagogik tadqiqot natijalarini joriy qilishning psixologik-pedagogik va iqtisodiy
mezonlari nima ekanligini tushunib va bilib oladi.
1.Pedagogik tadqiqot natijalarini joriy qilish deganda nimani tushunasiz?
2. Pedagogik tadqiqot natijalarini joriy qilishning tashkiliy-boshqaruvchilik mezoni
nima?
3. Pedagogik tadqiqot natijalarini joriy qilishning psixologik-pedagogik mezoni
deganda nimani tushunasiz?
4. Pedagogik tadqiqot natijalarini joriy qilishning iqtisodiy mezoni nimani
ifodalaydi?
Pedagogik tadqiqot natijalarini amalda qo’llashga 
joriy qilish 
Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning natijalarini amalda qshllashga joriy qilish –
nazariya va amaliyotning birligi vositasi va shartidir. Fan va amaliyotning bog’lanishi
ko’p qirrali bo’lib, u turli shakllarda amalga oshiriladi. Pedagogik tadqiqot natijalarini
va tavsiyalarini joriy qilish deganda, maqsadli, tashkiliy rasmiylashtirilgan faoliyatni
tushunish kerak. Bu, nazariya va amaliyot orasidagi ko’p qirrali munosabatlarning
nisbatan turg’un asosidir. Tadqiqot natijalarini joriy qilishning umumiy prinsiplarini,
joriy qilish jarayonining tarkibini, uning asosiy elementlarini ajratishni va ular orasidagi
bog’lanishlarni topishni, uni o’tkazishga tegishli “tayanch nuqtalar” ni aniqlashni
magistrlar yaxshi bilishi kerak.
Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning natijalarini amalda qo’llashga joriy qilish – nazariya
va amaliyotning birligi vositasi va shartidir. Fan va amaliyotning o’zaro bog’lanishi
ko’p qirrali bo’lib, turli shakllarda amalga oshiriladi: pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti
– maktab; oliy o’quv yurti
- maktab, akademik litsey va kasb hunar kollejlari; maktab, akademik litsey va kasb
hunar kollejlari – tadqiqot muassasalari va oliy o’quv yurtlar; ilg’or tajriba maktabi,
akademik litsey va kasb-hunar kollejlari – boshqa maktablar, akademik litsey va kasb-
hunar kollejlari; xususiy maktab – oila va o’qituvchilar; novator o’qituvchilar –



151
o’qituvchilar va ota-onalar. Pedagogik tadqiqot natija va tavsiyalarini joriy qilish


deganda, maqsadli, tashkiliy rasmiylashtirilgan faoliyatni tushunish kerak. Bu, nazariya
va amaliyot orasidagi ko’p qirrali munosabatlarning nisbatan turg’un asosidir.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin