144
O’quv mashg’ulotining maqsadi:
Talabalarni
pedagogik
tadqiqotlarning
tarkibiy
tuzilishi bilan tanishtirish, ularni o’tkazish
uchun qanday ishlarni bajarish,
uning natijalarini baholash va tadqiqotni qanday yakunlash kerakligi to’g’risida
ma’lumot berish va tushuntirish hamda tasavvur hosil qilishdan iborat.
O’quv faoliyatining natijalari
:
Talaba:
Pedagogik tadqiqotlarning tarkibiy tuzilishini bilib oladi.
Pedagogik tadqiqotlarni o’tkazish uchun qanday tayyorgarlik ishlarini bajarishni
asosi tushunib va bilib oladi.
● Pedagogik tadqiqot natijalarini baholashni o’rganib oladi.
● Pedagogik tadqiqot qanday yakunlanishi to’g’risida tasavvurga ega bo’ladi.
1. Pedagogik tadqiqotning tarkibiy tuzilishini qanday tushunasiz?
2. Pedagogik tadqiqotni boshlash va o’tkazish uchun qanday
tayyorgarlik ishlarini
o’tkazish kerak?
3. Pedagogik tadqiqotning natijalari qanday baholanadi?
4. Pedagogik tadqiqotni yakunlash uchun nima ishlarni bajarish zarur?
10 – mavzu. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning tarkibiy tuzilishi
Ilmiy adabiyotlardan ma’lumki, pedagogik tadqiqotlar 4 ta yirik bloklardan iborat:
tayyorgarlik ishlari, tadqiqotni o’tkazish, tadqiqot natijalarini baholash
va unga yakun
chiqarish. Bularning har birini o’zini tashkil etuvchi elementlari mavjud bo’lib, ular
quyidagilardan iborat:
1.
Tayyorgarlik ishlari
.
1.1. SHaxs va jamiyatning ehtiyojiga bog’liq, mamlakatdagi ta’limning
rivojlanish an’analarini o’rganish. Muammoni qo’yish.
1.2. Mavzuni tanlash va uning dolzarbligini ilmiy asoslash.
1.3. Tadqiqot ob’ekti va predmetini aniqlash, maqsad, vazifalar va farazlarni bayon
qilish.
1.4. Ishchi reja – prospektni tuzish.
1.5. Mavzuni tasdiqlash.