Savol va topshiriqlar: 1.Jismoniy tarbiya bu - ?
2.Jismoniy rivojlanish deganda nimani tushunasiz?
3.Jismoniy madaniyat nima?
4.Jismoniy madaniyatning mazmuniga nimalar kiradi?
5.O’quvchilarni jismoniy tarbiyalashning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
6.Gigiyenik omil qanday omil?
7.Tabiiy omil qanday omil?
8.Jismoniy mashqlar haqida nimalar bilasiz?
14.MAVZU. MAKTAB ISHINI BOSHQARISH VA UNGA RAHBARLIK QILISHNING QONUN QOIDALARI REJA: 1.Ta’lim tizimini boshqarish tarmoqlari. Talim muassasasining huquqiy maqomi.
2. Maktab ishini boshqarish va unga rahbarlik qilish.
3. Rahbarga ijtimoiy-pedagogik talablar. Maktab ma’muriyati vazifalari
Tayanch so’z va iboralar: “Ta’lim to’g’risidag”i Qonun, rahbar, maktab ma’muriyati, ichki nazorat, metod birlashma.
O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o’zgartirish, va ularni izchil rivojlantirish davlat yo’li bilan boshqarib boriladi. Barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolatlari “Ta’lim to’g’risida” gi Qonunga muvofiq belgilanadi.
Ta’lim tizimini boshqarish va unga rahbarlik qilish qoidalari O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunining IV – bo’limida o’z ifodasini topgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi vakolatlariga quyidahilar kiradi:
ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish;
ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ta’lim muassasalarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilash;
ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan, pedagog, ilmiy kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish tartibini belgilash;
boshqa davlatlarning ta’lim muassasalariga O’zbekiston Respublikasining hududida ta’lim faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;
qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim to’g’risidagi hujjatlarni tan olish va bu hujjatlarning ekvivalent ekanligini belgilash;
davlat ta’lim standartlarni tasdiqlash;
davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to’g’risidagi hujjatlarni tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash;
davlat grantlari miqdorini va ta’lim muassasasiga qabul qilish tartibini belgilash;
davlat oliy ta’lim muassasasining rektorlarini tayinlash;
ta’lim oluvchilarni akkreditatsiya qilingan bir ta’lim muassasasidan boshqasiga o’tkazish tartibini belgilash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar .
Ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organlarining huquq darajasiga quyidagilar kiradi:
ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro’yobga chiqarish;
ta’lim muassasalari faoliyatlarini muvofiqlashtirish va uslub masalalarida ularga rahbarlik qilish;
davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb tayyorgarligiga bo’lgan talablar bajarilishini ta’minlash;
o’qitishning ilg’or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o’quv jarayoniga joriy etish;
o’quv va o’quv-uslubiyot adabiyotlarini yaratish va nashr etishni tashkil qilish;
ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash;
davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
pedagog xodimlarni tayyorlashni, ularning malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni taklif etish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlari.Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
ta’lim muassasalari faoliyatining mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta’min-laydilar;
ta’lim muassasalarini tashkil etadilar va qayta tashkil etadilar va tugatadilar (respublika tasarrufida bo’lgan muassasalar bundan mustasno), ularning ustavlarini ro’yxatga oladilar;
o’z hududlarida ta’lim muassasalarini vakolat doirasida moliyalash miqdorlarini va imtiyozlarini belgilaydilar;
ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo’lgan davlat talablariga rioya etilishini ta’minlaydilar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.
Ta’lim muassasalarida qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko’rsatadigan jamoat boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin.
Ta’lim muassasasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o’tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko’ra ta’lim sohasida faoliyat ko’rsatish huquqi beriladi.
Ta’lim muassasi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan Nizom asosida ishlaydi. Ta’lim muassasi attestatsiya natijalariga muvofiq davlat akkreditatsiyadan mahrum etilishi mumkin.
Ta’lim muassasalari o’quv-tarbiya majmualariga hamda o’quv –ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va uyushmalariga birlashishga haqlidir.
Ta’lim muassasalari Nizomda belgilangan vazifalarga muvofiq pulli ta’lim xizmatlarini ko’rsatish, shuningdek tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlari bilan shug’ullanish huquqiga ega.
Ta’lim muassasasini uning rahbari boshqaradi.