Quyidagilar deviant xulq-atvorning nisbatan kengroq tarqalgan ko‘rinishlaridan hisoblanadi:
a) Jinoyatchilik. Muayyan davlatda o‘rnatilgan qonun va me’yorlarga nisbatan ayrim shaxslarning salbiy munosabati jinoiy faoliyat, mazkur shaxs esa jinoyatchi hisoblanadi.
b) Ichkilikbozlik. Bu borada ilmiy adabiyotlarda bir necha tasniflar mavjud:1)Alkogolni har-har zamonda iste’mol qilish, 2)Alkogolni ko‘p iste’mol qilish – spirtli ichimliklarni muntazam, ya’ni haftada bir martadan bir necha martagacha yoki,birvarakayiga o‘rtada tanaffusz bilan ko‘p miqdorda (200 mlndan oshiq). Bu ko‘pincha alkogolizmga olib keladi. 3) Alkogolizm – spirtli ichimliklarga patologik (muttasil) o‘rganib qolish bilan tavsiflanuvchi kasallik.
B) Giyohvandlik.Giyohvand yoki unga tenglashtirilgan vositalarga muntazam ruju qo‘yish va tibbiy ko‘rsatmalarsiz iste’mol qilish.
g) Fohishabozlik. Fanda rasmiy nikohsiz jinsiy aloqa ikki turli bo‘lib o‘rganiladi:1).Konkubinat – nikohsiz birga yashash. 2.) Fohishabozlik- pul uchun o‘z tanasini sotish.
G‘arbda asosan ikkinchisi qoralansada, Sharka ikkala holatga ham me’yordan og’ish sifatida qaraladi.
d) Byurokratiya. «Byurokratiya» termini aslida «hokimiyatga ega bo‘lgan xodim» degan ma’noni anglatadi. Biroq davrlar o‘tishi bilan «byurokratiya» mahalliychilik, qog‘ozbozlik, to‘rachilik, mansabni su iste’mol qilish kabi salbiy ma’nolarda qo‘llanila boshladi. Hozirgi kunda ko‘plab davlatlarda «byurokratiya» termini asil ma’nosini yo‘qotib, boshqaruvdagi o‘ziga xos idoraviy uslub tarzida tushuniladi.
Yuqoridagilardan tashqari mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, boqimandachilik kabi salbiy holatlar ham ijtimoiy me’yordan chekinishning diqqat talab ko‘rinishlaridan hisoblanadi.
Deviant xulq-atvor muammosini sotsiologiya fani doirasida dastlab E.Dyurkgeym maxsus o‘rgangan bo‘lsa-da, jamiyatning eng qadimiy muammolaridan biri sifatida deviant holatlarga munosabatlar qadim davrlardan shakllanib kelgan. Qadimgi xalqlarning diniy-mifologik tasavvurlari, xususan, Misr, Hindiston va Xitoy diniy qonun-qoidalaridagi axloqiy me’yorlar bu sohadagi dastlabki qarashlar edi. Qadimgi yunon va Rim faylasuflari ham o‘z asarlarida mazkur muammolarni tahlil qilib berganlar.
O‘rta asrlarda axloq me’yorlari diniy qarashlar ta’siri ostida rivojlandi va ulardan chekinish diniy nuqtai nazardan baholangan. Yevropada xristian dini barcha sohada hukmronlik qilgan bo‘lsa, Sharq dunyosida axloqiy-huquqiy me’yorlar va ular haqidagi ta’limotlar islom falsafasi ta’sirida rivojlandi.
XVII-XVIII asrlarga kelib Yevropada jamiyat rivojining kuchayishi axloq me’yorlarining xristiancha talablari doirasiga sig‘may qoldi. XVIII asr mutafakkirlari ijtimoiy me’yor va undan chekinish muammosini yanada chuqurroq tahlil qildilar. Sh.L.Montesk’e, J.J.Russo, Ch.Bekkaria, Gel’vetsiy, D.Didro, P.Gol’bax, Morelli va Sh.Furelar o‘z ilmiy izlanishlarida ijtimoiy me’yorlar, qadriyatlar uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlarni topishga intilganlar.
XIX asr oxirlarida tabiiy fanlarda erishilgan ilmiy yutuqlar ijtimoiy fanlar taraqqiyotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, sotsiologiyada ijtimoiy me’yordan og‘ish holatlarini tushuntiruvchi dastlabki ta’limot — E.Dyurkgeymning «anomiya» g‘oyasi yaratildi. Ma’lumki, sotsiologiyaning fan bo‘lib shakllanishida ijtimoiy patologiya omiliga e’tibor qaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada E.Dyurkgeymning to‘rtta asari chop etilgan bo‘lib, shulardan biri O‘z joniga qasd qilish» (1897) kitobi deviantlik muammosiga bag‘ishlangan edi.
Amerika sotsiologiyasida muhim o‘rin tutuvchi ta’limotlardan biri E.Saterlendning differentsial aloqalar ta’limotidir. Bunga ko‘ra, har qanday xulq-atvor, shu jumladan, deviant xulq-atvor ham o‘rganiladi, ya’ni mavjud jamiyat a’zolari tomonidan mazkur xulq-atvor boshqalarga o‘rgatiladi.
Deviant xulq-atvor muammolarini tahlil qilishda R.Merton ishlab chiqqan ta’limot sotsiologiyada yetakchi o‘rin tutadi. E. Dyurkgeymning anomiya g‘oyasini rivojlantirib, Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta’rif beradi: «Deviant xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvor motivlari hamda mavjud imkoniyatlarining bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir».
Shaxslarda yuz beruvchi deviant holatlarning paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan uchta omilni ko‘rsatish mumkin. Bular shaxs xususiyatlari, muammoli holat va ijtimoiy nazorat institutlari. Aynan mana shu omillar shaxsning qanday faoliyat yuritishini belgilab beradi.
Shaxs xususiyatlarining shakllanishida asosan 3 ta omil muhim ahamiyat kasb etadi, bular: 1) irsiy omillar; 2) psixo-fiziologik omillar; 3) shaxsning bilim darajasi.
Shuningdek, ijtimoiy og‘ishlarning yuz berishiga shaxsning qat’iyatli yoki qat’iyatsizligi, prinsipialligi yoki prinsipsizligi, qoidalarga bo‘ysunish yoki bo‘ysunmaslik odatlari, biron-bir qarorga kela olish imkoniyati, tashqi ta’sirga qanchalik berilishi, irodasi va boshqa shu kabi psixofiziologik holatlari, mijozi ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Jamiyatning rasmiy tuzilmalari tomonidan maqsadga erishishning turli guruhlar uchun turlicha imkoniyatlar yaratilib berilishi natijasi bo‘lish funksonal kamchiliklari, maqsadga erishishga xizmat qiluvchi norasmiy tuzilmalarining tashkil bo‘lishiga olib keladi.Maqsad va bositalarga turlicha munosabat quyidagi xulq-atvor turlariga olib kelishi mumkin:
1) Bo‘ysunish.(Konformistlar) Maqsad va vositalarni qabul qilish; «Konformistlar» umum tomonidan e’tirof etilgan qadiryatlar va ularga erishish uchun belgilangan vositalarga amal qiladilar, bunda ularning muvaffaqiyatga erishish yoki erishmasliklari ahamiyatga ega emas.Aholining ko‘pchiligi mana shu toifaga mansub bo‘ladi.
2) Innovasiya.(Innovatorlar) Maqsadlarni qabul qilish va vositalarni inkor qilish; « Innovatorlar »-jamiyat qabul qilgan qadiruatlarga amal qilishda davom etadilar, biroq erishish uchun qonunga yaqin yoki noqonuniy vositalardan foydalanadilar.Reaksiyaning bunday tipi qonunga xilof harakatlar yordamida farovonlikka erisggan jinoyatchilar uchun xos.9 3) Ritualizm.Maqsadlarni inkor qilish va vositalarni qabul qilish; «Ritualizim » - ular amal qilayotgan qadriyatlar o‘z mazmunini yo‘qotgan bo‘lsa ham, ulardan chetga chiqmaydigan odamlar.Qoidalarga maqsadsiz, beixtiyor shu qoidaning o‘zi uchun amal qilinadi.Ritualislar,odatda o‘zlarini qiziqarli bo‘lmagan va charchatadigan, istiqbolsiz va kam haq to‘lanadigan ishga bag‘ishlagan odamlar.
4) Retretizim (chekinish).Maqsad va vositalarni inkor qilish; «Retriatislar»-raqobatchi dunyoqarashni rad etadiganlar,ayni payitda qabul qilingan qadriyatlar va ularga erishish vositalarni rad eradigan odamlar.Misol tariqasida xo‘jalik hisobidagi mustaqil namunalarni keltirish mumkin.
5) Isyon. Maqsad va vositalarni inkor qilib,yangiliklarni o‘rnatish.10 «Isyonchilar»-mavjud qadriyatlar va me’yoriy vositalarni rad etadilar, yangi qadriyatlarni kiritish va ijtimoiy tizimni o‘zgartirish uchun faol harakat qiladilar.Bu toifaga radikal siyosiy guruhlarning a’zolarini kiradi.
Inson faoliyatini boshqarishda, uning xulq -atvorini shakillantirishda muhim ahamiyat kasib etuvchi«ongsizlik» yoki «ongosti» xolatlarini chuqur tahlil qilgan, psixoanalitik maktabning asoschisi Z.Freydning bildirishicha, insonning faoliyatiga ikkita instinkt kuchli ta’sir ko‘rsatadi.Ya’ni insohlar yoki o‘limdan qo‘rqib,yoki lazzatlanish uchun harakat qiladilar11. U«Deviant xulq-atvor»ni aynan manashu nuqtaiy nazardan baholaydi. Freydning «Bokiralik tabusi» asarida u qadimiy xalqlarda me’yorlarning paydo bo‘lishi va shakillanishini tariflab beradi.Uning fikriga ko‘ra, insonning o‘z naslini saqlabqolishga bo‘lgan intilishi,aynan yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni bekor qilinishiga,qat’iy ta’qiqlanishiga olib kelgan.Tabuni buzish o‘lim bilan jazolangan12.
Erix Fromm inson faoliyatini boshqarishdagi instinktiv xulq-atvor dasturlarini inkor etadi.To‘g‘ri qaror qabul qilish intellektga xos xususiyatdir. Biroq, ushbu qurol shunchalik ojizki, qo‘qqisdan paydo bo‘luvchi ehtiroslar va hirs uni osongina engib qo‘yishi mumkin.Buning ustiga tabiyat va boshqa insonlardan o‘zlashtirilgan aql, ong, o‘zligini anglash va shu kabilar, undagi tabiiy ,hayvonlarga xos bo‘lgan muvozanatni buzib yuboradi.Bu qarama-qarshiliklar esa, insonni bir umr o‘zi bilan o‘zi yashashga majbur qiladi.
Deviant holatlariga qarshi kurashda jamiyatning muvaffaqiyatini insondagi insoniylik, aql,ong va shu kabi faqat insonga xos bo‘lgan xususiyatlarni rivojlantirish orqaligina ta’minlash mumkin. Ma’lumki,deviant xolatlarini Z.Freyd va uning shogirtlari A.Adler,K.Yung,E.Frommlar psixologik nuqtaiy nazardan chuqur o‘rganib chiqishgan.
Xususan, E.Fromm ijtimoiy deviantlik jarayonlarini tadqiq qilar ekan, shunday deydi: «inson intilishlarining» mening fikrimcha zararliroq va xavfliroq shakillari asosida yotuvchi uch jarayon: o‘liklarni sevish,chuqur narsissizm va simbioz insestual bog‘liqlik haqida to‘xtaladi.Birgalikda, bular insonni buzilish uchun buzish va nafratlanish uchun nafratga boshlovchi «tubanlik sindromiga olib keladi»
E.Frommning fikricha, tug‘lgan barcha insohlar bir xil ruxiy holatda bo‘lishadi.Keyinchalik, tirlicha tarbiya jarayinlari,ijtimoiy muhit ularni turli yo‘llardan ketishiga sabab bo‘ladi. Ushbu yo‘nalishlarning dastlabkisi nekrofil (Nekrofil-tarjimasi tirik bo‘lmagan o‘lik yoki mexanik narsalarni sevish degan ma’noni anglatadi) intilishga ega bo‘lgan shaxslar ular barcha tirik bo‘lmagan narsalar,mexonik harakatlarni yaxshi ko‘rishadi va ularning asosiy shiyori «Yashasin o‘lim» bo‘lib, ushbu ruhiyatni shakillantirishga asosiy sabablar E.Frommning fikricha, nekrofil shaxslar orasida tarbiyalanish,loqayidlik, qo‘rquv,zerikarli hayot, turmush tarizida hukmron bo‘lgan qoidalarning ko‘r-ko‘rona,mexanik hukmronlik qilishi. «Nekrofiliya» tushunchasi aslida, ko‘pincha jinsiy buzilish sifatida tushunilib,bu so‘z orqali murda bilan jinsiy aloqa qilishga intilish tushuniladi. E.Frommning fikricha esa,bu kengiroq tushuncha bo‘lib, Nekrofil inson o‘lik narsalar-murdaga, chirikka va iflos narsalarga intilib yashaydi Bu insonlar kasalliklar va o‘liklar haqida to‘qinlanib gapirishadilar. Nekrofil lar o‘ldira olish imkohlarini beruvchi doimo intilishadi.Bu nafaqat jismoniy, ma’naviy o‘ldirish, ya’ni shaxsni ozodlikdan mahrum etib, uni kuch bilan qo‘rquvda ushlab turish, insonlar ustidan mutloq hokimlikka intilish ham mavjud bo‘ladi.O‘zaro hurmat va muhabbat, erkinlik va tajovuzning yo‘qligi va shu kabilar muhiti biofil yo‘nalishiga ega bo‘lgan shaxslarni tarbiyalaydi.
Ikkinchi yo‘nalish narsissizm qadim zamonlarda yashagan, o‘zinig tashqi go‘zalligiga judayam maftun bo‘lib,o‘zini juda ham sevib, natijada odamlar jamoasini tark etgan afsonaviy Narsissiz isimli yigitning ismidan olingan.Bunda insonning o‘z-o‘zini o‘ta darajada yaxshi ko‘rishi,o‘z manfaatlari, ehtiyojlari hamda huquqlarini hamma harsadan ustun qo‘yish tushuniladi. Narsissizim ikki xil bo‘ladi: individual va jamoa narsissimi. Individual narsissizmda inson o‘zida mavjud bo‘lgan hususiyatlar yoki ularning ba’zilarini, maslan jismoniy imkoniyatlari, tashqi ko‘rinishi, zukkoligi va hokazolarni ortiq darajada baholab, o‘ziga ortiqcha bino qo‘yadi.Atrofdagilarning fikri uni qiziqtirmaydi. Narsistik xulq-qtvor uni ongsiz, to‘g‘ri firlamaydigan qilib qo‘yadi.Tanqiddan xafa bo‘lishadi.Ushbu xulq-atvorning shakillanishiga asosan noto‘g‘ri tarbiya sabab bo‘ladi.Chunki, ko‘pincha ota-onalar o‘z farzandlarini boshqalararnikidan ko‘ra chiroyliroq, aqilliroq, yaxshiroq va h,k. deb hisoblashadi, ko‘pincha tushunib tushunmay buni bolani ongiga singdirishadi, natijada bola o‘zini boshqalardan ustun qo‘ya boshlaydi.
Shuningdek, buning teskarisi bo‘lgan, doimiy nazorat, urish, qo‘rqitish bilan tarbiyalash ham bolani qo‘rqoq qilib qo‘yadi.Biroq u o‘zining narsistik intilishini o‘zi a’zo bo‘lgan biror bir guruh, masalan irqiy, diniy, milliy, hududiy va h.k.larning xususiyatlarini, manfaatlarini boshqalardan ustun qo‘yishi bilan qondiradi.O‘z qo‘roqligini, irodasizligini ushbu guruhga mansubligi bilan engmoqchi bo‘ladi.Bu guruh a’zolarining barchasi o‘z guruhlarini boshqalardan ustun qo‘yilishi jamoa narsissizimi bo‘ladi.