Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ish yoki test topshiriqlarini topshirish.
Nazorat topshiriqlarini bajarishda koʻchirmakashlikka (plagiat) yoʻl qoʻyilmaydi.
Test, oʻquv loyihalari, mustaqil ishlar, oraliq, joriy, yakuniy nazorat topshiriqlarini boshqa shaxslardan koʻchirib olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, boshqa talabaning oʻrniga imtihon topshirish ta’qiqlanadi.
Kurs boʻyicha har qanday nazorat topshirig’ini soxtalashtirgan talaba “fanni oʻzlashtirmagan” (“F”) hisoblanadi.
Mashg’ulotlar paytida mobil aloqa va boshqa elektron qurilmalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mashg’ulotlar paytida auditoriyada (virtual auditoriyada) belgilangan talablarga zid harakatlar qilish mumkin emas.
Boshqalar va turli fikrlarga tolerant munosabatda boʻlish talab etiladi.