Gulli o‘simliklarning xilma-xilligi va tarqalishi.
17
Ochiq urug‘lilar bo‘limi.
18
Madaniy o‘simliklarning kelib chiqishi
19
O‘zbekistonning foydali o‘simliklari
20
O‘simliklarning inson va biosferada tutgan o‘rni va muxofazasi
21
Zigirnamolar qabilasi
22
Jiydanamolar qabilasi
23
Toknamolar qabilasi
24
Pechaknamolar qabilasi
25
Yalpiznamolar qabilasi
26
Lolanamolar qabilasi
27
Fitotsenoz tuzilishi
28
O‘zbekistonning dorivor o‘simliklari
29
O‘zbekistonning yem xashak o‘simliklari
30
O‘simliklarning hayotiy shakllari
GLOSSARIY. Tur – species asosiy taksonomik kategoriya, nafaqat sistematikada, umuman biologiyada har bir tur ma`lum bir turkumga mansub bo`ladi.
Turkum – bir.genus, ko`p.genyera. Turkum uz ichiga bir necha turli turlarni olsa, unda u kenja turkumga va bo`limga bo`linadi. Turkum kategoriyasi boshqa kategoriyalardan Yuqori bo`lib, hamma turlar nomiga qo`shilib yoziladi va aytiladi. Masalan: Triticum acstivum – Yumshoq bugdoy. Turkumlar oilalarni tashkil etadi.
Oila – bir.familia, ko`p.familiae.
Masalan, otquloqdoshlar oilasi – Polygonaceae.
Sinf – classis, ko`p.classes. Yuksak O`simliklarda – opsida, suvo`tlarda – phyceae, zamburug`larda esa – mycetes suffikslari qo`shib aytiladi. Masalan, moxnamolar – Bryopsida.Sinflar birlashib bo`limlarni tashkil etadi – Divisionis.
Bo`limlarni nomlashda masalan, suvutlari va Yuksak o`simliklar – rhyta, zamburug`larda-mycota kabi so`zlar bilan tugaydi.
Florogenetik- o`simliklarning genetik kelib chiqishi.
Klassifikasiya-o`simliklarni kelib chiqishga qarab sistemali ifodalash.
Sporangiya-spora hosil qiluvchi organ
Telom- uchki o`sish
Rizoid- ildiz poyaga o`xshash, lekin ular juda mayda tukchalardan tashkil topgan, ildiz vazifasini bajaradi.
Mezoma- telom bilan rizoidning o`rta qismini tashkil etgan tana.
Polushnik- isoedes- lotin tilidan olingan bo`lib, yil davomida Yashil usib turuvchi O`simlik ma`nosida
Lepidodendron- tangacha daraxt ma`nosini anglatadi.
Epiderma- bargning tashqi kavati
Arxeatora- sporangiy ichidagi hujayralar
Sitoplazma- hujayra suYukligi
Ligula- barg kultigida kichkina tilcha shaklidagi o`simta.
Mikrofiliya- kichik barglar
Makrospora – katta sporalar
Mikrospora – kichik sporalar
Morfologiya- tashqi tuzilish
Geterofiliya- bir O`simlikning uzida har-xil barg shakllarining hosil bo`lishi
Anatomik tuzilish- o`simlik organlarining ichki tuzilishi
Flora — (lotincha flora— gul) ya`ni tur va undan katta bo`lgan taksonomik birliklar to`g`risidagi ma`lumot.
Kladifikasion (Yunon. kladus — Shox va eydos — shakl o`zgarish) yo`l dixotomik telomlardan bir tekisda yassilanib yirik barglar paydo bo`lgan
Polisimmetrik gullar- aktinomorf (Yunon. aktio — nur, morfe — shakl) deb ataladi
Dixotomik (Yunon. di — ikki, tome — bo`linish) Shoxlanish - bunda o`simlik nuqtasining bir xil rivojlanishi natijasida ikkita kurtak hosil bo`ladi.
Akropetal (Yunon. akros — ust-ki, cho`qqi, peters — intilish) rivojlanish - ustki rivojlanish deb ataladi
Apertura (lot. apertus — ochiq) poralar deb ataladi
Torus (lot. t o r u s — yotoq joy) - poralarda pardaning o`rta qismining yo`g`onlashishi
Anteridiy – yerkak jinsiy organi.
Sporangiy – spora hosil qiluvchi organ
Telom sterilizasiyasi – mevasiz nasllanish
Bilateral simmetriya – ikki tomonlama simmetriya
Meristema – hosil qiluvchi to`qima
Dixotomik Shoxlanish – o`simliklarda ikkiga bo`linib Shoxlanish.
Anizotamiya – dixotomik va yon Shoxlanishning oraliq shakli.
Konvergentlar – kelib chiqishi turlicha bo`lsada, bir muhitga moslashib o`xshash belgilarga ega bo`lgan organizmlar
Prozenximatik hujayra – cho`ziq hujayralar
Tonoplast – vakuola membranasi
Diktiosoma – gol`ji pufakchalari
Karioteka – yadro qobig`i
Kariokinez – yadro shirasining bo`linishi
Rafid – ninasimon shaklli, ikki uchi o`tkir kristallar to`plami.
Apikal o`sish – uchki o`sish
Laterial` o`sish – yon tomonga o`sish
Inisial hujayra – uchki o`suvchi boshlang`ich hujayralar
Anomosit – havo yo`llaridagi qo`shimcha hujayralar
Trixomalar – o`simliklarning epiderma qavatida hosil bo`ladigan tuklar, bezlar, qipiqchalar
Periderma – o`simliklarni tana ildizlaridagi tashqi birlamchi qoplovchi to`qimalarning o`rnini egallaydigan, ko`p qavatli to`qima
Fellema – o`lik hujayralardan tarkib topgan ko`p qavatli to`qima
Xlorenxima hujayralar – xlorofilga boy bo`lgan ustunsimon va g`ovaksimon parenxima to`qimalari
Emergenslar – dag`al bez shaklidagi tashqariga sekret chiqaruvchi to`qimalar.
Gidatodalar – suv va suvda yerigan tuzlarning maxsus teshikchalar yordamidatashqariga chiqarilishi
Kollenxima – tirik hujayralardan iborat, poya va barglarning tarkibiy qismi
Kollaterial – ikki pallali o`simliklardagi ochiq bog`lamlar
Bikollaterial bog`lamlarda – ksilemaning ikki tomonida floema paydo bo`ladi
Amfivizal bog`lam – ksilemaning floemani o`rab olishi.
Skarifikasiya – qattiq po`stli urug`larni qobig`ini sun`iy yo`l bilan Yumshatish.
Stratifikasiya – po`sti qattiq urug`larni nam joyga ma`lum muddat ko`mib qo`yib keyin ekish usuli
Adventiv kurtak – qo`shimcha kurtaklar bo`lib, vegetativ ko`payish vazifasini bajaradi
Kaulifloriya – vegetativ novda o`smasdan, qisqargan, bargsiz novda uchida mevaning osilib turishi.
Primordial barg – dastlabki boshlang`ish barg.
Gabitus – gavda, tashqi ko`rinish