O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
|
“TASDIQLAYMAN”
Buxoro davlat universiteti
rektori _________ O.X.Xamidov
“_____”______________2022 yil
|
BOTANIKA
FAN DASTURI
Bilim sohasi: 500000 – Tabiiy fanlar
Ta’lim sohasi: 510000 – Biologiya
Ta’lim yo‘nalishi: 60510100 – Biologiya (turlar bo‘yicha)
Buxoro – 2022
Fan/modul kodi
BOTB112
|
O‘quv yili
2022-2023
|
Semestr
1-2
|
ECTS – Kreditlar
5
|
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
Uzbek/rus
|
Haftadagi dars soatlari
4/6
|
|
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim
(soat)
|
Jami yuklama (soat)
|
BOTANIKA
|
150
|
210
|
360
|
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad - o‘simliklarning tuzilishi va atrof- muhit omillariga moslashishi, o‘simliklarning dunyo bo‘yicha tarqalishi, taksonomiyasi, hayotiy shakllari, kelib chiqishi, taksonomik birliklar, taksonlarga bo‘linish qonuniyatlarini urganish talabalarni prokariot va eukariot organizmlar va evolyusion rivojlanish natijasida kelib chiqqan tuban o‘simlik guruhlari bilan tanishtirish (suvo‘tlar, zamburug‘lar va lishayniklar) o‘simliklar organizmini, uning makro va mikro tuzilishini, moslashuvchan xususiyatlarini, ontogenezdagi o‘zgarishlar, ko‘payish usullari, sistematik tasnifi o‘simliklarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati sistematik tasnifi haqida ta’lim berish, ularni amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi - talabalarga botanika fanining ilmiy-nazariy asoslarini; ulardan foydalanish usullarini; zamonaviy tadqiqot metodlarini, mikrotexnika bilan ishlash; mikropreparatlar tayyorlashni; o‘quv va ilmiy gerbariylar tayyorlashni; olingan natijalarni taxlil qilishni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘rgatishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
2-Modul. Botanika (yuksak o‘simliklar sistematikasi)
1 - mavzu. Kirish
Yuksak o‘simliklar sistematikasi fani predmeti. Yuksak o‘simliklar sistematikasidagi taksonomik birliklar va kategoriyalar to‘g‘risida tuShuncha. Xalqaro botanika nomenklaturasi qoidalari to‘g‘risida umumiy tuShuncha. O‘zbekiston florasining taksonomik taxlili. O‘zbekistonda sistematik olimlarning ilmiy ishlari.
2 - mavzu. Yuksak o‘simliklar: Yo‘sintoifalar (Bryophyta) bo‘limi
Yuksak o‘simliklar bo‘limlari. Yo’sintoifalar (Bryophyta) bo‘limi. Umumiy tavsifi. Yo’sinlarning qadimgi ajdodlari. Sinflarga bo‘linishi. Jigarsimonlar, Antotserotsimonlar, Marshansiyakabilar, Sfagnumsimonlar, ularning ko‘payishi, ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi va ekologiyasi.
3 - Mavzu Plauntoifalar (Lycopodiophyta) bo‘limi
Umumiy tavsifi. Kelib chiqishi va rivojlangan davrlari. Hayotiy sikli. Mikrofililik. Teng sporali va har xil sporali plaunlar. Bo‘limning ajdodlari (sinflari): Plaunsimonlar va Polushniksimonlar. Ularning umumiy tavsifi, tarqalishi va ekologiyasi
4 - Mavzu. Qirqbo‘g‘imtoifalar (Equisetophyta) bo‘limi
Umumiy tavsifi. Ularning Gieniyasimonlar, Sfenofilsimonlar, Qirqbo‘g‘imsimonlar kabi sinflari, vakillari, kelib chiqishi, ekologiyasi va ahamiyati.
5-Mavzu. Qirqquloqtoifa (polypodiophyta) bo‘limi
Umumiy tavsifi. Tarqalashi va ekologiyasi. Sporofitining morfologik tavsifi. Makrofillilik, sporangiy va uning rivojlanishi. Soruslari, sinangiylari. Teng va har xil sporali o‘simliklar. Qazilma qirqquloqlar (Kladoksilon, Stavropteris, va bosh.) va ularning tuzilishi.
Paporotniktoifalarning Ujovniksimonlar, Marattiyasimonlar, Polipodiumsimonlar, Polipodiumkabilar, Salviniyakabilar kabi sinf va sinfchalarga bo‘linishi, vakillarining ko‘payishi, yer yuzida tarqalishi, o‘sishi va rivojlanishi, ekologiyasi hamda xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
|
Dostları ilə paylaş: |