Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə174/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Ishning borishi

Oila vakillarining tuzilishi tanlab olingan o`simliklarning gerbariy yoki tirik obektlari asosida o`rganiladi. Dastlab tanlab olingan o`simlikning morfologik tuzilishi tahlil qilinadi. Bunda ildiz sistemasi, poyasining o`ziga xos morfologik xususiyatlari, barglarining joylashishi, tomirlanishi, qinining ochiq yoki yopiqligiga va tilchaning shakliga etibor beriladi.


Har bir turning to`pgul tipini aniqlang. To`pguldan alohida gul ajratib olinib ostki va ustki gul qipiqlari topiladi. Qipiqlar shakli, tomirlarining soni, qiltiqli yoki qiltiqsizligi, qipiqlarning qanday joylashganligi ahamiyat beriladi. Boshoqning ustki va ostki tangachabarglari nima bilan farq qilishi aniqlanadi. Gul pardasining tuzilishi, guldagi changchilar va urug`chilar soni, ularning tuzilishi o`rganiladi.
Gullarning gul tuzilishi formulasini yozing va gul diagrammasini chizing. Meva xilini aniqlang va rasmini chizing. Oilaning bir necha turlarini aniqlagich yordamida aniqlab daftarga qayd eting. Turlarning xo`jalik ahamiyatini tavsiflab bering.
Mustaqil ta’lim tayyorlashdagi majburiyatlar
Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan loyiha ishi, tezis yoki ilmiy maqola yozish, referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
Talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy masalalarni yechish ko‘nikmasini hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganib hamda Internet saytlaridan foydalanib referatlar tayyorlaydilar, amaliy mashg‘ulot mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar.





Mavzular


Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin