IV. Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar Talabalar tomonidan kurs ishining bajarilishi professional tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi, chunki ularda mustaqil ijodiy ishlashni shakllanishiga, ilmiy tadqiqot elementlarini anglashga, ilmiy adabiyotlarni o‘qish va tahlil qilishga yordam beradi.
Talaba kurs ishi tizimini bajarish jarayonida undan xam murakkabroq bo‘lgan vazifani – malakaviy bitiruv ishini bajarish uchun, nazariyalarni anglash, ularni umumlashtirish va amaliyotda qo‘llab mustaqil ilmiy-tadqiqot faoliyatni boshlashga tayyorgarlik ko‘radi. Kurs ishini tayyorlash talabada axborotlarni analitik fikrlashni rivojlanish natijasida tayyor mutaxassis bo‘lib yetishishga olib kelishi kerak.
Kurs ishi talabadan fanning turli sohalari bo‘yicha amaliyotda olgan bilimlarini mustaxkamlashni, yanada chuqurlashtirishni va umumlashtirishni talab qiladi. Har bir tanlangan kurs ishi mavzusi ilmiylikni, zamonaviylikni talab qiladi, chunki xar bir topshiriqda yangilik elementlari bo‘lishi lozim. Kurs ishini foydasini eng muhim omillari uning individualligi va talabaning qiziqishi va qobiliyatiga qarab umumiy talablarni pasaytirmagan holatda berilishi xisoblanadi.
Taklif etilayotgan kurs ishlarining mavzulari ro‘yxati
: