Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Qarag`aytoifa o`simliklarning kelib chiqishi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə67/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

2. Qarag`aytoifa o`simliklarning kelib chiqishi.
Yuksak o`simliklar ichida urug`li o`simliklar progressiv evolyutsion yo`nalish sari rivojlanib borgan. Ular sporali o`simliklardan ancha murakkab tuzilganligi va tashqi muhitda moslashganligi bilan farq qiladi. Urug`li o`simliklarda sporali o`simliklarga xos bo`lgan suv tomchilariga bog`liqlik yo`q. Jinsiy jarayon, ya`ni urug`lanish kuruqlikda sodir bo`ladi. Urug`li o`simliklarning yangi bir ustunlik tomoni Shundaki, changlanish va urug`lanish jarayonlari urug`chili o`simliklarning o`zida sodir bo`ladi. Chunki urug` murtagida ildizcha, poyacha va bargchalarni ko`rish mumkin. Shu sababdan urug`lar qulay sharoitga tushishi bilan o`sib, haqiqiy o`simlikka aylanadi. Sporali o`simliklarda esa spora o`sib o`simta yoki maysachadan jinsiy organlar etilib suv tomchilari yordamida urug`lanish jarayoni sodir bo`ladi.
Urug`li o`simliklar sporali o`simliklarga nisbatan quruqlikka yaxshiroq moslashgan va keng tarqalgan. Bundan tashqari sporada oziq moddalar urug`larga nisbatan kam bo`ladi. Shu sababdan sporalar tez-tez nobud bo`lib turadi. Urug`li o`simliklar ikkita bo`limga bo`lib o`rganiladi:
1.Qarag`aytoifa (Ochiq urug`lilar) o`simliklar bo`limi.
2.Magnoliyatoifa (Yopiq urug`lilar) o`simliklar bo`limi.
Ochiq urug`li o`simliklarda urug` hosil bo`ladi, lekin meva vujudga kelmaydi. Chunki ochiq urug`larda meva bo`lmaydi, urug` kurtak ochiq holda joylashgan. Yopiq urug`li o`simliklarda esa urug` ham, meva ham bor, ya`ni urug`ni tashqi tomondan meva o`rab turadi. Shu sababdan ochiq urug`li va yopiq urug`li nomlari kelib chiqqan. Ochiq urug`li o`simliklarga qaraganda yopiq urug`li o`simliklar evolYusiyasi yanada progressiv bo`lgan.
Ochiq urug`li o`simliklar ham Yuksak o`simliklar singari juda qadimiydir. Ular paleozoy yerasining oxiri, mezazoy yerasining boshlarida taxminan bundan 350-400 million yil oldin devon davrida paydo bo`lgan. Ayniqsa, paleozoy va mezozoy yeralarida tog` ko`tarilishi jarayonlari natijasida quruqlik kengayib borgan. Namli muhit biroz bo`lsa ham qurg`oqchilikka aylangan. Bunday muhitning o`zgarishi qirqquloqlarni siqib chiqarib, ularning o`rnini ochiq urug`li o`simliklar egallashiga sabab bo`lgan. Ochiq urug`li o`simliklar ba`zi olimlarning fikricha, eng qadimiy har xil sporali qirqquloqlardan kelib chiqqan. Ochiq urug`lilar ham boshqa urug`li o`simliklar singari har xil sporalidir. Mikrosporangiylardan mikrospora, megasporagiylardan megaspora voyaga etadi. Bu ikkala spora shakli, katta kichikligi va tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ko`pincha mikro va megasporalar strobillarda (qubbalarda) voyaga etadi. Faqat qirilib ketgan ayrim bennettitlarda bitta strobilda mikro va megosporalar bo`lgan. Demak, ayrim bennettitlarning strobillari ikki jinsli bo`lgan.
Ochiq urug`li o`simliklar asosan daraxt va butalardan iborat. Ayrim turlari gnetum va qizilcha liana shaklida ham uchraydi. Ularning yana bir harakterli tomoni shuki, yog`ochlik qismi yaxshi rivojlangan. Barglari xilma-xil shakl va turlicha kattalikka ega. Shu sababdan ochiq urug`lilarni klassifikasiya qilishda bu belgilar muhim rol o`ynaydi. Hozirgi paytda bu bo`limga kiruvchi turlarning soni 700 ga yaqin bo`lib, ular 68 turkum, 10 qabila va 6 sinf (ajdod) ga kiradi. Ochiq urug`lilar Yer Yuzida keng tarqalgan bo`lib, Shimoliy yarim sharda Tayga o`rmonlarini hosil qiladi.
Ochiq urug`li o`simliklarning chiqib kelishi asosan devon davri bilan bog`liq bo`lib, ularning bundan 350-400 mln. yil ilgari o`sgan har xil sporali shakllarining qoldiqlari topilgan. Ochiq urug`lilar evolutsiyasida kambiyning paydo bo`lishi, ikkilamchi ksilemaning vujudga kelishi katta rol o`ynagan, natijada ularning daraxtsimon shakllari taraqqiy etib borgan. Devon davrining ohirlarida arxeopterislar vujudga kelib, ularning bo`yi 30 m ga etgan. Ularda dastlabki barglar shakllanib borgan, bu esa ochiq urug`li o`simliklarning paydo bo`lishida katta rol o`ynagan. Bu borada 1968 yilda D. J.. Peti va CH. Beklar Yuqori devon davriga xos bo`lgan urug` yoki urug`li o`simliklarning mahsuli urug` bundan 370 mln. yil oldin bo`lganligini isbotlaganlar.
Arxeopterislarda o`zak va ikkilamchi ksilemaning bo`lishi ularni ochiq urug`lilarga yaqinlashtiradi. Lekin urug`li qirqquloqlarda ikkilamchi ksilema taraqqiy etmagan, umuman bularda yog`ochlik o`rniga floema yaxshi rivojlangan. Demak ochiq urug`lilar haqiqiy qirqquloqlardan emas, balki qandaydir oraliq o`simliklardan kelib chiqqan bo`lishi mumkin.
Ochiq urug`li o`simliklarda harakterli belgilardan biri urug`ning hosil bo`lishidir. Urug` urug`kurtakdan hosil bo`ladi. Urug`kurtak esa shakli o`zgargan megasporangiydir. Ular megasporofilda ochiq holda o`rnashgan. Magnoliyatoifa o`simliklarda esa urug`kurtak urug`chi tugunchasining ichida joylashgan.
EvolYutsiya jarayonida megasporangiya urug`kurtakka, mikrosporangiya esa changdonga aylangan. Mikrosporangiyalar esa changga aylangan.
Qarag`aytoifa o`simliklar hayotiy shakli jihatdan daraxt, buta va ayrim lianalardan iborat. Monopodial tipda Shoxlangan bu o`simliklarning ildiz sistemasi yahshi taraqqiy etgan.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin