Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Lignopterisnamolar - Lyginoptyeridales



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə69/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

Lignopterisnamolar - Lyginoptyeridales
Medullosnamolar - Medullosales
Keytoniyanamolar - Caytoniales
Glossopteisnamolar – Glossoptyeridales.
Urug`li qirqquloqlar o`zining tashqi tashqi ko`rinishi bilan hozirgi daraxtsimon qirqquloqlarga o`xshar, lekin har xil sporali bo`lib, urug` yordamida ko`payishi bilan ulardan farq qiladi.
Uning poyasida qo`sh patsimon yirik - yirik murakkab barglar bo`lar, ularning asosiy bandlari ko`pincha dixatomik Shoxlanar edi.
Poya o`zak qismining juda rivojlangan bo`lishi va kambiy xalqasi yordamida ikkilamchi tartibda qalinlasha olgani bilan ajralib turadi. Ikkilamchi yog`och, hozirgi ochiq urug`lilardagiga o`xshash, traxeidlardan tuzilgan, po`stlog`i ancha qalin bo`lgan. Liginoptenis mikro-makrosporalar hosil qilgan.
2. Sagovniksimonlar (Cycadopsida) sinfi
Bu sinfga bitta qabila va bitta Sagovnikdoshlar (Cycadaseae) oilasi 9 ta turkum, 120 ga yaqin tur kiradi. Tur soni jihatdan bu sinfga qarag`aytoifa bo`limda qarag`aysimonlar sinfidan keyingi o`rinda turadi.
Sinfning nomi sagovnik turkumidan olingan bo`lib, sagovnik yoki sikas (Cycas) Yunoncha ko`kas - palma degan ma`noni bildiradi.
Sagovniklar Yevropa, Antarktida va boshqa qit`alarda tarqalgan. Ular tabiatda yakka – yakka holda yoki kichik guruhlar hosil qilib o`sadi. Sagovniklarning ayrim turlari o`rmonlarda o`ssa, masalan Avstraliyada evkalipt o`rmonlari orasida yoki Amerikada doim Yashil eman o`rmonlarida, ayrim turlari esa ochiq joylarda Afrika savannalarida akasiyalari bilan birgalikda uchraydi.
Sagovniklarning tropik va subtropik hududlarda tarqalgan turlari ularning eng qadimgi turlari sanaladi va ular mezozoy yerasida keng tarqalgan bo`lib, bizning davrimizgacha etib kelgan.
Keyingi ma`lumotlar bo`yicha sagovniklar quyi karbonda paydo bo`lib, ular kelib chiqishi jihatdan urug`li qirqquloqlar bilan bog`liq deb qaraladi. Sagovniklar hayotiy shakliga ko`ra asosan daraxt va butalardan iborat, lekin poyasi to`liq yer ostida yoki tanasining bir qismigina er ustida joylashgan turlari ham bor. Yer ustida esa asosan barglari joylashgan. Ba`zi birlarida yer usti poyalari tugunaksimon shaklda bo`ladi.
Sagovniklarning poyasining uchida joylashgan patsimon barglari urug`li qirqquloqlarning barglariga o`hshab ketadi. Ularning barglari ham har xil. Masalan: pakana (karlik) zamiyalarning barglari 5-6 sm uzunlikda bo`lsa, sagovnik turkumi va serotazamiya turkumlarining vakillarida 3 m gacha, ensefalyartos turkumining ayrim vakillarida esa barglarining uzunligi 5-6 m gacha etadi. Sagovniklarning barglari kseromorf tuzilishga ega. Ular qalin qattiq kutikula bilan qoplangan. Sagovniklarning poyasi sekin o`sadi. Ko`pincha poyasining uchida mikro megostrobil hosil bo`lgandan so`ng, o`sishdan to`xtaydi. Chunki, tepa kurtak strobila bilan tugaydi.
Sagoniklarning poyasi o`ziga xos tuzilishga ega. Poyaning markazida o`zak hujayralari bo`lib, ularni parenxima o`rab turadi, undan so`ng kambiy qavati joylashgan, kambiydan tashqarida ikkilamchi floema joylashgan, po`stloq parenximasi va nihoyat tashqi qavati ikkilamchi qoplovchi to`qima joylashgan.
Sagovniklarda o`tkazuvchi bog`lam kaloterial tipda uchraydi. Po`stloq parenximasi va o`zak qismida shilimshiq modda yo`llari bo`ladi.
Yuksak o`simliklarda sagovniklardan boshlab, evolYusiya jarayonida o`q ildiz taraqqiy eta boshlagan. Ayrim vakillarida u qisqa yo`g`on, ayrimlarida esa 10-12 m ga etadi. Ba`zan bosh ildiz ma`lum vaqtdan so`ng o`sishdan to`xtab, uning o`rniga bir qancha qo`shimcha ildizlar taraqqiy etadi. Ildizning uchki qismida ildiz qinchasi bor.
Ildizni tashqi tomondan periderma o`rab olgan. Po`stloq qavati bir necha qavat tirik parenxima hujayralardan tashkil topgan. Undan ichkarida endoderma va ko`p qavatli perisikl joylashgan. Ildizning ichki qismida murakkab o`tkazuvchi bog`lamlar bo`lib, unda 1-3 ta radial cho`zilgan ksilemalar, floema bilan navbatlashib joylashgan.
Ko`pchilik sagovniklarning sporafillari qubbalarda to`plangan. Megasporangiya urug`chi o`simlikning megosporafil deb ataluvchi generotiv barglarning qo`ltig`ida joylashgan. Sagovniklar ikki uyli o`simlikdir. Ularning changchi (yerkaklik) va urug`chi (urg`ochi) qubbalari boshqa boshqa o`simliklarda taraqqiy etadi. Strobilalar (qubbalar) sagovniklarda poyasining uchidagi barglari orasida shakllanadi.
Sagovniklarning ko`payish organlari poyalarining uchida joylashadi. Uni Shimoliy Osiyoda (Janubiy Yaponiyada) o`suvchi, balandligi 3 m gacha etadigan revlluta sikasi misolida ko`rish mumkin. Ularning uzunligi 2 m gacha etadi. Changchili o`simlik tupining uchki qismida joylashgan changchili qubbalari hosil bo`ladi. Ularning uzunligi 50-70 sm. Qubbaning uchida mikrosporafillar o`rnashgan. Mikrosporafillarning pastki qismida bir qancha mikrosoruslar joylashgan bo`lib, ularning har qaysisida 2 tadan 4 tagacha mikrosporangiylar o`rnashgan. Mikrosporangiylar etilgandan so`ng uzunasiga chatnab, ulardan ellipsimon mayda sporalar to`kiladi.
Sagovniklar hozir yashab turgan o`simliklar bo`lib, eski (Cycas, Macrozamia, Bowenia, Encephalarthos, Stangyeria kabi turkumlar) va yangi dunyoning (zamia,Microcycas, Cyeratoramia, Pioon turkumlari) tropik hamda subtropik mintaqalarida tarqalgan 9 ta turkumi o`z ichiga oladi.
Sagovniklar - ustunsimon oddiy poyali daraxtlardan; poyasi axayon - axyonda Shoxlangan bo`ladi. Poyasining uchida juda yirik, patsimon qalin-qattiq barglar tojdek bo`lib turadi. Mikrosporangiylari tangachasimon mikrosporofillarning chetida turadi yoki tangachasimon makrosporofillardan joy olgan, mikrosporofillari to`p-to`p bo`lib, otalik qubbalarini hosil qiladi. Makrosporangiylar (urug`kurtaklar) makrosporofillarning chetida turadi yoki tangachasimon mikrosporofillardan hosil bo`lgan onalik qubbalaridan joy oladi. Bu tartib Cucas (yoki sagovnik) misol bo`la oladi.
Barcha ochiq urug`liklar singari, Cucas har xil sporali o`simlik bo`lib, makro- va mikrosporalar bilan ko`payadi.
Ko`pchilik Sagovniklar Cucasga o`xshash, aksari Shoxlanmaydigan to`g`ri poyali o`simliklar bo`lib, poyasining uchida uzunligi 2,5-3 m ga boradigan yirik - yirik barglar chiqaradi. Sagovniklarning poyalari odatda metrlar bilan o`lchanadi. Eng qayta qoplovchi barglar bilan qoplanishi gulning atrofidagi gul qo`rg`onini eslatadi. Ularning cheklanishi shamol va hashoratlar yordamida sodir bo`lishi kerak. Bennetetlarning urug`ida murtak to`la rivojlangan, oziq moddalar ikki pallada to`plangan.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin