Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha prorektor


Qizilchasimonlar sinfi tavsifi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə72/210
tarix20.04.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#100907
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   210
Ботаника 2022-2023 мажмуа лотин

1. Qizilchasimonlar sinfi tavsifi. Qabila bitta qizilchadoshlar oilasi va bitta qizilcha (Ephedra) turkumidan iborat. Bu turkumning yer sharida (ayniqsa Yevrosiyo va Amerikada) 40 dan ziyod turi tarqalgan bo`lib O`zbekistonda 10 ta turi o`sadi. Ularga asosan buta va balandligi 6-8 m ga etadigan ayrim daraxtlar kiradi. Qizilchalar tashqi ko`rinishidan qo`rinishidan qirqbo`g`imlarga yoki Avstraliyada o`suvchi yopiq urug`lilarga oid kazuarinlarga o`xshaydi. Poyasi bo`g`imli, barglari tangachasimon, qarama-qarshi yoki xalqasimon o`rnashgan. Novdalari serqirra, Yashil, unda fotosintez jarayoni o`tadi.
Qizilchaning strobili (qubbalari) bir jinsli va ko`pincha ikki uyli. Ba`zan bir uyli butalari ham uchraydi. Yashil Shoxchalarining bo`g`imlaridagi barglarining qo`ltiqlarida 2-3 tadan, ba`zan 4 tadan mikrosporafillalar joylashgan. Har bir mikrostrobil 2 tadan to 8 juftgacha qarama-qarshi o`rnashgan tangachasimon qoplagich bargchalarga ega. Erkaklik (changchi) qubbasida 2-8 tagacha mikrosporangiyalar hosil bo`ladi. Urg`ochi (urug`chi) qubbalar (monostrabili) ham xudi erkaklik qubbalari singari Yashil Shoxchalarning bo`g`imlaridagi barglarning qo`ltiqlarida 2-4 tadan joylashgan. Har bir urg`ochi qubbada (megostrobilda) yetilgan paytda unga shamol yordamida chang kelib to`shadi va urg`ochi gametofitda joylashgan 2 ta arxegoniyda bittasini urug`lantiradi. Undan keyinchalik urug` taraqqiy etadi. Urug` pishgandan so`ng qubbani o`rab turuvchi 4 ta tangachasimon barglar o`ziga shira to`plab, qizil, sarg`ish, zarg`aldoq rangdagi Yumshoq etli (meva) ga aylanadi. Shuning uchun u qizilcha deb ataladi.
Qizilchalar xalq ho`jaligida muhim ahamiyatga ega. Jumladan E.equisetina, E.intyermedia nomli turlaridan tabobatda Yurak xastaliklari va astmaga qarshi dorilar tayyorlanadi.
Velvichiyanamolar (Welwetschiales) qabilasi. Velvichiyadoshlar (Welwet
schiaceae) oilasi.
Bu oilaga bitta turkum va yagona velvichiya (Welwetschia mirabilis) deb ataluvchi tur kiradi. U Angolaning toshloq cho`llarida va Janubi-g`arbiy Afrikada (namib cho`llarida) tarqalgan. Uning o`q ildizi 3 m gacha chuqurlikda to`shadi. Poyasi tashqi ko`rinishidan kesilgan daraxtning to`nkasiga o`xshash bo`lib, ko`pchilik qismi yer ostida joylashgan. Yer ustiki qismining balandligi 50 sm, diametri esa 1,2 m gacha etadi. Poyasining tepa qismida bir-biriga qarama-qarshi o`rnashgan ikkita barg hosil bo`ladi. Ular o`simlik umrining ohirigacha (2000 yil) qurimasdan turadi. Bir yilda barg 8-15 sm gacha o`sadi. Bargning uzunligi 2-3 m ga etadi. Amerika botanigi K.Bortman Namib cho`llarida uzunligi 8,8 m ga etadigan velvichiya bargini uchratgan. Yirik bargli vakillarida bargining eni 1,8 m gacha etishi aniqlangan.
Velvichiya 2 uyli o`simlik. Ularning strobillari barg qo`ltig`ida taraqqiy etadi. Erkaklik (changchi) qubbasi o`q va qoplagich bargdan iborat. Urg`ochi (urug`chi) qubbasi ham o`qdan va unda o`rnashgan tangacha barglardan tuzilgan. Velvichiyalar hasharotlar yoki shamol yordamida changlanadi. Urug`i qanotchali, 2 urug`pallali, urug`i unib chiqqandan so`ng urug` palla barglari 2-3 yilgacha saqlanadi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   210




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin